O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 
 
 
2.9 Kuchni rivojlantirish uchun umumrivojlantiruvchi 
maxsus mashqlar. 
Umumrivojlantirish mashqlariga quyidagilar kiradi: 
-shtanga bilan mashq qilishlar, tosh bilan mashq qilishlar, arqonda tortilishlar, 
xalqadagi mashqlar, sherik bilan burilish, sherik bilan sakrash.
Maxsus mashqlarga quyidagilar kiradi: 
- sherik bilan bajariladigan mashqlar kurashchi kuchini oshirishga qaratiladi, 
kurash texnikasining ayrim elementlarini bajarishda har xil ilib olish bilan yotgan 
sherikni kurakka ko‗tarish usullari qo`llaniladi
- topshiriq bo`yicha mashq ( trener usulning ma‘lum elementini tanlab, 
kurashchilarni tegishli dastlabki holatga qo`yib, ularga mashqni to‗liq kuch bilan
bajarishni taklif qiladi. 
 
2.10 Tezlik va uni rivojlantirish uslubiyati. 
 
Kurashchining tezkorligi – bu uning mumkin qadar qisqa vaqt ichida ayrim 
harakatlar va usullarini bajarish qobilyatidur. Tezkorlik sifatini yaxshi 
rivojlantirmasdan kurashda yuqori natijalarda erishib bo‗lmaydi. O‗z raqibidan xatto 
sekundidan yuzdan biri bo‗lagiga tezroq harakat qiladigan kurashchi uning oldida 
katta ustunlikka ega bo‗ladi. 


39 
Kurashchi tezkorligi ko‗p jihatdan uning asab jarayonlari harakatchanligiga, 
bellashuvda har safar yuzaga kelgan vaziyatni bir zumda idrok etish va tog‗ri 
baholay olish malakasiga, taktik harakatlarni o‗z vaqtida aniq bajarishiga bog‗liq. 
Tezkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi uslublar qo‗llaniladi. Mashqlarni 
yengillashtirilgan sharoitda bajarish uslubi. Harakatlar va qayta tezkorlik bilan 
bajariladigan alohida harakatlarni yengillashtirilgan sharoitlarda ko‗p marta 
takrorlash. Masalan, usulni kichik vazn toifasidagi sherik bilan tezkorlikka e`tibor 
qaratgan holda bajarilishi mashqlarda yengillashtirilgan sharoitlarda bajarish tezligi 
bo‗yicha oddiy sharoitlarda bajariladigan harakatlardan oshadigan juda tez 
harakatlarning bajarilishi rag‗batlantiriladi. Masalan, yugurish tezlikni oshirish 
uchun qisqa yo‘lakcha bo‗ylab yugirish qo‗llaniladi. 
Mashqlarni og‗irlashtiradigan sharoitlarda bajarish uslubi. Kurashchi 
musobaqalarda duch keladigan sharoitlardan ancha qiyin sharoitlarda maksimal 
tezkorlik bilan bajaradigan harakatlarni ko‗p marta takrorlash. Masalan, og‗ir 
vazndagi sherik bilan maxsus mashqlarni bajarish. 
Takrorlash kuchlanishlar uslubi: Ikki xil ko‗rsatishda qo‗llaniladi: 
- mashqlarni eng katta va unga yaqin tezlik bilan bajarish; 
- mashqlarni shunday sharoitda bajarish kerakki, bunga eng katta kuch 
zo‗riqishlari nisbatan yengil ikkita katta tezlik bilan bir joydan ikkinchisiga 
o‗tkazish yo‗li orqali ta`minlanadi. 
O‗yin va musobaqa usullari ham katta ahamiyatga ega bo‗lib, ulardan 
foydalanish sportchining emotsional muhiti, ruhiy holati, raqobatchili hissini
o‗zgarib turishi hisobiga tezkorlikni rivojlantirish uchun qo‗shimcha turtki 
(raqobat) bo‗lishi mumkin. 
Kurashchining tezkorlik sifatlarini tarbiyalash uchun maksimal tezlik bilan 
bajariladigan mashqlar qo‗llaniladi. Tezlik mashqlarini texnikasi ularni eng katta 
tezlik bajarilishini taminlashi shart. Mashqlarni bajarish paytida asosiy kuchlanishlar 
bajarish usullariga emas, balki uning tezligiga qaratilgani uchun mashqlar 
shunchalik yaxshi o‗rgatilgan va egallangan bo‗lishi kerak. Mashqlar davomiyligi 
shunday bo‗lishi kerakki bajarish oxiriga kelib tezlik, toliqishga qaramasdan
pasaymasligi shart. 
Tezlik mashqlarini bajarish sharoitlari katta ahamiyatga ega. Har bir mashq 
davomiyligi 20 sek dan oshmasligi lozim, dam olish oralig‗i mashqlarni takrorlash 
boshida bir tomondan kurashchini tiklanishi, ikkinchi tomondan uning markaziy 
asab tizimi optimal qo‗zg‗aluvchanligi ta`minlashi, optimal bo‗lishi kerak. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling