HU, OLLOH AL-MUSTA’ON!
Abulmuzaffar va-l-Mansur sayyid Ubaydulla Bahodirxon
so‘zimiz!
Buxoroga qarashli Poyirud (tumani)ning hokimlari, a’mollari,
arboblari, kadxudolari, elliboshilari va o‘nboshilari hamda Shohmu-
xammad qishlog‘ining kadxudolari bilsinlarki, Rabotak qishlog‘idagi
qonuniy hujjat asosida qadimdan mulki hurri xolisga aylantirilgan 46
tanob yer eshonimiz mulla Mir Shofe’ga tegishli bo‘lgan. U hozir
vafot etgan. Bu yer meros tariqasida uning o‘g‘li O‘zbekxo‘jaga o‘t-
gan. U hozirda shu yerga egalik qiladi va soliqlardan ozod qilingan,
biron dirham yoki dinor to‘lamaydi.
Shu vajdan buyuraman. Bu yerlar bundan keyin ham mulki xurri-
xolis va soliqlardan ozod etilgan deb hisoblansin; tanobona, avarizod,
taklifot va qora xat hamda mardikor berish majburiyatlari xususida
undan biron dirxam yoki dinor talab qilmasinlar. Bundan buyon bu
yerlarda karvon to‘xtamasin. Farmonni buzmasinlar va har yili yangi
hujjat talab qilmasinlar
84
.
Do'stlaringiz bilan baham: |