O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


  Egiluvchanlikni tarbiyalash uslubi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 


47 
Egiluvchanlikni tarbiyalash uslubi 
 
Ma‘lumki, bolalik va o`spirinlik yoshida barcha tayanch-harakat apparatining
moro-funksional xususiyatlari, mushak to‗qimalarining qayishqoqligiga katta
egiluvchanlik va harakatchanlikka olib keladi. Shuning uchun ham
murabbiylarning asosiy vazifasi mashg‗ulotning birinchi yilidan boshlab
shug‗ullanuvchilarda doimiy ravishda egiluvchanlikni tarbiyalashdan iborat. 
Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun quyidagi vosita va uslubiy usullar 
qo‗llaniladi: 
1.Yuklamani asta-sekin ortib borgan holda buyumlarsiz bajariladigan 
mashqlar. 
2.Cho‗zilish mashqlari: egiluvchanlikni oshiradigan mashqlarni takrorlash 
(oldinga, yonga egilish va har xil o`tirib turishlar). 
3.Imkon boricha katta amplitudada kurash usullarini bajargandek mashqlarni
bajarish. 
4.Faol egiluvchanlikdan foydalangan holda mashqlar (asbob-anjomlar
yordamida, sherik yordamida va boshqalar) bajarish. 
Egiluchanlikni rivojlantirish bo`yicha maxsus mashqlar, kurash bo`yicha har
qanday tayyorgarliklarga albatta kiritiladi. 
1-mashq. Dastlabki holat-oyoqlar yelka kengligida, qo‗llar yuqorida. 
Bajarilishi: ikki qo‗l bilan eskander yon tomonga tortiladi. Ikki yondagisini har
tomonga 12 martadan bajariladi. 
2-mashq. D.x. -eskander oldida qo‗llarda ushlab turiladi. Bajarilishi: o‗ng qo‗l
bilan eskanderni oldinga-yuqoriga torting. Mashq har bir qo‗lda o‗n ikki
martadan takrorlanadi. 
3-mashq. D.x.-oyoqlar bilan eskanderni o‗rtasidan bosib turiladi. Bajarilishi: 
eskander ushlagan qo‗lni buking va yozing. Uch marta takroriy bajarishning har
birida 12 marta takrorlanadi. Mashqni ikki eskanderni juftlab xam bajarish
mumkin. 
4-mashq.D.x-polda o`tirgan holatda eskander dastagi oyoqqa kiritiladi. 
Bajarilishi: eskanderni (eshkak eshuvchi) harakati singari belgacha torting. 
Uch marta bajarishning har birida 12 martadan takrorlanadi. 
5-mashq. D.x-chalqancha yotganda eskander uchi pastda chap qo‗lda, o‗ng 
qo‗l bukilgan holda o‗ng yelkada. Bajarilishi: o‗ng qo‗lni bukish va yozish. Mashq 
charchashni sezishgacha bajariladi. Shuning o‗zi o`ng oyoqda takrorlanadi. 
6-mashq. D.x-oyoqlar orasi ochiq, eskander uchi pastda chap qo‗lda, o`ng 
qo‗l bukilgan holda o`ng yelkada. Bajarilishi: o‗ng qo‗lni bukish va yozish. 
Mashq 
Har qo‗lda 12 martadan takrorlanadi. 
7-mashq. D.x-eskander uchi bosib turiladi. Bajarilishi: eskanderni ikki qo‗llab 
iyakkacha torting. Mashq ikki seriyada 12 martadan bajariladi. 
8-mashq. D.x.-eskander ko‗krak oldida ushlab turiladi. Bajarilishi: qo‗llarni 
gorizontal yo`nalishda yon tomonlarga yoziladi. Ikki seriyaning har birida 12
martadan bajariladi.


48 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling