O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

 
Qo‘qon xonligi arxivi 
1939-yilda Sankt Peterburgdagi Saltikov-Shedrin nomidagi Davlat 
xalq kutubxonasi yerto‘lasidan Qo‘qon xonlari arxivi hujjatlari topilgan. 
Bu hujjatlar Qo‘qon xonlarining XIX asr tarixiga taalluqli bo‘lgan. Maz-
kur hujjatlar Qo‘qon xonligi Rossiya tomonidan egallanganidan so‘ng 
1876-yilda imperatorning Markaziy kutubxonasiga ko‘chirilgan edi. 
O‘sha paytda Turkiston general-gubernatori K.P.Fon Kaufman 
buyrug‘i bilan arxiv A.L.Kunga topshirilgan edi. A.L.Kun Qo‘qon 
xonlarining arxivi bilan shug‘ullanmagan, ehtimol u yetkazib beruvchi 
bo‘lgan. Arxiv hujjarlari Sankt Peterburgga yuborilishidan oldin 
Qo‘qon va Toshkentda o‘sha vaqtda O‘rta Osiyoda bo‘lgan 
N.N.Pantusov tanishib chiqqan edi. U Qoqon arxiv hijjatlari 
to‘g‘risidagi qisqacha xabarni “Qo‘qon xonlarining arxivi” nomli 
maqolasida “Туркестанские  ведомости” gazetasining 1876 yildagi 
12-sonida e’lon qiladi. 
N.N.Pantusovning yozishicha, arxivda muhim hisoblangan statistik 
ma’lumotlar, ya’ni masjid va madrasalarning vaqf yer egaligi, soliqqa 
tortish va soliq solish, soliqdan ozod qilingan shaxslar, harbiy ishlar 
(quro’l turlarining ro‘yxati, quro’l quyish xarajatlarining ro‘yxati, harbiy 
xizmatdan qochganlarning ro‘yxati), harbiylarning va boshliqlarning 
                                                 
111
 Йўлдошев  М.Г. XIX аср  Хива  давлат  ҳужжатлари. –Т.:  Фан, 1960. –Б. 
19.
 


 
120
xarajatlari va daromadlarining ro‘yxati, xon qabul qilgan sovg‘alarning 
ro‘yxati va boshqalar mingga yaqin “daftarlar”da saqlanib qolgan. 
N.N.Pantusov yana shuni ta’kidlaydiki, 1875-yil Qo‘qon xonligida 
bo‘lib o‘tgan g‘alayon tufayli arxivning ko‘pgina qismi Qo‘qonning so-
biq amaldorlari tomonidan o‘g‘irlangan, hujjatlar aralashib, ayrim qism-
lari shikastlangan, buzilgan, ko‘p o‘ramlarning boshi va oxiri yo‘qolgan. 
Markaziy davlat kutubxonasida bor yo‘g‘i 151 o‘ram bo‘lgan. Ehtimol 
o‘ramlarning to‘liq qismi Sankt Peterburgga yetib kelmagan, ularning 
ko‘p qismi muhim material sifatida Toshkentda qoldirilgan bo‘lishi 
mumkin. 
Qo‘qon xonlarining arxivi uzoq vaqtgacha tadqiqotchilarga ma’lum 
bo‘lmagan. Nihoyat, 1939-yil Qo‘qon xonlarining arxivini saralash 
paytida P.P.Ivanov hujjatlarning muhim miqdori tojik tilidaligi, kelib 
chiqishi Qo‘qon arxividan bo‘lganligini eslatib o‘tadi. 1951-yilda esa 
M.Yu.Yuldashev ta’kidlaydiki: “Arxiv hujjatlarini saralash paytida 
Markaziy kutubxonada shuni aniqladikki, Xiva xonlarining arxivi qatori-
da Qo‘qon xonlarining mashhur arxivi ham bor edi...”
112
.  
Qo‘qon xonlari arxivi 1962 yilda O‘zSSR arxiv boshqarmasiga 
jo‘natiladi,  arxiv hujjatlarining mikrofilmlari Leningradda 
M.E.Saltikov-Shedrin nomli davlat kutubxonasida va SSSR FA Osiyo 
xalqlari instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. A.L.Troitskaya 
tomonidan Qo‘qon xonlari arxivi katalogi tiziladi va 1968 yilda nashr 
qilingan
113
. Katalogda 5 ming atrofidagi hujjatlar jamlangan. Hujjatlar 
asosan XIX asrning 40-70-yillariga taalluqli bo‘lib, ularda xonlikning bu 
davrdagi xo‘jalik hayiti aks etgan. Katalog sistemali tartibda bo‘limlarga 
bo‘lingan, ismlar va geografik nomlar ko‘rsatkichlari hamda atamalar 
izohlari bilan ta’minlangan. 
Arxivni saralash va qayta ishlash 1952-yilda boshlangan. Arxiv 
nihoyatda achinarli ahvolda edi. Faqat ayrim muhrlangan to‘plamlar-
dan tashqari barcha hujjatlar aralashib ketgan, ehtimol hujjatlar shun-
day holda xon xazinasida saqlangan. Ayrim hujjatlar g‘ijim bo‘lgan, 
                                                 
112
 М.Ю.Юлдашев, Новый архивный источник по истории Средней Азии. – 
Краткая сообщения института востоковедения АН СССР. № 1, 1951, –С. 
37. 
113
 Троицкая А.Л. Каталог архива кокандских ханов XIX века. М., Наука. 
1968. 


 
121
ayrimlari yirtilgan, ayrimlari esa zich taxlanib ipdan o‘tkazilgan, (huj-
jat saqlashning bir turi) ayrimlari kir bo‘lib ketgan. 
Hujjatlarni qayta tiklab, uni tozalash Markaziy kutubxonaning 
qayta tiklash bo‘limi xodimi Ye.X.Trey va uning yordamchisiga top-
shirilgan. Bu ish ikki yil davom etgan (5026 varaq va 151 am). So‘ng 
ularni saralab, tartibga solish va tavsiflash kerak edi. 
Arxiv hujjatlarini saralab tartibga solish paytida uning qisqa 
xronologik chegarasi aniqlangan. Hujjatlarning aksariyat qismi Xudo-
yorxon hukmronligining uchinchi davriga to‘g‘ri keladi, ya’ni 1866-
1875-yillar. (Xudoyorxon taxtni 1845-1858, 1862-1863, 1866-1875- 
yillarda uch marotaba qayta idora qilgan). Xuddi shu xronologik sana-
larni N.N.Pantusov yuqorida ta’kidlab o‘tgan. 
Arxiv hujjatlarini sinchiklab tekshirilgan paytda yana shu ma’lum 
bo‘ldiki, hujjatlarda Sheralixonning (1842-1845) hukmronlik yillari, 
Xudoyorxonning otasi, Mallaxonning (1858-1862) hukmronlik yillari 
va Xudoyorxonning tutingan akasi haqida ma’lumotlar topilgan. 
Hujjatlarning asosiy qismi 60-yillar boshi va 70-yillarni o‘z ichiga 
oladi. Hujjatlarning chorak qismi sanalashtirilmagan. 
Qo‘qon xonligining ichki va tashqi siyosatini tilga olmagan holda 
(chunki kam o‘rganilgan) shuni aytish mumkinki, 1845-1875-yillar 
eng qiyin siyosiy davr bo‘lgan. Bu davrda Buxoro amirligi bilan urush 
olib borilgan, xonlik mustaqilligiga tahdid solgan Qo‘qon xonligi mu-
him strategik ahamiyatga ega bo‘lgan O‘ratepani bo‘ysundirish uchun 
ko‘p urinishlar qilgan. Bu davr ichida xonlik rus armiyasi egallagan va 
1867-yil Turkiston general-gubernatorligi tashkil topgan ko‘pgina 
viloyatlardan mahrum bo‘ldi. Xonlikda feodallar va amaldorlar o‘rta-
sida kuchli nizolar bo‘lgan, har kim xonlik taxtiga o‘z da’vogarligini 
qo‘yish istagida bo‘lgan, bu esa ikki marta Xudoyorxonning hukm-
ronligiga xalaqit qilgan. Aholi feodallar tomonidan kuchli eksplua-
tatsiyaga duchor bo‘lgan. 
XIX asrning ikkinchi yarmi O‘rta Osiyo xonliklarida tovar-pul 
munosabatlari kuchaygan, mustaqillikni saqlash uchun Xudoyorxon 
imperiyaning hamma shartlariga ko‘ngan, rus savdogarlariga Qo‘qon 
xonligiga katta yo‘l ochib bergan, bu esa tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanishiga olib kelgan. Yerga xususiy egalik avj olishi va xon o‘z 
yerlarini kattalashtirishga urinishi kuzatilgan. Xon yerlarni “qo‘riq-
xona” deb e’lon qilgan va aholiga yerni ijaraga bergan edi. Xonlikning 
yoqilg‘i manbai hisoblangan cho‘ldagi yantoqlar ham xonning mulki 


 
122
hisoblangan va qo‘riqchilar tomonidan nazorat qilingan. Qishki yay-
lovlar ko‘chmanchi aholiga ijaraga berilgan. Xudoyorxon har xil yo‘l-
lar bilan o‘z mulkini ko‘paytirishga uringan, xonlikning qulashi pay-
tida uning mulki 7 mln. rublni tashkil qilgan. 
Xudoyorxon hukmronligining uchinchi davrida soliq tizimi chu-
qur ishlab chiqilgan. Xon yangi soliqlar joriy qilgan, masalan, o‘rmon 
solig‘i, nikohdan tushadigan pul va h.k. 
Qo‘qon xonlarining arxivi o‘zining mundarijasiga ko‘ra, xo‘jalik 
hujjatlari hisoblanadi. Unda Xudoyorxonning yer egaligi va yerlardan 
foydalanish, ayniqsa udel qismlarida, xoss yerlari yoki mirri xususiy 
yerlar – mulkiyat, ayniqsa qozilarning xonga yoki bekka yer mulk-
larini hal qilish murojaatlari, ko‘chmas mulk egaligi va merosni 
bo‘lish haqida ko‘plab ma’lumotlar bor. 
Yer hadyalari to‘g‘risida ham ma’lumotlar kam emas: xiroj solig‘i, 
uy atrofidagi yerlarga-tanobona solig‘i va b. Arxiv materiallariga qarab 
shuni aniqlash mumkinki, xiroj solig‘ini to‘lashda soliqlardan ozod 
qilinish shartlari to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Undan tashqari soliqlarni 
kim sarf qilganligi yozilgan (xon, beklar va Arg‘ilon beki Sulton Mu-
rod). Qolgan soliqlar va hukumat soliqlari faqatgina ayrim tasodifiy 
hujjatlarda saqlanib qolgan. Masalan;: zakot solig‘i shunday tasodifiy 
hujjatlarda saqlangan. Bozor soliqlari, merosni taqsimlashdan kelgan 
pullarni yig‘ish – tarokona yoki tarikana, nikoh shartnomasini tuzish 
haqida – nikoxona kabi hujjatlar kam saqlangan. Pantusovning aytishi-
cha, bu kabi hujjatlar Qo‘qon xoni qozilik arxivda bo‘lgan, lekin ular 
muhim statistik material sifatida Toshkentda qoldirilgan. 
Arxivda yana harbiy ishlar to‘g‘risida (qo‘shin yig‘ish, harbiylar-
ni taqdirlash, quro’l ishlab chiqarish) ko‘pgina hujjatlar mavjud. 
Hujjatlar orasida Xudoyorxonning xususiy xo‘jaligi va xon 
o‘rdasi to‘g‘risida, qo‘rg‘oshin buloqlar, neft ishlab chiqarish va 
undan kerosin tayyorlash, xonning g‘isht zavodlari va gugurt ishlab 
chiqarish to‘g‘risida materiallar bor. 
Marg‘ilon beki Sulton Murod to‘g‘risida ham ko‘pgina hujjatlar 
saqlangan. Masalan, uning xo‘jaligi, uning qasri va qasrni qurish 
usuli, xizmat qiluvchi odamlari, O‘rda aholisi va bekning shaxsiy 
hayoti. Hujjatlarda uning shaxsiy xo‘jaligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. 
Ehtimol bu nazorat qilinmagan. 


 
123
Arxiv hujjatlarida Xudoyorxonning (udel yerlari) Qo‘qon yaqini-
dagi Yer-masjid yoki Marg‘ilon bekligiga yaqin deb ataluvchi udel 
yerlari to‘g‘risida ma’lumot bor. 
Arxiv hujjatlarida yana moddiy madaniyat, ya’ni kiyim, mato 
haqida ma’lumotlar uchraydi. Bu esa etnograflar uchun qiziqarli 
ma’lumot hisoblanadi. Va nihoyat arxivda deyarli hech kim o‘rgan-
magan va manbalarda berilmagan O‘rta Osiyoning diplomatik masa-
lalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar bor. Bu savol kam o‘rganil-
ganligini hisobga olib, katalog tuzuvchilarning birinchi ishi arxivda 
bor bo‘lgan alohida hujjatlarga qisqacha xarakteristika berishdan 
iborat bo‘ladi. Bu masalan;i o‘rganishning qiyinligi shundaki, arxiv 
hujjatlarida ularning nomlari belgilanmagan va hujjat matnida kamdan 
kam tilga olingan terminlarni aniqlashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina 
hujjatlar analogiya bo‘yicha aniqlangan. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling