12. Т. Х. Нажмиддинов медицина фанларидоктори. // Қизил Ўзбекистон.№. 96 (6008). 1944, 17 май. Б


Download 345.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi345.49 Kb.
#1500524
  1   2   3


490 
12. Т.Х. Нажмиддинов – медицина фанларидоктори. // Қизил 
Ўзбекистон.–№.96 (6008). 1944, 17 май. –Б.4 
13. Наманган шаҳрида юқумли касалликларга қарши кураш тадбирлари 
ҳақида Наманган шаҳар совети ижрокомининг мажбурий фармойиши. // 
Сталин ҳақиқати. –№.291 (2430). 1942, 18 декабр. –Б.2 
14. Безгакка қарши кураш чоралари ҳақида. // Сталин ҳақиқати. –№.66 
(3317). 1945, 24 апрель. –Б.2 
15. Ленин йўли. –№.99 (3427). 1943, 11 май. –Б.2 
16. Шахар озодалигини таъминлайдиган муҳим қарор. // Қизил 
Ўзбекистон. –№.96 (6008). 1944, 17 май. –Б.4 
XIVA XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI MASALASIGA OID BA’ZI 
MULOHAZALAR
Raxmanova M.Sh.
magistr 
O‘zbekiston Milliy universiteti 
 
Ma’lum hudud yoki davr tarixini o‘rganish va tadqiq etishda dastlab 
birlamchi manbalar: arxeologik va etnografik ma’lumotlar, mahalliy tarixchilar 
yozib qoldirgan asarlar hamda sayyohlar, elchilar va savdogarlarning esdalik 
hamda kundaliklariga murojaat qilinadi. Ushbu manbalarni har tomonlama 
o‘rganish, tahlil qilish orqali tarixni bugungi kunda talqin qilishga erishishimiz 
mumkin.
O‘zbek davlatchilik tarixining ajralmas qismi bo‘lgan, to‘rt yuz yildan ortiq 
tarixga ega bo’lgan Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixshunosligini 
yoritish, turli davrlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida davlatchilik 
muammolari o‘rganilib, haqqoniy baho berish muhim vazifalardan biriga aylangan.
XIX asr – XX asrning bоshlarida O`rta Оsiyoga, jumladan Хiva хоnligiga 
kеlgan sayyohlar, оlimlar, harbiylar va bоshqa davlat vakillarining yozgan asarlari, 
mamlakatning o`sha davr tariхi, хo`jaligi, ijtimоiy-siyosiy va madaniy hayotini 
o`rganishda asоsiy manba bo`lib хizmat qiladi.
Xiva xonligi tarixini o‘rganishda sovet tarixchi-sharqshunoslari yevropalik 
sayyohlar ma’lumotlariga tayangan holda hudud tarixini yoritishgan. Xususan, 
Rossiya Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi N.I.Veselovskiy Xiva xonligi tarixi va 
tarixiy-geografiyasiga bag’ishlangan asarida Xiva xonligida mavjud mansab va 
unvonlarga ham to‘xtalib o‘tgan. Lekin asosiy e’tibor O‘rta Osiyo xususan, 
Xorazm xalqining “qoloq”ligi hamda o’zaro ichki sinfiy kurashlarga qaratilgan[1]. 
Turkiston arxeologiya to‘garagi asoschilaridan biri, sharqshunos olim 
V.V.Bartold Xiva xonligi tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan yirik olim 
hisoblanadi. Uning shaxsiy fondida Xiva xonligi hayoti hamda Xiva shahri tarixiga 
doir 200 varoqdan ko֥‘proq materiallar mavjud. 
Sovet davri tarixchisi P.P. Ivanov 1936-yilda Leningradda M.E. Saltikov-
Shedrin nomidagi davlat kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limidan 1873-yilda olib 
ketilgan, lekin kutubxona ro‘yxatiga kiritilmagan Xiva xonlarining arxiv 


491 
hujjatlarini topishga muvaffaq bo‘lgan[2]. Oltmish yildan oshig‘roq vaqt davomida 
rus sharqshunos olimlarining e’tiboridan chetda qolgan ushbu rasmiy arxiv 
hujjatlari Xiva xonligi tarixini o‘rganishdagi muhim bosqich bo‘ldi.
Xiva xonligi tarixiga doir yana bir yirik asar akademik Y. G’ulomov 
tomonidan yozilgan “Xorazmning sug’orilish tarixi” asaridir. Ushbu asar 
arxeologik ma’lumotlarga asoslangan holda Amudaryo hududlarida sun’iy 
sug‘orishning vujudga kelishi va rivojlanishi, dehqonchilik an’analari haqida 
bo‘libgina qolmay, xonlikdagi siyosiy hayot, aholining ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlari xususida ham to‘xtalib o‘tilgan[3].
O‘zbek olimlaridan akademik M. Yo‘ldoshev Xiva xonlarining arxiv 
hujjatlari asosida “Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi” asarini 
yozgan. Ushbu asar uchta bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobda Xiva xonlari 
arxivining topilishi hamda xonlik tarixini o‘rganishdagi ularning ahamiyati haqida 
ma’lumot beriladi. Ikkinchi bobi xonlikdagi yer egaligi, soliq turlariga 
bag’ishlangan bo‘lib, uchinchi bobda Xiva xonligining ma’muriy tuzilishi, 
saroydagi mansab va unvonlar hamda ularning vazifalari haqida so‘z yuritiladi[4].
Bundan tashqari Q. Munirov, A. Boltayev, A. Muhammadjonov, T. 
Ne’matov, O. Qo‘shjonov, O. Jalilovlar ham O‘rta Osiyo xususan, Xiva xonligi 
tarixini o‘rganishda o’zlarining katta xissalarini qo’shganlar[5]. 
Mustaqillikdan keyingi davrda tadqiqotchilar tomonidan Xiva xonligining 
ichki va tashqi aloqalari, soliq tizimi, xonlik aholisining ijtimoiy ahvoli, madaniy 
hayoti to‘g’risida ilmiy izlanishlar olib borildi va hozirgi kunda ham davom 
etmoqda. Masalan, A. Abdurasulov tomonidan nashr qilingan “Xiva (tarixiy-
etnogragik ocherklar)” asarida Xiva shahrining vujudga kelishi, joylashuvi, undagi 
ko‘chalar, bozorlar va boshqa jamoat muassasalari hamda Xiva shahridagi 
madaniy hayot to‘g’risida so‘z yuritilgan. U. Abdurasulovning “XVII asrning 
ikkinchi yarmi – XIX asrning birinchi choragida Xiva xonligidagi agrar 
munosabatlar” nomli nomzodlik ishida Xiva xonligidagi yer-suv munosabatlari 
tadqiqot markaziga olingan[6].
O. Qo‘shjonov va N. Polvonov hammuallifligidagi “Xorazmdagi ijtimoiy-
siyosiy harakatlar va jarayonlar” nomli monografiyasida dastlab Xorazmga rus 
ekspeditsiyalarining kelishi, keyinchalik Rossiya imperiyasi tomonidan bosib 
olinishidan tortib Xorazmdagi jadidchilik harakati hamda Xorazm Xalq Sovat 
Respublikasidagi siyosiy harakatlar haqida so‘z yuritilgan[7]. 
Хivadagi Ichan qal’a muzеy qo‘riqхоnasida saqlanayotgan XVII–XX asr 
bоshlariga mansub qоzilik hujjatlari va хоn yorliqlari tavsifiga oid E. Karimovning 
asari alohida e’tiborga loyiq. Chunki, unda хоnlik, хususan, Хiva shahri tariхiga 
dоir muhim bo’lgan rasmiy hujjatlar haqida ma’lumоtlar mavjud[8]. Shu jihatdan, 
ushbu asarlarning Хiva shahrining tariхini o‘rganishda ahamiyati kattadir. 
So‘nggi yillarda Xiva xonligi tarixiga oid olib borilayotgan tadqiqotlar 
jumlasiga N. Allayeva va Q. Yakubovlarning ilmiy izlanishlarini kiritishimiz 
mumkin. N. Allayeva tadqiqotlarida O‘rta Osiyo xususan Xiva xonligi tarixi 
hamda tashqi savdo va diplomatik aloqalari bo‘yicha o‘z ilmiy izlanishlarini olib 
bormoqda. Bundan tashqari xonlikning tashkil topishi, davlat boshqaruv, 


492 
hokimyatning legitimligi hamda Xiva xonligidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga 
ham to’xtalib o‘tilganligibilan ahamiyatlidir[9]. Xiva xonligidagi vaqf mulklari
ularni tasarruf etish, xonlikdagi vaqf muassasalarining faoliyati, vazifalari hamda 
mutavvalining vaqf mulkchiligidagi o‘rni xususida Q. Yakubovning ilmiy 
izlanishlarini keltirishimiz mumkin[10, B. 117-120].
Bundan tashqari U. Sheripov, S. Matkarimova, X. Madrimov, S. Soburova, 
M. Matyakubova, O. Mutalov, F. Ernazarov, H. Nazirovalar Xiva xonligi tarixini 
o‘rganishga, tariximizni ilmiy yangiliklar bilan boyitishga o‘z hissalarini qo‘shib 
kelmoqda[11].
O`rta Оsiyo, jumladan, Хiva хоnligi tariхi bo`yicha chеt ellik оlimlarning bir 
qancha asarlarini ham tilga оlish lozim. Ular qatоriga jurnalist Mak-Gaхan, Yu. 
Brеgеl, M. Оlvоrt, S. Bеkkеr, J. Uilеr[12] kabilarning asarlarini kiritish mumkin. 
E’tiborli jihati shundaki, XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Xiva xonligi tarixini 
yoritishda xorijiy tadqiqotchilar davr madaniy muhitiga ko’proq e’tibor 
qaratishgan.
XX asr oxirlariga kelib Yevropa va AQSHda O’rta Osiyo tarixini 
o’rganuvchi ilmiy tadqiqot institutlari va jamiyatlari ochiladi. Xususan, Indiana 
universitetining Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari bo’limining a’zosi hamda Ichki 
Osiyo tadqiqotlari ilmiy-tadqiqot institutI direktori, Xiva xonligi tarkibida bo’lgan 
turkmanlar va qoraqalpoqlar tarixini chuqur o’rgangan Yu. Bregel tomonidan 
nashr etilgan “Musulmon Markaziy Osiyosi”[13] nomli fundamental asar hamda 
“Turkmanlar haqida maqolalar” to’plamlari ham muhim ahamiyatga ega. Bundan 
tashqari O’rta Osiyo tarixi va madaniyatining muammolariga bag’ishlangan 12 ta 
maqoladan iborat bo’lgan “Yuriy Bregel sharafiga Markaziy Osiyo tarixi bo’yicha 
tadqiqotlar”[14] asari ham nashr qilingan. 
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Xiva xonligi xususan qo‘ng’irotlar 
sulolasi davri tarixshunoslik masalasi ziddiyatli hisoblanadi. Chunki sovet davri 
olimlari tomonidan yaratilgan asarlarda tarixiy haqiqatlar mafkuraga moslashtirilib 
xonlikni qoloq, savodsiz qilib ko‘rsatishga harakat qilingan. So‘nggi davrda olib 
borilayotgan tadqiqotlar hamda Xiva xonlarining rasmiy arxiv hujjatlarining topilib 
o‘rganilishi esa asl tarixni o‘rganishga, haqqoniy baho berishga xizmat qilmoqda.

Download 345.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling