O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
Guvohlar: Xo’ja Sayid Hasan, Mir Muhtasib, Mavlono Ali
imom, Mir Tayyib 61 . VASIQA Hijriy 966-yil zulqa’da oyining 21-kuni (1559-yil 25-sentabr)da xo’ja Zinda Ali Arbob xo’ja Yusuf o‘g‘li…o‘ziga tegishli mol-mulk xususida qonuniy tarzda va quyidagi mazmunda arz qildi: “Buxoro- ning Eski qal’asi tashqarisida, mahsidzlar bozorida, qalqon yasov- chilar timida joylashgan to‘rt nafar do‘konimni, uzil-kesil va qat’iy savdo bilan xo’ja Muhammad Islom xo’ja Ahmad o‘g‘liga sof kumushdan zarb etilgan 120 tangaga uzil-kesil savdo bilan sotdim. Uning bir tarafi mamlakayi podshohiyga 62 , ikkinchi tarafi shahar xandaqiga 63 , uchinchi tarafi nomi zikr etilgan olg‘uvchiga tegishli tegirmonning ayvoniga tutashdir. Do‘konga kirish yo‘li ham o‘sha tarafdan. {Ushbu vasiqa} quyidagi odamlar ishtirokida tuzildi: Jo‘ra Muhammad xo’ja Kalon shayx o‘g‘li; Abdulmuhammad; Muhammad Amin Abdi Kalonxo’ja o‘g‘li; Mir Fazlulla; Mavlono Mahmud xatib Kalotiy 64 . VASIQA Hijriy 966-yil shavval oyining 20-kuni (1559-yil 27-iyul)da mol- mulkini tasarruf qilishga haq-huquqli bo‘lgan Nasaf xotin shayx Muham- mad qizi, o‘z ixtiyori bilan, {quyidagi} qonuniy va rad qilib bo‘lmay- digan arzini bayon qildi: “Buxoroning Eski qal’asi tashqarisida, Gavka- shon ko‘prigi yonida joylashgan o‘zimga tegishli hovli-joyimni, dahlizi va 32 gazli sahni va ichidagi barcha narsalari bilan qo‘shib, xo‘ja 61 O‘sha asar. –Б.78-79. 62 Mamlaki podshohiy – podshoh (xon) devoniga tegishli yer-suv. 63 Xandak – qal’a devori tashqarisiga qazib suv to‘latib qo‘yilgan zavur; maxsus mudofaa inshooti. 64 Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. –Б.79-80. 99 Muhammad Qomixo’ja xo‘ja Muhammad Islom o‘g‘liga, uzil-kesil savdo bilan qonuniy narxda har biri bir misqol vazndagi 160 tangaga sotdim. Mazkur uy shimol tarafdan marhum Mavlono Umar Buxoriydan qolgan uy bilan, sharq tarafi naxr bo‘yi va janub tarafdan Mir Tayyibxo’ja uyi bilan tutash... Guvohlik berdilar: Mavlono Yor Aziz, Mavlono Sulton Aziz qog‘ozfurush, Do‘st me’mor 65 . Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling