O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

 
Tarjimasi 
1. 
Bu ibodatxona – g‘olib muqaddas Kanishkaning ibodatxonasi
janobi hukmdor Kanishkaga bag‘ishlangan. 
2. 
Bu ibodatxona dastlab qurilgan vaqtidan keyin ichki suvlar 
qochib, ibodatxona suvsiz qolgan. 
3. 
Issiq kunlarning birida, u yerda yashayotgan xudolar
16
* olib 
ketilgan va ibodatxona bo‘shab qolgan. 
4. 
Nokonzokning hokimi, Frixvadevaning o‘g‘li, podshoning 
sevimlisi, Xudoning o‘g‘li, barcha jonli narsalarning beg‘araz 
yordamchisi, o‘ttiz birinchi yilning nisan oyida bu muqaddas joyga 
kelgan. 
5. 
Ibodatxona devor bilan o‘rab olinganda quduq qazilib suv 
chiqazilgan, toshlar terilgan-ki, toki odamlar suvga tanqislik sezmasin. 
6. 
Issiq kunlar boshlanib qurg‘oqchilik boshlanganda xudolarni bu 
ibodatxonadan olib ketishmagan va u kimsasiz bo‘lib qolmagan 
bo‘lardi. 
7. 
Quduqdan suv olish uchun suv ko‘targich o‘rnatilgan, hovuz 
qurilgan, shu quduq va suv ko‘targich tufayli obod va farovon bo‘lar 
edi. 
                                                 
16
 xudolar – ma’budlarning haykallari, tasvirlari ma’nosida. 


 
44
8. 
Bu quduq va narvonni Janob Kozgashkining o‘g‘li, hokim 
Nokonzokning quli Buramixra qurdirgan. 
9. 
Bu…Buramixraning o‘g‘li Mixraman yozgan {tamg‘a}, {yozil-
gan} Mixraman {tamg‘a}. 
XX asrning 80-yillarida Qadimgi Baqtriya hududlarida, hozirgi 
Afg‘onistonning Ravatak qishlog‘ida Kushonlar saltanati davriga oid 
qadimgi hujjatlar arxivi topildi. Unda yuzdan ortiq hujjatning barchasi 
yunon-boxtar alifbosida yozilgan. Ularning tili kushonlar davridagi 
boxtariy til bo‘lib, keyinchalik pushtu tilining shakllanishida muhim 
rol o‘ynagan.   
Kushonlar davrida shakllangan yunon-boxtar yozuvi o‘lkamiz 
madaniyati tarixida muhim rol o‘ynaydi. Bu yozuv ijtimoiy va 
madaniy hayotning hamma sohalarida keng qo‘llangan. Mazkur yozuv 
orqali bizgacha ko‘plab noyob hujjatlar yetib kelgan. Shunisi diqqatga 
sazavorki, Kushonlar saltanati davriga qadar davlat mahkamachiligida 
yunon alifbosidan foydalanilgan bo‘lsa, Kanishka davrida islohot ro‘y 
berib, yunon alifbosi boxtar tiliga moslashtirilgan. Kanishka davri 
tangalaridagi yozuvlar boxtar tilida yozila boshlangan. Monumental 
yodgorliklarda ham yunon-boxtar yozuvi namunalari uchraydi, 
jumladan, Ayritomdan topilgan buddaviy haykallar guruhi tag 
kursisidagi hamda Surx Ko‘tal ibodatxonasidagi toshga o‘yilgan 
xotirot bitigi ham shu tilda yozilgan. 
Ravatak arxividagi hujjatlar teri, mato va taxtachalarga yozilgan. 
Ingliz olimi Nikolas Sims Vilyams mazkur hujjatlarni 4 turkumga 
ajratgan: 1. huquqiy hujjatlar; 2. analogik, sanasi aniq bo‘lmagan 
hujjatlar; 3. ro‘yxatlar va hisobotlar; 4. yog‘ochdagi yozuvlar.  
Baqtriya arxiv hujjatlari Nikolas Sims Vilyams tomonidan Oksford 
universitetida nashr qilingan. Kitobda birinchi turkumga kiruvchi 
huquqiy hujjatlar xronologik tartibda “A” dan “Y” gacha alifbe 
harflari asosida shartli ravishda belgilangan. Bir yilda yozilgan ikkita 
hujjat “I” va “Ii” tartibida joylashtirilgan. Birinchi va ikkinchi 
turkumga taalluqli hujjatlar bir xil bichimli teriga yozilgan. “1a” 
turkumdagi hujjatlar bir bo‘lak matoga ikki nusxadan yozilgan. 
Ravatak arxivi hujjatlari asosan oldi-sotdi dalolatnomalari, yer 
mulkini meros qoldirish, soliq to‘lash, qul savdosi dalolatnomasi va 
tilxatlar, sarf-xarajat hisobotlari hamda yagona namuna sifatida 
saqlangan nikoh shartnomasidan iborat. Hujjatlarning aksariyatida 
Kanishka erasi asosida sanalari belgilangan, ya’ni hujjat tuzilgan yil, 


 
45
oy va kuni ko‘rsatilgan. Ba’zi hujjatlarda esa kuni ko‘rsatilgan, ammo 
yili va oyi yozilmagan. Hujjatlarda 110 yidan to 549 yilgacha sanalar 
qo‘yilgan. Arxiv hujjatlarining e’tiborli tomonlaridan biri shulki, 
dalolatnomani tuzish chog‘ida ikki taraf vakillari bilan birga guvohlar 
ham qatnashgan. Albatta tuzilgan hujjatda ikki tomon vakillari
guvohlarning ismi, sharifi albatta ko‘rsatilgan va ular dalolatnomada 
o‘z roziligini bildirgan. Dalolatnomalar ip bilan bog‘lanib, surguch 
surtilib, muhrlangan. 
Ravatak arxivi hujjatlari orqali Kushonlar davrida mahkamachilik 
an’analari ancha taraqqiy qilganligini kuzatish mumkin. Yunon-boxtar 
yozuvida bitilgan Ravatak arxivi hujjatlari orasida ijtimoiy-xo‘jalik 
munosabatlarini o‘zida aks ettirgan turkum materiallar mavjud. 
Shulardan biri, 379 yilning Ab oyida Varnu shahrida tuzilgan 
shartnoma bo‘lib, ingliz olimi Nikolas Sims-Vilyamsning kitobiga 
shartli “L” harfi bilan kiritilgan. Bu davrda Kushonlar mahkamachilik 
ishlarida ahmoniylar davridan yetib kelgan mahkamachilik 
an’analaridan keng foydalanilganligi ko‘zga tashlanadi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling