O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
Parfiya arxivi Parfiyoniy hujjatlar Eski Niso – Ashxabod yaqinidagi Bagir tepaligidan topib o‘rganilgan. 1948-yilda M.E.Masson rahbarligidagi Janubiy Turkmaniston arxeologik ekspeditsiyasi vakillari Eski Niso- dan bir necha oramiy yozuvli sopol bo‘laklarini topishgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Eski Nisodagi may omboridan yozuvlar bitilgan 3000 dan ortiq sopol parchalari topilgan. Fanga Eski Niso arxivi nomi bilan kirgan parfiya arxiv hujjatlari qadimgi tariximizni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Parfiya arxivi hujjatlari dastlab M.M.Dyakonov tomonidan o‘qilgan. Keyinchalik I.M.Dyakonov, M.M.Dyakonov, V.A.Livshis, I.N.Vinnikov Eski Niso hujjatlarini o‘qishgan va e’lon qilishgan. Parfiya davlatining poytaxti Mixrdat- kirtning qadimgi xarobalari yaqinida o‘rta asr Niso shahri barpo bo‘lgan. O‘z navbatida, bu shahar mo‘g‘ul istilosi davrida vayron etilgan. Bu shahar xarobalari Niso nomi bilan ma’lum bo‘lgani holda 35 qadimiy nomi unitilgan. Mihrdatkirt vayronalari fanda shartli ravishda Eski Niso deb atalgan. Eski Niso - Parfiya hujjatlari may(vino) ombori hisob-kitoblari mazmunida bo‘lib, sopol parchalariga qora siyoh bilan yozilgan. Ularda may omboriga uzumlarning olib kelinganligi haqidagi yozuvlari bor. Ombordan vino solinadigan katta xumlar topilgan. Xumlar ustiga sopol parchalariga qora siyoh bilan yozuv bitilgan. Yozuvlarda vino kimning qaysi uzumzoridan olib kelingan uzumdan tayyorlanganligi va kim tomonidan may tayyorlanganligi, mayning navi, saqlanish holati kabi ma’lumotlar bitilgan. Lekin bizgacha yetib kelgan ma’lumotlar unchalik to‘liq emas. May solingan xumlarning ustiga “eski may”, “sirka” deb yozilgan yozuvlar ham uchraydi. Ba’zi sopol parchalariga avvalgi yozuv o‘chirilib, qayta yozilgan. Demak, ba’zi holatlarda sopol parchalaridan avvalgi ma’lumot ahamiyatini yo‘qotganda, undagi yozuv yuvib tashlab, yangi ma’lumot uchun bir necha marta foydalanilgan. Yangi may deb yozilganlardan tashqari, uning miqdori, uzumning nomi, uzum keltirilgan qishloqning nomi, yetkazuvchi kishining ismi, mayni tayyorlash sanasi, uning navi, tayyorlash joyi va kimga yetkazish kerakligi ko‘rsatilgan. Vaqt o‘tib, bu hujjatlarda yangi yozuvlar paydo bo‘lgan. Yangi mayning boshqa xumga bo‘shatilganligi, mayning eskirganligi haqidagi ma’lumotlar ham bor. Eski Niso arxivi yozuvlarida xronologik ma’lumotlar ham ko‘rsa- tilgan, ularda arshak erasi bo‘yicha 160-yildan 230-yilgacha sanalar uchraydi. Ombordan shu yillarga tegishli 338 ta hujjat topilgan. Bizgacha yetib kelgan hujjatlar asosida yil mobaynida qancha may tayyorlanganligini aniqlash qiyin, ya’ni ularning aniq miqdorini hisoblab bo‘lmaydi. Barcha vino podsholik omboriga yetib kelgan. Hujjatlardan 160-230-yillarda eng ko‘p may Friyapatikan qishlog‘idan keltirilganligi aniqlandi. Niso hujjatlariga qaraganda vinolarni har xil hajmdagi xumlarda saqlashgan. Niso arxivi hujjatlariga asosan vino tayyorlash jarayoni to‘g‘risida ma’lumotga ham ega bo‘lish mumkin. Xususan, omborlar- ga uzum keltirilib, achitishga qo‘yilgan. Uzum kerakli darajada achib yetilgach, siqib sharbati ajratilgan. Sharbat tindirilgan. So‘ng qaytadan xumga solinib, ajratilgan uzum topposi bilan birga yana bir muddat saqlashga qo‘yilgan. Shu kabi uch marta qayta ishlovdan o‘tgan uzum sharbatida spirtlashuv o‘z me’yoriga yetib may tayyor bo‘lgan. Vinolar xumlarga quyilgan, ba’zi holatlarda xumlardagi vinolar achib u sirkaga aylangan. Vino solingan xumlarga qachon, qancha vino solinganligi, uning navi, qaysi bog‘ning uzumidan 36 tayyorlanganligi, vinoning qanchalik sirkalanganligi haqidagi ma’lumotlar hujjatlarda to‘liq saqlanib qolgan. Omborlarda vinolarga to‘ldirilgan xumlarning sig‘imi asosan 180-220 litr bo‘lgan. Eski Niso arxivi Parfiya davlatining ijtimoiy-xo‘jalik hayoti, ma’muriy-soliq tizimini chuqur anglashga imkon beradi. Hujjatlardan Parfiya davlatining shimoli-sharqiy qismidagi ma- halliy boshqaruv mexanizmlari haqida qimmatli dalillarni topish mumkin. Boshlang‘ich ma’muriy birlik diz – mustahkam qishloq (qal’a) bo‘lib, uning boshlig‘i dispat deb atalgan. Dizpatlar satrapga bo‘ysingan. Soliqlar asosan natura bilan to‘langan. Soliqlarni yig‘ish va ularni saqlashda bir qator amaldorlar ishtirok etgan. Masalan;, vino omboriga uzumlarni keltirishda “vino keltiruvchi”, “muhr bosuvchi”, “mirzo”, “hisobchi” kabi amaldorlar unvonlari tilga olinadi. Demak, Eski Niso arxivi hujjatlari Parfiya davlatining ijtimoiy- xo‘jalik tizimi, soliq tizimi, mahalliy boshqaruv tizimi, joy nomlari, uzumzorlar va ularning egalarining ismlari, amaldorlar unvonlari, yil hisoblari, o‘lchov birliklari, Shimoli-Sharqiy Parfiyaning ma’naviy madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Hujjatlar oramiy yozuvining mahalliy parfiyoniy tiliga moslashgan variantida yozilgan. Hujjatlarni o‘qib tahlil qilish bilan shug‘ullangan olimlar, M.M.Dyakonov, I.M.Dyakonov va V.A.Livshitslar o‘z tadqiqotlarining boshlaridayoq ko‘plab muammolar va qiyinchiliklarga duch kelishdi. Chunki so‘zlardan bir qismi oramiy tilida, bir qismi esa parfiya tilida yozilgan, hatto bitta tushunchaning o‘zi bir joyda oramiy tilida ifodalangan bo‘lsa, boshqa joyda parfiya tilidagi ekvivalent ishlatilgan. Ba’zida oramiy tilidagi o‘z ma’nosida emas, parfiya tilidagi boshqa ma’noni anglatib kelgan. Bundan shunday xulosaga kelinganki, oramiycha so‘zlar bu davrga kelib maxsus shifrlar vazifasini bajargan. Ular o‘zining oramiy tilidagi ma’nosini yo‘qotgan bo‘lib, muayyan belgilar ketma-ketligini ko‘rganda parfiyaliklar bu oramiycha so‘zni o‘z tillaridagi so‘z bilan, almashtirib o‘qishgan. Bunday murakkab geterografik yozuvni o‘zlashtirish oson bo‘lmagan. Xattotlarni ko‘p vaqt mashq qildirishgan. Ko‘plab sopol parchalarida xattotlik mashq yozuvlari topilishi shundan dalolat beradi. Niso hujjatlari qadimgi Parfiyada din haqida ham qiziqarli ma’lu- motlar berdi. Parfiyaliklar Mitra va davlat asoschisi Arshakka sig‘inish- dan tashqari, yunon xudolariga ham e’tiqod qilishgan. Zardushtiylikning yetakchi o‘rinda ekani hujjatlardagi kishi ismlarining Avesta panteoniga 37 xosligida yaqqol ko‘rinadi. Niso hujjatlarida tilga olingan 200 ta ismning aksariyati zardushtiylik dini ismlari bo‘lib, hatto hujjatdagi xronologik qaydlar zardushtiylik taqvimiga asoslangan. Shuningdek, Fraata, Nanan va boshqa ko‘plab nomlar keltirilgan. Ibodatxonalarning qurilishi haqida yozib qoldirilgan. Niso arxiv hujjatlarida eng avval tilga olingan yil bu miloddan avvalgi 247-yilga to‘g‘ri keladigan bo‘lib, undagi sanalar zardushtiylik taqvimiga mos keladi. Hujjatlarda oy va kunlar terminlari ham uchraydi. Shuni aytish mumkinki, zardushtiylik taqvimining tarixiy ildizlari mustaqil va qadimiy asoslarga ega. Demak, Eski Niso arxivi hujjatlari Parfiya davlatidagi moddiy va ma’naviy madaniyat to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olishga ham xizmat qilishi mumkin. Kushon podsholigining gullab-yashnagan davri Kanishka va uning vorislari bo‘lmish Xuvishka va Vasudeva davrlariga to‘g‘ri keladi. Kanishkaning tangalarida birinchi marta yunoncha yozuvlar o‘rnida baqtriya tilidagi yozuvlar paydo bo‘la boshlaydi. V.B.Xenningning fikricha, eron tillari oilasiga mansub baqtriya tili – kushon shohlarining ona tili hisoblangan. Bu holatni nafaqat tangalardagi yozuvlar va epigrafikalar, hattoki podsholarning nomlari ham isbotlaydi 10 . Undan so‘ng Baqtriyaga xioniylar va eftaliylar kirib kela bosh- laydilar. Eftaliylar podsholarining tangalarida baqtriya tilidagi yozuvlar saqlanib qolgan. Biroq endi baqtriya yozuvi kursivlashib tez va ravon, harflar o‘zaro ulanadigan shaklga kirgan. Shu asosda eftaliylarning Toxariston viloyatlarida eftaliy yozuvli o‘rta bosqich eroniy lahjasiga xos til tarqala boshlagan. Bu taxminni VII asrning 30-yillarida Toha- ristonga kelgan xitoy ziyoratchisi Syuan Szyanning ma’lumotlari ham tasdiqlaydi. Bu ma’lumotni baqtriya tili va yozuvi haqida yozgan barcha olimlar (V.V.Bartold, V.A.Livshis) ham ma’qullaydilar. Toxariston tili tarkibiga ko‘ra, boshqa podsholiklarning tillaridan biroz farq qiladi. Toxariston yozividagi harflar soni 25 ta bo‘lib, gorizontal chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Bu tilda adabiy asarlar sug’d tiliga nisbatan ancha ko‘p yozilgan. Toxariston yozuvi alifbosi yunonlardan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin hamda bu yozuv Toxaristondan tashqari Bomi- 10 Hozir bu masalada muqobil fikr bor: kushonlar davrida davlat mahkama ishlari Baqtriya mahalliy tilida olib borilgan. Podsholar sulolasi etnik jihatdan proto- turkiy qabilalardan bo‘lgan (M.Is’hoqov.). 38 yon, Shug‘non, Chitro’l va boshqa qo‘shni viloyatlarda ham qo‘llanil- gan. Syuan Szyan xabarlari ham shuni ko‘rsatadi. Baqtriya yozuvining va shu bilan birga Baqtriyadagi sharqiy eroniy lahjalarining fors-tojik, dariy va turkiy tillar ta’sirida Baqtriya hududidan siqib chiqarilishi arablar bosqinidan so‘ng kuchayib ketgan. Oqibatda qadimgi baqtriya tiliga yaqin bo‘lgan sharqiy eroniy til faqat Baqtriyaning sharqiy viloyatlarida – uzoq va umumiy til vaziyatidan chetda qolgan tog‘li Munjan vodiysida, Hindiqush va Pomir tog’laridagi kichik vodiylardagina saqlanib qoldi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling