O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Birgalikda ta`sir ko„rsatish uslubi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Birgalikda ta`sir ko„rsatish uslubi shunga bog‗liqki kurashchining kuch 
imkonyatlarini rivojlantirish bevosita ixtisoslashgan mashqlarni bajarishi natijasida 
sodir bo‗ladi. Bu vaqtning o‗zida kurashchining kuch qobilyatlari va texnik taktik 
harakatlari rivojlantiriladi hamda takomillashtiriladi. Kurashda birgalikda ta`sir 
ko‗rsatish uslubidan foydalanishga misol tariqa shunday mashqlarni keltirish 
mumkin, kurashchi bu mashqlarda o‗z texnik harakatlarini og‗irroq vazn toifasidagi 
raqib bilan takomillashtiradi. 
Og‗irlikni optimal o‗lchamini aniqlab olish juda muhimdur. Haddan tashqari 
katta o‗lcham harakat malakasi tarkibining buzilishiga olib keladi, bu oqibatda 
harakat texnikasiga salbiy ta`sir ko‗rsatadi. 
Variantlilik uslubi asosan turli vazifadagi og‗irliklar bilan maxsus mashqlarni 
seriyalab bajariladi. Bitta seriyada avval og‗irroq vazn toifasidagi bilan 10-12 
tashlash bajariladi. So‗ngra teng vazndagi sherik bilan 15-16 ta tashlash, shundan 
keyin o‗z vazni toifasidagi sherik bilan 10-12 ta tashlash bajariladi hammasi bo‗lib 
seriya bajariladi. Dam olish oralig‗i 3-4 daqiqa. Tezkor kuch sifatlarini (me`yordagi, 
kichik) rivojlantirishda variantlilik uslubi ayniqsa samaralidir.
Usullarni ancha og‗ir sherik bilan takomillashtirish alohida kuch 
imkoniyatlarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu oqibatda musobaqa mashqida 
qat`iy natijani oshishiga olib keladi. 
Mashqlarni izometrik kuchlanish uslubi. Turli mushak guruhlari ishi 4-5 sekunt 
davom etadigan statik mashqlar kuchlanishini nazoratda tutadi. Izometrik mashqlari 
qiymati shundaki ularning hajmi uncha katta emas , ko‗p vaqt olmaydi, bajarilishi 


37 
ancha oson. Bundan tashqari ularning yordamida ma`lum bir mushak guruhlariga 
zarur hollarda, gavda qismlarini bukish yoki yozishning tegishli bo‗g‗im 
burchaklariga tanlab ta`sir ko‗rsatishi mumkin. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling