O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
Buxoro amirligi Qushbegi arxivi O‘tmish ajdodlardan qolgan tarixiy yozma manbalar qatoridan haqli ravishda o‘rin olgan hujjatlardan biri Buxoro amiri Qushbegi arxiv hujjatlaridir. Ushbu arxiv hujjatlari XIX asr uchinchi choragi – XX asr boshlarida Buxoro amirligi tarixini o‘rganish uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘tgan asrning 30-yillarigacha Buxoro amiri Qushbegi arxivi mavjudligi fanga noma’lum edi. 1931-yilda Buxoro arkining yerto‘lasidan tartibsiz yotgan arab grafikasida tojik tilida yozilgan hujjatlar topilgan. Arxivning bir qismi, Buxoro-Rossiya diplomatik va savdo munosabatlariga doir qismi o‘sha vaqtda Moskvadagi “Qadimgi hujjatlar Markaziy Davlat arxivi”ga, yana bir qismi “O‘zbekiston markaziy Davlat tarix arxivi”ga topshirilgan. Moskvada saqla- nayotgan hujjatlar Buxoro, Xiva va Balx xonliklarining Rossiya, Hin- diston va boshqa mamlakatlar bilan bo‘lgan siyosiy va iqtisodiy alo- qalari tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi . Mazkur qushbegi arxivi hozirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining tarixiy fondida (№ I-126) saqlanadi. Fondning 2 ta ro‘yxati bo‘lib, 1- ro‘yxatda 2008 ta, 2- ro‘yxatda 7437 ta saqlov birligidagi hujjatlar mavjud. Ushbu arxiv xonlikning ijtimoiy-siyosiy tari- xi, iqtisodiyoti va boshqa masalalarni o‘rganishda muhim manba ro’lini o‘ynaydi. Lekin bu fond hali yaxshi o‘rganilmagan. Fondning ayrim hujjatlaridan P.P.Ivanov, A.A.Semyonov, M.A.Abduraimov, K.M.Mirzo- yev va Halim To‘raev foydalanganlar. Hozirda Qushbegi arxivining A.Muhammadjonov tayyorlagan nashri Buxoro amirligining ma’muriy hududiy tuzilishi haqida muhim ma’lumotlarni o‘zida jamlagan. Shu nashr asosida M.Abduvahobova maxsus risola chop ettirdi. Unda amirlik tarixiy toponimikasi bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar tahlil etilgan. 88 Аҳмедов Б. O‘sha asar. –Б. 91. 105 Mazkur Qushbegi arxiv hujjatlarining 1931 yilda topilishi “O‘rta Osiyoda hech qanday arxiv bo‘lmagan” deyilgan da’volarga o‘rin qol- dirmadi. Ayniqsa, 1930-yildan keyin Xiva va Qo‘qon xonligi arxiv- larining ochilishi O‘rta Osiyo xonliklarida XIX-XX asr boshlaridagi davlatchilik tarixida muhim voqea bo‘ldi. Ushbu arxiv hujjatlari xon- liklar tarixidagi ayrim voqealarga aniqlik kiritish, ma’lumotlarni to‘l- dirish imkoniyatini tug‘dirdi. Arxiv hujjatlarining tarkibi har xil hujjatlardan iborat bo‘lib, ular orasida turli mulkiy munosabatlar, huquqiy masalalar, ijtimoiy, ma’- naviy sohalarga oid minglab hujjatlar bor. Bularning hammasi birga- likda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy tarix, ichki ma’muriy bosh- qaruv tizimi kabi qator tarixiy muammolarni yaxlit hal qilishga xizmat qiladi. Qushbegi arxivida Buxoro amirligining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti va tarixiy geografiyasi to‘g‘risida boy daliliy material- lar mavjud. Qushbegi arxivi sohalar bo‘yicha turli tarixiy muammo- larni – aholi demografiyasi, soliq tizimi, etnik joylashuvi, etnik tarki- bi, ma’muriy tizim tarixi va shu kabi boshqa masalalarni hal qilish uchun qimmatli ma’lumotlar beradi. Mamlakatimiz tarixini to‘laqonli o‘rganishda manbaviy asos bo‘lib xizmat qiladigan Qushbegi arxiv hujjatlarining ro’li nihoyatda muhimdir. Tariximizning hujjatli yod- gorliklarining ahamiyati shu qadar muhimki, O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisining 1999 yildagi XIV sessiyasida “Arxivlar to‘g‘- risida”gi Qonunda bu o‘z aksini topdi. Bu qonunda arxivlarning ahamiyati alohida e’tirof etildi. Qonun ijtimoiy fanlarni rivojlanti- rishda arxiv hujjatlaridan foydalanishni yanada jadallashtirdi. 1999 yildagi Oliy Majlisning XIV sessiyasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov chet el fondlarida saqlanayotgan minglab arxiv hujjatlarini O‘zbekistonga qaytarish zarurati to‘g‘risida gapirdi. “Buxoro amirligi Qushbegi” fondi daliliy materiallarga boy huj- jatlar to‘plamidan iborat. Bu fond materiallari hali to‘liq o‘rganilgan emas. Uning ayrim hujjatlaridan A.R.Muhammadjonov o‘zining Bu- xoro amirligidagi aholi punktlari kitobini yozishda foydalangan. Mu- allif kitobda o‘nlab viloyatlar, tumanlar, amloklar, mavzelar, bekliklar, qishloqlar haqida ma’lumotlar beradi. Ro‘yxatlarda ko‘p hollarda nafaqat joylarning geografik nomlari, hatto aholi tarkibi, unga qarashli bo‘lgan chorva mollari to‘g‘risida, hududda istiqomat qiluvchi qabi- lalar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Mazkur fonddagi hujjatlarda 106 Buxoro amirligiga qarashli mulklardagi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayot, etnografik ma’lumotlar berilgan. Shuning uchun Buxoro amiri Qushbegi arxivi nafaqat O‘zbekiston tarixi, balki Tojikiston va Turk- maniston aholisi tarixi to‘g‘risida ham qimmatli ma’lumotlarga boy fond hisoblanadi. Chunki Buxoro amirligi hududi hozirgi O‘zbekiston, Tojikiston va qisman Turkmaniston hududlarini qamrab olgan edi. Buxoro amirligi tarixini o‘rganishda arxiv hujjatlarida uchragan joy nomlarining ba’zilari hozirgi kunlarda ham ba’zan to‘liq, yoki qisman o‘zgargan formada saqlanib qolganligini kuzatishimiz mumkin. Hujjat- lar uzoq yillar davomida til sohasidagi sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni ham kuzatishlari mumkin. Hujjatlar Buxoro amirligi aholisining etnik tarkibi- ni o‘rganishda ham qo‘l keladi. Ammo, turli xil tillarning bir hududda amal qilinishi natijasida ularning aralashib ketishi oqibatida aholining etnik tarkibini o‘rganishda ba’zi qiyinchiliklarni tug‘dirishini ham ta’- kidlab o‘tmoq zarur. Shuning uchun jug‘rofik nomlarni tilshunoslik va tarixiylik nuqtai nazaridan ham ilmiy tahlil qilish lozimdir. Ma’lumki, 1868-yilda Buxoro amirligining Ziyoddingacha bo‘lgan qismi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan. 1873-yilda tuzilgan shartnomaga binoan Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga aylangan. Rossiya albatta Buxoroda o‘zining boshqaruv tizimini – viloyat, tuman, qishloq, guzar va boshqa ma’muriy pog‘onalarni joriy qildi. Rossiya imperiyasi Buxoro amirligini yanada ko‘proq va har tomonlama tobe’ qilish yo‘llarini izladi. Shulardan biri XX asr boshlarida Rossiya tomonidan Buxoro amirligining aholi resurslarini, xo‘jalik iqtisodiy salohiyatini imkon qadar chuqurroq o‘rganishga qaratilgan sa’y-harakati edi. Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi amirlikdagi mamlakat aholisi ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini va ma’muriy tizimini o‘rganishga yo‘nal- tirilgan ma’lumotlarni to‘plashga kirishdi. Unga binoan 1914-1915- yillarda Buxoro amirligining Qushbegi mahkamasi tomonidan barcha viloyatlar, tumanlar, qishloqlar, guzarlar, rabotlar, mavzelar, daha va boshqalar batafsil ro‘yxatga olinib, agentlikka taqdim qilingan. Shunday qilib, Buxoro amirligidagi Rossiya siyosiy agentligida boshqaruv jarayo- ni uchun zarur bo‘lgan muhim statistik axborot tizimi yaratilgan. Qush- begi mahkamasi tomonidan taqdim qilingan ushbu ro‘yxat bugungi kunda o‘ta noyob tarixiy manba sifatida baholanadi. Ushbu Qushbegi arxiv hujjatlarining topilishiga kelsa, 1931-yilda Buxoro muzeyi xodim- lari tomonidan Ark yerto‘lasidan “Qushbegi arxivi xazinasi” topilgan. Xazina 1933-yilda Toshkentga, Respublika Markaziy arxiviga olib 107 kelingan. 1964 va 1968-yillarda shu hujjatlarning qisqa ilmiy tavsif kitoblari qo‘lyozma shaklida tuzilgan. “Qushbegi arxivi”ning oxirgi tavsif kitobiga ko‘ra, fonddagi yuz mingdan ortiq hujjatlar 2656 ta papkaga joylashtirilib, mazmuniga ko‘ra o‘n bir guruhga ajratilgan. Ular: - ma’muriy - siyosiy - tashqi aloqalar - iqtisodiy - sud - harbiy - madaniyat va urf-odat - sog‘liqni saqlash - oqartuv va din - turli masalalar hamda - daftar va jurnallar bo‘limlari tartib raqamlar bilan keltirilgan. Birinchi guruhdagi hujjatlar 9 mingga yaqin va ular 238 ta pap- kaga joylashtirilgan. Ular Buxoro davlat tizimi, ma’muriy bo‘linishi, XIX va XX asr boshlarida faoliyat ko‘rsatgan idora va mansablar ko‘rsatkichlari, nazorat-boshqaruv usullarini qamrab olgan ma’lumot- lardan iborat. Ikkinchi bo‘limdagi manbalar 504 ta papkada jamlangan bo‘lib, o‘n uch yarim mingga yaqin hujjatlar majmuidan iborat. Bu guruhdagi ma’lumotlar mamlakat tashqi va ichki siyosiy ahvoliga doir masala- larni va shu soha atrofidagi hayotiy jabhalarni qamrab, ularning tarixiy yechimiga xizmat qiluvchi asosiy materiallardan iborat. Uchinchi bo‘lim tashqi diplomatik munosabatlarni aks ettiruvchi o‘n ikki mingdan ortiq hujjatlarni tashkil etib, ular 307 ta papkada joy- lashtirilgan. Ularda Buxoro-Rossiya munosabatlari, davlatlararo shart- nomalar, mansabdorlar, amaldorlar, chet ellik muhojirlar, ishbilarmon- larning faoliyatlari, tashqi savdo munosabatlari, temir yo‘l, telegraf, rus harbiy qo‘shinlarining amirlikda joylashtirilishi bilan bog‘liq masalalarni aks ettiruvchi ma’lumotlardan iborat. To‘rtinchi bo‘limdagi hujjatlar asosan Buxoro amirligining XIX- XX asr boshlaridagi iqtisodiy-moliyaviy hayotini qamrab oladi. Ularda zavod, fabrikalar, bojxonalar, yer-suv egaligi, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, hunarmandchilik masalalarini aks ettiruvchi 27 mingdan ortiq hujjatlar 854 ta papkaga joylashtirilgan 108 Beshinchi bo‘limdagi sud mahkamasi ishlariga doir qozixonalarda bitilgan vasiqalar, xatlar, vaqfnomalar, shajaralar, cheklar, rivoyatlar, ya’ni jami 8,5 minga yaqin yozma manbalar, XIX-XX asr boshlari- dagi Buxoro davlat boshqaruvidagi adliya va yurisprudentsiya ahvoli haqida aniq ma’lumotlarni, boshqaruv tizimi tarixini o‘rganish uchun asosiy dalillardir. Oltinchi bo‘limda sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq 256 ta hujjat 25 ta papkaga joylashgan. Bu hujjatlarda 1809-1918 yillarda Buxoro amirligida vaqti-vaqti bilan tarqalgan vabo va o‘latlar, tabiiy ofatlar va ularni bartaraf qilish maqsadida davlat tomonidan ko‘rilgan chora- tadbirlar bilan bog‘liq masalalar o‘z ifodasini topgan. Yettinchi bo‘limda Navro‘z, Ramazon va Qurbon hayitlari bilan bog‘liq, “Guli surx” nomi bilan o‘tkazilgan xalq sayillari, 1915 yilda amirlikning Abu Lays mavzesidan topilgan arxeologik topilmalar, tan- ga va ziynat bezaklari, Buxoro amirlari tomonidan rus harbiylariga, joylardan markazga jo‘natilgan turli xil arizalardan tashkil topgan 6 mingga yaqin hujjatlar 135 papkadan tashkil topgan “Ma’daniyat bo‘limi” guruhini tashkil qiladi. “Maorif va din” guruhiga mansub bo‘limdagi 5 mingga yaqin hujjat- lar 87 ta papkadan joy olgan. Ularda amirlikdagi maktab, madrasa, maq- bara, masjid, xonaqohlar ishi bilan bog‘liq barcha masalalar o‘rin olgan. “Turli hujjatlar” bo‘limidagi materiallar keyingi 30-50 yil davo- mida yangi to‘plangan va fondga kiritilgan 745 hujjatdan iborat 72 papkani tashkil etadi. Bundagi manbalar o‘zidan oldingi 9 ta guruhga mansub masalalarni o‘zida ifodalaydi. Davr jihatidan ular 1881-1918- yillarga oiddir. Demak, Qushbegi arxivi XIX-XX asr boshlaridagi Buxoro amir- ligidagi hayotning turli qirralarini qamrab olgan muhim hujjatlar to‘p- lamidan iboratdir. Endi bevosita materiallar tahliliga kelsak. Qushbegi arxivida 1915- yilda Buxoro amirligidagi 27 viloyat va 11 tuman nomi ta’kidlangan. Bu tumanlarning hammasi Buxoro shahri atroflarida joylashgan. Lekin bulardan ikkitasigina 1915-yildan tuman deb yuritila boshlangan. Hujjatlarda tumanlardan yig‘ib olina- digan soliqlar to‘g‘risida ma’lumotlar ham uchraydi. Hujjatlarda tu- manlardan kimlar soliq yig‘ib olganliklari haqida ma’lumotlar bor. Tumanlardagi hokimiyat qozilarga tegishli bo‘lib, ular Qozikalonga bo‘ysunganligi aks etgan. Ba’zi tumanlar ikkita nomga ega bo‘lgan, bular asosan tuman markazidagi qishloqlar nomi bilan atalgan. 109 Buxoro amiri Qushbegi hujjatlari tojik va fors tillarida bitilgan. Shuning uchun uni o‘rganishda jiddiy qiyinchiliklar tug‘iladi. 1914-yil 28-yanvar va 2-fevral kunlarida Qushbegi devoni viloyat hokimlariga, tuman hokimlariga va amlokdorlarga hudud to‘g‘risida ro‘yxat tuzish topshirilgan. A.Muhammadjonovning yozishicha bu ro‘y- xatlar Buxoro amirining Qushbegi devonxonasiga kelib tushganmi, yoki yo‘qmi aniqlash qiyin. Buxoro amirining Qushbegi devonxona fondida oldin saqlanib kelayotgan ro‘yxatlar ichida 7 ta viloyatning ro‘yxati yo‘q. Bular: Dixnau, Ziyaddin, Kabodiyon, Qorategin, Kelif, Qo‘rg‘on tepa,, Shahrisabz va Buxoroning chekka tumanlaridagi Shimoliy Rud va Janubiy Rud. Bu ro‘yxatlarda har bir viloyat, tuman va qishloqlarda qancha aholi yashashi va qancha uy borligi yozilgan. 1916-yilning 21-yanvarida tuzilgan ro‘yxatlarda shunday deb yozilgan: “Oqsoqol va aminlardan so‘rab surishtirilsin, qancha amlok to‘langan va berilgan va har bir qishloqning nomi va amloklari bor yoki yo‘qligi haqida bizga yozib yuborilsin”. Ko‘pgina viloyatlardagi qishloqlarning ro‘yxatlari devonxonalarda saqlangan. Masalan;: Qorategin viloyatining ro‘yxati 1913-yildan boshlab yuritiladi va bu ro‘yxatda har bir qishloqning uylari soni yozilgan. Demak, Buxoro amiri Qushbegi arxivi amirlikdagi viloyatlar, amlokdorlar, qishloqlar va ularda yashaydigan aholi soni va etnik tar- kibi hamda u yerdan yig‘ib olinadigan soliqlar miqdorini aniqlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Buxora amiri Qushbegi arxivi hujjatlari orasida Xo‘ja Axrorga te- gishli vasiqalar va vaqfnomalar ham mavjud 89 . Bu turdagi hujjatlar ko‘p va ularni arxiv va muzeylarning fondlaridan, shuningdek qo‘lyozmalar saqlanayotgan kutubxonalardan topish mumkin. Mashhur sharqshunos olim O.D.Chexovich (1912-1982 yy.) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tarix arxivi fondlarida saqlanayotgan vasiqalar va vaqfnomalar fondini ko‘p yillar davomida qunt bilan o‘rgandi va ular ichidan Xo‘ja Ubaydulla Axrorga tegishlilarini ajratib olib, matni va ruscha tarjimasi maxsus tadqiqot bilan birga qo‘shib 1974-yili “Самаркандские документы XV-XVI вв.” nomi bilan nashr etdi. 89 Quyidagi B.Ahmedov tadqiqotidan foydalanilgan matn beriladi. Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. –Т.: O‘qituvchi, 2001.-Б. 72-75. 110 Ma’lumki, Xo‘ja Axror o‘z davrining badavlat, boobro‘ kishisi bo‘lib, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo‘lgan. Uni shu darajaga yetkazgan narsa, birinchi navbatda uning qo‘lida to‘plangan katta yer-suv va mol-mulk bo‘ldi. Tarixiy manba- larning guvohlik berishicha, uning 300 jufti gov 90 yeri, shaharlarda timlari (usti yopiq bozorlari), do‘konlari, hammomlari, karvonsaroy- lari, tegirmonlari, moyjuvozlari bo‘lgan. Lekin u ma’rifatli va raiyat- parvar kishi edi. Daromadning bir qismini xayrli ishlarga sarflagan, xalq manfaatini himoya qilgan. Masalan;, 1463-yili temuriyzoda Umarshayx mirzo Toshkent xalqidan katta miqdorda xiroj talab qilganda, Xo‘ja Axror uni o‘z hisobidan to‘lab yuborgan; hunarmandlar va bozor ahlidan olinadigan tamg‘a solig‘iga qarshi chiqqan. Hazrat Eshon barcha soliqlar- dan ozod qilinganiga qaramay, ayrim yillari hamma qatori xiroj, ushr va boshqa soliqlarni (ma’unoti devoniya va navoibi sultoniya) to‘lab turgan. Xo‘ja Axror har yili Sulton Ahmad mirzo (1458-1494- yillari Movaroun- nahr hukmdori)ning devoniga 80 ming man 91 g‘allani xiroj o‘rnida yuborib turgan; yiliga unga xirojning bir qismini – 10 ming kumush tanga berib turgan. O.D.Chexovichning yuqorida nomi zikr qilingan asaridagi hujjat- lardan birini misol keltiramiz. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling