O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 
 
 
2.6 Kurashchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi 
 
Kurashchining jismoniy tayyorgarligi undagi maxoratning tarkib topishida
hayotiy muhim sifatlar hamda Vatanni ximoyalashda zarur bo‗ladigan malakalarni 
hosil bo‗lishida asos bo‗lib hisoblanadi. 
Sport kurashchining xususiyatlarini, sportchilarning individual qobilyatini va 
ularni texnik-taktik tayyorgarligini hisobga olgan holda umumiy va maxsus 
jismoniy tayyorgarlikni maqsadga muvofiq qo‗shib olib borishi yuksak sport 
mahoratini ta‘minlaydi. 
Hozirgi vaqtda sportning hamma turlarida jismoniy tayyorgarlik ikki, umumiy 
va maxsus qismdan iborat bo‗ladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun asos bo‗lib 
xizmat qiladi. Bu esa o‗z navbatida, texnik tayyorgarlikni o‗zi ham sportchi 


33 
organizmining hamma tizimlarini maxsus jismoniy tayyorlash uchun qudratli vosita 
hisoblanadi. 
Kurashchilar uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalarini tayyorlashda 
quyidagi muhim qonun qoidalarni e`tiborga olish lozim. 
Mashqlar kurashchini asab mushaklarini zo‗r bera olish xarakteriga va 
organizmdagi barcha tizimlarning ish kun tartibiga yaqin bo‗lishi kerak. Mashqlar 
maxsus sifatlarni rivojlantirishga yordam berishi lozim. Masalan, yakkama-yakka 
kurash elementlari bo‗lgan ba`zi bir akrobatik mashqlar, sherigi bilan qarshilik 
ko‗rsatgan holda juft-juft bo‗lib bajariladigan mashqlar va hokozo.
Mashq harakat kordinatasini rivojlantirish hamda sportchi faoliyatini 
o‗zgaruvchan vaziyatlardagi xilma-xil harakat omillari bilan boyitishi zarur. 
Masalan, sport o‗yinlari: basketbol, kuchraytirilgan maydonda futbol, gimnastika va 
boshqalar. 
Mashqlar sportchining boshqa harakat va markaziy asab tizimi faoliyatini 
tezroq tiklanishiga xizmat qiladi. Bularga sayrlar, krosslar, harakatli o‗yinlar suzish 
va ochiq havoda o‗zga sharoitda o‗tkaziladigan boshqa o‗yinlar kiradi. 
Jismoniy tayyorgarlikni maxsus vositalarida ikki guruh mashqlarini farq qilish 
mumkin. 
1. Muayyan muskul guruhlarni va sportchi uchun kurashda zarur bo‗ladigan 
sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar. 
2. Kurash usullari guruhlarini va sportchi uchun kurashda zarur bo‗ladigan 
sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar. Maxsus jismoniy tayyorgarlikda 
kurashchi uchun zarur bo‗lgan harakat sifatlarini rivojlantirish boshqa sifatlarni 
rivojlantirish va kurash texnikasi elementlarini takomillashtirish bilan o‗zaro 
bog‗langan bo‗lishi ayniqsa muhimdur. Kurashchining maxsus jismoniy 
tayyorgarligiga doir mashqlarning tanlash va o‗tkazishda quyidagi ba`zi muhim 
qoidalarni hisobga olish lozim: 
1.Harakatlar xarakteri va tuzilmasiga ko‗ra kurash harakatlari bilan bevosita 
dinamik zo‗r berishiga aloqador mashqlarni tanlash. Masalan, o‗ziga xos ravshda 
siljish, sherigi bilan bajariladigan mashqlar-ko‗tarish va aylantirish va burish 
xarakteridagi taqlid mashqlari, o‗yin ko‗rinishidagi mashqlar va boshqalar. 
2.Kurash hatti-harakatlarida asosiy yuklamani bajaradigan ayrim muskul 
guruhlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan foydalanish. Oyoq, qorin 
bo‗shlig‗i uchun og‗irliklar bilan to‗ldirilgan to‗p va trenajorlarda bajariladigan 
mashqlar. 
Maxsus 
mashqlarni 
bunday 
tanlashni 
harakat 
sifatlari 
majmuasini 
rivojlantirishda va kurashchi harakatidagi texnik tomonlarni takomollashtiradi. 
Ushbu o‗quv qo‗llanmada kurashchilarni umumiy va maxsus jismoniy 
tayyorgarligi uchun xilma-xil mashqlar tavsiya etiladi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling