O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
Tayanch iboralar: Tuproqqal`a arxivi, S. P.Tolstov, teriga va
yog‘ochga yozilgan hujjatlar, sug‘d yozuvi, Mug‘ tog‘i sug‘d hujjatlari, A.A.Freyman, V.A.Livshis, Sug‘d to‘plami, A hujjatlar, B hujjatlar, V hujjatlar. 1938-1950 yillarda arxeolog S.P.Tolstov rahbarligidagi ekspedit- siya tomonidan Amudaryoning quyi oqimida, hozirgi Qoraqalpog‘is- tonning Ellikqala tumanida joylashgan madaniyatimizning durdonasi sanalmish Tuproqqal`a shahar xarobasi o‘rganilgan. Bu erda olib borilgan arxeologik tadqiqot izlanishlari natijalari uning bir qancha ilmiy asarlarida o‘z ifodasini topgan. Tuproqqal`adagi qazish ishlari Germaniya fashizmi boshlagan urush tufayli bir muddat to‘xtab qol- gan edi. S.P.Tolstov 1945-yil Xorazmga qaytib kelib, 1950 yilgacha Tuproqqal`ada tadqiqotlarni davom ettirgan. Uning vafotidan keyin E.Nerezkin rahbarligidagi ekspeditsiya 1965-yil shahar mavzelarida qazish ishlarini qayta boshlangan. 1984-yilda 1945-1950-hamda 1965- 1972-yillarda Tuproqqal`adagi arxeologik tadqiqot ishlari natijalari sifatida “To‘prakkala dvorets” kitobi nashr qilindi. Tuproqqal`aning shoh saroyi joylashgan Markaziy massivning janubiy-sharqiy tomonidagi pastki qavatning to‘rtta xonasida xorazm hujjatlari topilgan. Bu xonalar shartli ravishda 89 (232), 90 (231), 93 (239), 91 (YUR) raqamlari bilan belgilangan. Bu hujjatlar afrig‘iy Xorazmshohlar davriga oid bo‘lib, charm va yogochga – taxtacha va tayoqqa yozilgan. Ularning umumiy soni 140 ta bo‘lib, shundan 122 tasi charmga, qolganlari yog‘och taxtacha va cho‘plarga yozilgan. Yozuvlar tush (qora siyoh) bilan ilk xorazm kursiv usulida yozilgan. Ularning ko‘pchiligini Freyman o‘rgangan. 47 Topilmalar joyi ularni yuqori qavatdagi hujjatlar bilan aralashib ketgan degan xulosani beradi. Bu yozuvlarning yozilish shakli Xorazm yozuvi kelib chiqqan oramiy yozuvi va eng qadimgi Xorazm yozuvlaridan ancha farq qiladi. Bu farqlar ayniqsa (aleph) m, s, p, t harflarida yaqqol seziladi. Oramiy prototipidagi 22 harfdan faqat 20 tasi Tuproqqal`a hujjat- larida ishlatilgan, ulardan I (‘ayin) va q faqatgina oramiy ideogram- malarida keltirilgan. Qolgan 2 ta harf “ţ”(ţēth) va “ş”(şādē) ham faqat geterogrammalarda (matnlarda jravbecha yozilib, xorazmiycha o‘qila- digan so‘zlar geterogramma deyiladi) qo‘llanilgan. Xorazm yozuvida /č/ tovushini ifodalash uchun “š” harfi ishlatil- gan. Milodiy III asrda Xorazm yozuvida jarangli “ž” tovushi “š” (yoki, xorazmcha /č/ qadimiy eroniy tillardagi t tovushini aks ettirsa, u holda t) bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling