O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 
 
2.15 Chaqqonlik va uni rivojlantirish uslublari. 
 
Kurashchini chaqqonligi bu harakatlarni nazorat qila olish, bellashda to‗satdan 
o‗zgarib turadigan vaziyatda tez hamda aniq yo‗l topish va tegishli harakatlarni 
oqilona bajarish qobilyatidur. 
Chaqqonlik 
deganda 
sportchining 
kordinatasi 
qobilyatlari 
yig‗indisi 
tushuniladi. Shunday qobilyatlardan biri yangi harakatlarni egallash tezligi, 
ikkinchisi to‗satdan o‗zgaradigan vaziyat talablariga muvofiq harakatlarni tez qayta 
ko‗rish hisoblanadi. 
Chaqqonlik sportchini o‗rgatish jarayonida rivojlantiradi. Buning uchun yangi 
harakatlarni muntazam egallab borish lozim. Chaqqonlikni rivojlantirish uchun har 
qanday mashqlardan foydalanish mumkin, lekin ularda yangilik elementlari bo‗lishi 
shart. 
Chaqqonlikni rivojlantirishni ikkinchi yo‗li koordinatsiyasi murakkabligini 
oshirishdan iborat.
Bunday murakkablikdagi harakatlarni yuqori darajada aniq 
bajarish, ularning o‗zaro muvofiqligi, to‗satdan o‗zgarib turadigan vaziyatga 
mosligiga bo‗lgan talablarni oshirish, bilish aniqlash mumkin. 
Uchunchi yo‗li - bu nooqilona mushak kuchlanishi bilan kurashishi, chunki 
chaqqonlikni namoyish qilish ko‗p jixatdan mushaklarni zarur holda bo‗shashtirish 
malakasiga bog‗liq. 
Kuch 
kordinatsiyasini 
rivojlantirishning 
to‗rtinchi yo‗li uni gavda 
muvozanatini 
ushlab 
kurash 
qobilyatini 
oshirishdir. 
Bunday 
qobilyatni 
rivojlantirishni bir nechta usullari mavjud: 
-muvozanatni ushlab turishni qiyinlashtiruvchi harakatlardagi mashqlar; 
-akrobatika va gimnastika mashqari; 


45 
-hamma tekisliklarda boshni tez harakatlantirish yordamida bajariladigan 
mashqar. 
A.M. Yarotskiy(1971) majmuasiga beshta mashq kiradi: boshni o‗ngga va 
chapga burash; boshni oldiga va orqaga egish; boshni yon tomonlarga egish; soat 
millari bo‗ylama aylanma harakatlar, soat millariga qarshi tomonga aylanma 
harakatlar. Bu mashqlar tez sur`atda kuniga uch marta o‗n daqiqadan bajariladi. 
Kurashchi chaqqonligini rivojlantirishni hamma vositalarini ikki bo‗limga 
ajratish maqsadga muvofiqdir; umumiy chaqqonlikni rivojlantirish vositalari va 
maxsus chidamlilikni rivojlantirish vositalari. 
Umumiy muvofiqlikni rivojlantirish vositalari umuman harakatlanish tajribasi 
va harakat kordinatsiyasini boyitishga qaratilgan maxsus chidamlilikni rivojlantirish 
vositalari kurashchining o‗ziga xos maxsus harakatlanish kordinatsiyasini hamda 
musobaqa faoliyatini favqulotdagi sharoitlarda o‗z harakatlarini baholanishi va 
qayta kurash qobilyatini takomillashtirishga qaratilgan. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling