3-BOB SPORT JIHOZLARI BILAN BAJARILADIGAN MASHQLAR
3.1 Amortizator bilan mashq bajarish.
Amartizator - kuch o‗stirishning juda yaxshi vositasi hisoblanadi. Tajriba shuni
ko‗rsatadiki, gantel va shtanga bilan mo‘tadil shug‗ullanish natijasida mashqlarni
bajarishda «portlash va kuch» xususiyati hosil bo‗ladi. Endi amortizatorga kelsak,
u nafaqat kuchni, balki umuman quvvatni, chidamlilikni, gavdani mutanosibligini
rivojlantiruvchi manbadir. Amartizator sifatida dorixonalarda sotiladigan qalinligi
3-5 mm, uzunligi 2-5 m rezina bilan foydalanish mumkin.
Shuni eslash kerakki, bint tarangligi mashq paytida bilakka o‗rab-o‗rab
bajarishga bog‗liqdir. Undan tashqari, mashq bajarganda elastik bint qarshiligi
harakat oxirida maksimal bo‗lishi kerak.
1-mashq. D.x-amartizator o‗rtasi bosib turiladi, ikki uchi qo‗llarda pastda
ushlanadi. Bajarilishi: qo‗llarni to‗g‗ri tutgan holda yon tomondan qo‗lni yozib
bosh ustiga ko`tariladi. Bajarilganda tirsaklarga bukiling.
Ikki seriyadan har birida 12 martadan takrorlanadi.
2-mashq. D.x-amartizator o‗rtasi bosib turiladi, ikki uchi qo‗llarda pastda
ushlab turiladi. Bajarilishi: qo‗llarni to‗g‗ri tutgan holda oldinga-yuqoriga
ko`taring. Mashqni ikki marta har birida 10-14 martadan bajariladi.
3-mashq.D.x-amartizator o‗rtasi bosib turiladi, ikki uchi qo‗llarda bel
balandligida ushlanadi. Bajarilishi: qo‗llarni yelkagacha ko‗tarib bukish va yozish.
Mashqni 2 marta 10-12 martadan bajariladi.
4-mashq. D.x-chalqancha yotgan holatda amartizator bosh ustida ushlab
turiladi, rezina uchlari to‗g‗ri qo‗llarda bosh ustida ushlanadi. Bajarilishi: qo‗llarni
bukmay amartizatorni tortib sonlar ustiga tushiring.
Mashq ikki marta 10-12 martadan takrorlanadi.
5-mashq. D.x-to`rtinchi mashqning o‗zi– elastik bintni iyakka (tirab) gavda
bilan tortib boradi. Mashqni ikki marta 10-15 martadan bajaraladi.
6-mashq. D.x-polga o`tirgan holatda amartizator oyoq uchlariga ilinadi.
Bajarilishi: gavdani bir oz engashtirib, eshgak
eshuvchi singari qo‗llarni sekin
bukib va yozish. Qo‗llar bukilganda belgacha keladi. Mashqni ikki marta 10-12
martadan bajariladi.
7-mashq. D.x-oltinchi mashqning o‗zini gavdani ko‗tarib, peshanani
tizzalarga, qo‗llarni oyoq uchlariga tekkizish bilan bajarish. Mashqni ikki marta 25-
30 martadan takrorlash
8-mashq. D.x-oyoqlar juft, qo‗llar belda amartizator orqadan polga bog`lanib,
oyoqning to‗pig`iga bog‗lanadi. Bajarilishi: o‗ng oyoqni oldinga siltab ko`taring,
sung amartizatorga yuzlanib o`ng oyoqni orqaga siltang. Har bir oyoqda mashq
10-12 martadan takrorlanadi.
9-mashq. D.x-amartizator uchi boshda tasmaga bog‗lanadi. Ikkinchi uchi
oyoqlar tagida. Bajarilishi: qo‗llarni tizzalarga tirab, gavdani oldinga-pastga egish.
Mashqni ikki marta 10-12 martadan bajariladi.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |