O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov
Kuch va uning rivojlanish uslubiyati
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchni quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan
2.8 Kuch va uning rivojlanish uslubiyati.
Jismoniy sifat bo„limi ‗‗kuch‘‘ deganda kurashchining raqib qarshiligini yengib o‗tishi yoki mushak kuchlanishi hisobiga unga qarshilik ko‗rsatishi qobiliyati tushuniladi. Kuchni quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan: umumiy va maxsus mutloq va nisbiy, tezkor va portlovchanlik kuch chidamliligi. Umumiy kuch bu kurashchini maxsus harakatlariga ta`luqli bo‗lmagan holda sportchi tomonidan namoyon qilinadigan kuch. Maxsus kuch musobaqa harakatlariga mos bo‗lgan maxsus harakatlarda sportchi tomonidan namoyon qilinadi. Mutloq kuch sportchining juda katta xususyatga ega harakatlarida namoyon bo‗ladigan kuch imkoniyatlari bilan tavsiflanadi. Kurashda va kuch yordamida yakkama-yakka olishish uchun muhim ahamiyatga ega. Nisbiy kuch ya`ni sportchining 1 kg vazniga tog‗ri keladigan kuch kurashchining shaxsiy og‗irligini yengib o‗tish imkoniyati ko‗rsatgichi hisoblanadi. Bu usullarni tezkorlik bilan bajarilishida muhim ahamiyatga ega. Tezkor kuch mushaklarni nisbatan kichik tashqi qarshilkka yengib o‗tishi bilan bog‗liq xarakterlarini tez bajarishiga bo‗lgan qobilyatda aks etadi. Portlovchi kuch qisqa vaqt ichida o‗z shiddatiga ko‗ra katta kuchlanishlarni namoyon qilishi qobilyatini tavsiflaydi. Kuch chidamliligi bu sportchining nisbatan uzoq vaqt davomida muayyan kuchlanishlarini namoyon qilishiga bo‗lgan qobilyatidur. Kurashchining kuch imkoniyatlarini rivojlantirish uchun quyidagi usullar qo‗llaniladi: takroriy kuchlanishlar. Qisqa muddatli maksimal kuchlar, tobora oshib boradigan og‗irliklar kuchning birgalikda ta`sir ko‗rsatish, variantlilik. Izometrik kuchlanishlar uslublari. Takroroy kuchlanishlar uslubi shundan iboratki, sportchi mashqni so‗ngi nafasigacha, hammasi 3-4 seriya orasida dam olish vaqti 3-4 daqiqa. Takroriy kuchlanishlar uslubini bir turi dinamika kuchlanish uslubi hisoblanadi. U mashqlarni maksimumdan 20-30% ni og‗irlikni eng katta tezlikda bajarishi bilan tavsiflanadi. Boshqa katta mushak zo‗riqishi og‗irlik hisobiga emas, balki yuqori tezlikdagi harakat hisobiga erishiladi. Qisqa muddatli maksimal kuchlanishi uslubi hozirgi paytda mushaklarning mutloq kuchini oshirish uchun eng samarali hisoblanadi. U eng katta va unga yaqin 36 bo‗lgan og‗irliklar bilan ishlanishi nazoratda turadi. Mushaklar trenirovkasida maksimal kuchlanishlar uslubi trenajorlarda va sheriklashda bitta-ikkita xarakterlar yordamida katta og‗irlikdagi shtanga bilan bajariladigan mushaklarda (shtangani siqib ko‗tarish; siltab ko‗tarish, yotib ko‗tarish; o‗tirib ko‗tarish) namoyon bo‗ladi. Trenerovkada hammasi bo‗lib 3-4 ta yondashish bajariladi. Yondashishlar o`rtasidagi dam olish oralig‗i 3-5 daqiqa. Tobora oshib boradigan og‗irliklar uslubi bitta trenerovka mashg‗ulotlar singari qiyinchiliklarda ham qarshilik ko‗rsatish hajmini asta sekin oshib borishi kuzatiladi. Trenerovka mashg‗ulotlarining birinchi yondashuvida sportchi 10 marta ko‗tara oladigan (10TM) og‗irligidan 50% og‗irlik bilan boshlash tavsiya etiladi. Ikkinchi yondashuvida mashq 10 tm dan 100% og‗irlik bilan bajariladi. Trenerovka davomida hammasi bo‗lib 3 ta yondashuv amalga oshiriladi. Yondashuvlar orasidagi oralig‗i 2–4 daqiqa. Har bir yondashuvda mashq eng katta tezlik bilan aniq toliqib qolgunga qadar bajariladi. Mashqlanayotgan mushaklarni kamaygan og‗irlik energiyasini qamrab olishi mushaklarni faol holatiga kesib o‗tishiga ish qo‗llanmasini tez rivojlanishiga yordam beradi, mushakda qo‗shimcha kuchlanish imkoniyatlarini hosil qiladi va keyingi itaruvchi harakat shiddat va tezkorligi hamda qoloq ishdan yengib o‗tiladigan ishga tez o‗tishini ta`minlaydi. Mashq 70-80 sm balandlikdan tizzalarini bir oz bukkan holda yerga tushib ketidan tez va shiddat bilan yuqoriga otilib chiqish orqali bajariladi. Sakrashlar seriyalab 2-3 seriyada, har bir seriyada 8-10 tadan sakrashlar bajariladi. Seriyalar o‗rtasidagi dam olish oralig‗i 3-5 daqiqa mashq haftada 2 marta bajariladi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling