O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Kuchni tarbiyalash. 
Kurashchining kuchi deb, raqib qarshiligini mushaklar kuchi orqali yengish
qobiliyatiga aytiladi. 
Mushaklarning maksimal kuchlanishini yuzaga keltirish bilan (mushak-
larning tarang turishi va bushashi) kuch qobiliyatlarini rivojlantirish va 
takomillashtirish mumkin. Shuning uchun ham kuchni tarbiyalash metodikasi 
bunday holatlarda
mushaklarni maqsadini bajarishda sharoit yaratilishiga qaratilgan.
Kurashchi raqib bilan bevosita 
ro`baro` bo‗lganda sarflaydigan ko‗pchilik
harakat tezkor-kuchlilik yoki dinamik holatda bajariladi.Asta-sekin bor kuch bilan 
ushlab turish yoki harakatsiz zur berish mushaklarni o‗zgartirmay turish yoki 
izometrik rejimda kuch ko`rsatyapti deb tushuniladi. Shunday qilib kurashchining
asab-mushak tizimi ham dinamik, ham statik harakatga tayyor bo‗lishi kerak. 
Bellashuv paytida mushaklarning «otilib chiqqan kuch», boshqacha qilib aytganda
juda qisqa vaqt ichida maksimal kuch ko`rsata olish qobiliyatlari alohida
ahamiyat kasb etib, u kurashchiga bellashuvda raqibidan ustunlik imkonini
beradi. 
Taniqli polvonlar faqat jismoniy tayyorgarlikning yuksak rivojlanish
darajasi va texnika usullari boyligiga ega bo‗lib qolmay, balki o‗z vaqtida katta 
kuch ko`rsata olish qobiliyatlari bilan ham ajralib turadilar.
Ko‗p sonli tadqiqotchilarning natijalari mushak massasini aytarli 
yuksaltirmay yoki ularni yuksaltirgan holda kuchni rivojlantirish mumkinligini
ko`rsatmoqda: 
- mushak massasini ko‗p oshirmay kuchni rivojlantirishga qaratilgan 
trenirovkalarda iloji boricha katta yuk bilan kam takrorlagan holda (1-3 marta) 
va harakatlar o‗rtasida dam olish oralig`ini oshirgan holda ishlash kerak; 
Bellashuvdan keyin tezda kuchni tiklash uchun mashq bajarish tavsiya 
qilinmaydi. Ammo dam olish 10 daqiqadan oshmasligi zarur, yo`qsa organizm
soviydi. 
Kuchni tarbiyalash uslublari. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling