O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


 Egiluvchanlik va uni rivojlantirish uslubiyati


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

2.17 Egiluvchanlik va uni rivojlantirish uslubiyati. 
 
Egiluvchanlik - bu kurashchining katta ampilitudada harakatlarini amalga 
oshirish qobilyatidur. Egiluvchanlik bo‗g‗imlardagi harakatchanlik bilan aniqlanadi. 
U o‗z navbatida, bir qator amallarga bog‗liq: bog‗imlarni tuzilishi, paylar, 
mushaklar cho`ziluvchanligi va ularni cho`zilish qobilyati. Egiluvchanlikni bir 
nechta turlari mavjud: 
Faol egiluvchanlik - bu shaxsiy mushak kuchlanishlari hisobiga harakatlarni 
qayta ampilutada bajarish qobilyatidadur 
Sust egiluvchanlanlik - bu tashqi kuchlar: og‗irliklar, raqib harakatlari hisobiga 
harakatlari paytida ampilitudada bajarish qobilyatidur. Sust egiluvchanlik hamma 
faol eguluvchanlikni tezligi ko‗rsatgichlaridan yuqori. 
Dinamik egiluvchanlik - dinamik xususyatlarga ega mashqlarda namoyon 
bo‗ladigan egiluvchanlikdir. 
Statik egiluvchanlik - statik egiluvchanlikka ega mashqlarda namoyon 
bo‗ladigan egiluvchanlikdir. 
Umumiy egiluvchanlik, turli yo‘nalishlarda eng yirik bo‗limlarda qayta 
amplituda bilan harakatlarni bajarish qobilyatidir.
Maxsus egiluvchanlik kurashchining mexanik - taktik xususiyatlariga tegishli 
bo‗g‗imlar va yo‘nalishlarda harakatlarni qayt ampilituda bilan bajarish 
qobilyatidur. Cho`ziltiruvchi mashqlar: oddiy, prujinali harakatlar o‗zini ushlagan 
holda siltanishli, tashqi yordam bilan bajariladigan harakatlar egiluvchanlikni 
rivojlantirishni asosiy vositalari hisoblanadi. 
Bunday mashqlar bilan shug‗ullanish paytida bir qator uslubni shartlarni 
bajarish lozim: 
-mashqlarni bajarishdan oldin albatta badan qizdirish mashqlarini kiritish; 
-muayyan maqsadlarni oldinga qo‗yish, masalan gavda yoki buyumning 
ma`lum bir nuqtasiga qo‗lni tekazish; 
-cho‗ziltirish mashqlarini ma`lum bir ketma ketlikda seriyalab bajarish; qo‗llar 
uchun; gavda uchun; oyoqlar uchun; 
-cho‗ziltirish mashqlar seriyalari orasida bajariladigan mashqlarni bajarish; 
-mashqlarni bajarish vaqtida asta sekin ularni ampilitudasini oshirish; 
-mashqlarni bajarishda shuni hisobga olish lozimki, harakatlanganlikni 
rivojlantirishning eng asosiy uslubi - bu takrorlash uslubi hisoblanadi. 
Bir-ikki oyda har kuni ikki marta shug‗ullanuvchilarning alohida qobilyatlariga 
qarab 25-50 marta takrorlashdan iboratliklardagi cho‗ziltirishga qaratilgan 
mashqlardan tashkil topgan mashg‗ulotlar davomida egiluvchanlik asta o‗sishi 
mumkin. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling