O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


 Tezkorlikni tarbiyalash uslubiyoti


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 
2.11 Tezkorlikni tarbiyalash uslubiyoti 
harakat reaksiyasi va tezkorlikni tarbiyalash 
 
Faol hujumkorlik yoki qarshi hujum harakatida qulay vaziyat yuzaga 
kelganligi o‗z vaqtida payqash ma‘lum darajada qiyin bo‗lib, uni bilish
kurashchining amaliy tajribasi bilan bevosita bog‗liq. Kurashda reaksiyaning uch 
asosiy turi uchraydi: oddiy reaksiya, tanlash reaksiyasi, kuzatish reaksiyasi. 
- Oddiy reaksiya kurashda polvonni usul qo‗llashini bog‗lamchanligini
sezganda, shuningdek himoya yoki qarshi hujum harakatining boshlanishida


40 
yuzaga keladi. Oddiy reaksiya juda muhim ahamiyatga ega bo‗lib, bu orqali
kurashchi raqibi to‗g‗risida dastlabki ma‘lumotga ega bo‗ladi.
O‗rta malakadagi kurashchilar uchun oddiy reaksiya vaqti 220-260 m
sekundga teng. Oddiy reaksiyani tarbiyalash uchun avval belgilangan signal
bo`yicha harakatni bajarish foydalidir. Bunda kurashchi signal berilish paytini
ko‗ra bilishi shart emas. 
- Tanlash reaksiyasi kurashda tomonning ikki va undan ortiq signal 
variantlaridan qaysi biri tayyorlangan harakatga mos kelishini belgilashda
yuzaga keladi. Tanlash reaksiyasi vaqti 280-320 m sekundga teng. 
Tanlash reaksiyasi kurashda o‗quv bellashuv sharoitida yaxshi rivojlanadi. 
Bunda kurashchiga raqibga ikki xil ushlash bilan taxdid solishi, ikki
tomonlama usul qo‗llash va shu kabi topshiriqlar beriladi. Kurashchi esa uni
xavfli harakatini tanlab, uni qaytarishi lozim. 
- Kuzatish reaksiyasi harakatdagi raqibning ma‘lum holatga erishganidan 
keyin kurashchi o‗z harakatining boshlanishida ko‗rinadi. Agar kurashchi o‗z 
harakatini boshlasa, ko‗zatish reaksiyasining vaqti ijobiy bo‗lishi, agar u
kechikib harakat qilsa, salbiy bo‗lishi mumkin. Demak, u nol bo‗lishi ham
mumkin. Kurashda zarur bo‗lgan kuzatish reaksiyasini tarbiyalash sherik bilan
juft bo‗lib mashq qilishda yaxshi natija beradi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling