O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

 
Baqtriya yozuvi yodgorliklari 
Tangalardagi yozuvlarga asoslanib aytish mumkinki, Kanishka 
davrida yunon alifbosi baqtriya tiliga moslashtirilgan. Tangalarning 
yuzasiga yunon tilidagi yozuvlar o‘rniga baqtriya tilidagi yozuvlar 
yozdirilgan. Yunon alifbosi asosida baqtriya yozuvining shakllanishi 
Kanishka davridan avvalroq Vima Kadfiz davrida paydo bo‘lgan 
deyish hanuzgacha o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q.  
Baqtriya tilidagi so‘zlarni yozishda yunon alifbosining tanlanishi 
eramizning birinchi asrlarida Baqtriyada ellinistik an’analarning, 
yunon madaniyati va tilining mustahkam o‘rin topganligidan dalolat 
beradi. Baqtriya nomlarini yunon harflari orqali aks ettirishga bo‘lgan 
urinish Kanishkagacha bo‘lgan davrdayoq boshlangan. Yunon harf-
laridan nafaqat nomlarni va mansablarni yozishda, balki yunon tilida 
bo‘lmagan so‘zlarni yozishda foydalanila boshlangan. Natijada yunon 
harflari orqali yunon tilida bo‘lmagan tovushlarni aks ettiradigan bel-
gilar tizimi – baqtriya alifbosi yaratilgan.  
X.Yunker, E.Xersfeld va R.Kyuriel asarlarida baqtriya yozuvi 
yunon kursiv yozuvlaridan kelib chiqqan deb e’tirof qilingan edi. 
Baqtriya yozuvi paleografiyasiga R.Kyuriel, A.Marik, X.Xumbax, 
R.Gyobl, I.Gershevich va V.A.Livshislarning asarlarida maxsus 
bo‘limlar ajratilgan. Baqtriya yozuvining ikki turi – monumental va 
kursiv turlari ajratib ko‘rsatiladi. Monumental yozuvlarga belgilarning 
o‘zaro ulanmasligi, harflarning burchakli (qirrali) va dumaloq shaklda 
yozilishi xos bo‘lib, bu so‘zlarni o‘qishda yengillik tug‘diradi. Kursiv 
yozuv so‘zdagi harflar biri ikkinchisiga ulanib yozilish uslubidir. Bun-
da o‘qish ancha mushkullik tug‘diradi. Monumental yozuv kushonlar 
davri yodgorliklari uchun xosdir. Bu yozuv namunalarini Surx-ko‘tal 
va Dilberjindan topilgan matnlarda ko‘rish mumkin. Kursiv usulda 


 
39
yozish tendensiyasi monumental yozuvlarga nisbatan kuchayib boradi. 
Va nihoyat, Eftaliylar davriga kelib, kursiv yozuv uslubi tamoman 
g‘alaba qiladi. Ba’zi muhrlarda ham kursiv, ham qirrali yozuv shakli 
qo‘llanilgan. Rivojlangan baqtriya kursiv yozuvi Eski Termez - Qora-
tepa budda monastir devorlarida, kushon-sosoniy va eftaliy tangala-
rida, Uruzgandagi devor yozuvlarida va Tochi vodiysidan topilgan 
bitiklarda uchraydi. 
Buyuk Kushonlardan keyingi davr tangalardagi yozuvlarda kursiv 
usulga o‘ta boshlagan. Bu yozuvlarni o‘qish nihoyatda qiyin edi. Ku-
shon-sosoniy skifat
11
 tangalaridagi, kidariy va eftaliylar tangalaridagi, 
sosoniy tangalaridagi eftalit va arab-eftalit tangalaridagi yunon alif-
bosiga borib taqaluvchi kursiv yozuvli yozuvlar turlicha talqin qilinadi. 
Tangalardagi unvonlar va shaxs nomlari o‘rta eroniy til holatini aks 
ettiradi, boshqalari esa hind va turk tilidan kelib chiqqan. Mavjud yozuv-
lar orqali eftaliylar tili to‘g‘risida aniq fikr aytish qiyin, lekin shunga 
qaramasdan tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, baqtriya tili eftaliylarga qa-
rashli bo‘lgan Toxariston viloyatida ham ma’muriy boshqaruv doirasida 
amal qilgan. Toxariston esa turkiy yobg‘ular tomonidan boshqarilgan.  
Kushon-sosoniy tangalari Cunningham 1893, Herzfeld 1930, Lukonin 1967), 
A.Bivar (Bivar 1968) kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Keyingi paytda o‘zbek 
olimlaridan G‘aybulla Boboyorov bu sohada ish olib bormoqda.  
Muhrlarda va gemmalarda
12
 baqtriya  yozuvlari saqlanib qolgan. 
Bularning na’munalari Angliya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston va 
boshqa mamlakatlarning muzeylarida va kolleksiyalarida saqlanmoq-
da. Mazkur matnlarni Bivar “Korpus ironayazichnix nadpisey” kito-
bining jildlaridan birida nashr qildirgan (Bivar 1968). Leningraddagi 
Ermitajda saqlanayotgan gemma-muhrda bitilgan baqtriya yozuvlarini 
B.Ya.Staviskiy 1961, 1962-yillarda nashr qildirgan edi. Aksariyat 
yozuvlar kursivda bitilgan, lapidar yozuvlari juda kam. Quyida baq-
triya yozuvli gemma na’munalaridan bir nechtasida o‘qilgan ismlarni 
va mansablarni keltiramiz:  
                                                 
11
Skifat so‘zi tanga yuzasida maxsus yumaloq muhra yordamida hosil qilingan 
botiqlik ma’nosidagi atama. 
12
Qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlariga? Jumladan uzuklarga ko‘zlar  
o‘rnatilib, ularga o‘yib tushirilgan yozuvlar va tasvirlar ishlangan.  Muhr sifatida 
foydalanilgan bunday buyumlar gemma deyiladi.
  


 
40
Asbarobido - “kavaleriya boshlig‘i”, ahmoniylarning ma’muriy 
boshqaruv tilidagi asbar tarixan aspabara “otda yuruvchi”, “suvoriy” so‘zidan olingan. 
Borsogoigo – “Burzgo o‘g‘li” atamasi V.A.Livshisning fikriga 
ko‘ra kushonshoh Varaxran davriga taalluqli. 
Findofarris – “zabt etuvchi, g‘olib farr”. Farr tushunchasi farrax-
lik, baxtlilik demakdir. Zero, Farr samoviy, ilohiy baxt ma’nosidagi 
farishtaning nomidir.  
Freixoadeo (freya-xvatavea – fdtcn. Frey- azizam, yoqimtoygi-
nam, dr.ir. xva-tavya- hukmdor). 
Gemmalardagi ba’zi unvonlar g‘arbiy erondan olinganligi aniq-
langan. 
Baqtriya yozuvli muhr va gemmalarni A.Bivar bilan X.Xumbax 
to‘plagan. Unga qadimgi Panjikent xarobalaridan topilgan kursiv 
yozuvdagi oltita bulla parchalaridagi yozuvni ham qo‘shish mumkin. 
Syuan Szyan va XII asr arab muallifi as-Sama’nining ma’lumot-
lariga ko‘ra, baqtriya tilida juda ko‘p adabiyotlar va yozma manbalar 
bo‘lgan. Bu qo‘lyozma boyliklardan faqat bir nechta bo‘laklargina, ham-
masi bo‘lib 50 qatorcha yozuv saqlanib qolgan, lekin u ham bo‘lsa to‘liq 
emas. Paleografik va arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, eng qadimgi 
yozuv bu IV asrga taalluqli “London parchasi” yoki “Lou-Landan topil-
gan fragment” deb nomlanib, u A.Steyn tomonidan Sharqiy Turkiston-
dagi Lou-Lan xarobalaridan topilgan va F.Tomas nashr qildirgan. Bu 
bo‘lak o‘n qator yozuvdan iborat, uning na boshi va na oxiri bor. 
1905-yilda A. Fon Le-Kok Sharqiy Turkistonning Turfan vodiysi-
dagi Tuyok daryosi vohasidagi ibodatxona xarobalaridan qog‘oz, 
beresta va pal’ma barglariga yozilgan manixey, xristian va budda qo‘l-
yozmalarini topgan
13
. Ular orasida yettita “oq xunlar” yoki eftaliylar-
ning yozuvlari ham bo‘lgan
14
. O‘sha joyda topilgan VIII-IX asrlar 
qo‘lyozmalari va boshqa ashyoviy materiallar, baqtriya yozuvlari 
“Berlin (eftalit) fragmentlari” yoki Berlin muzeyi hind san’ati obida-
lari nomi ostida saqlanmoqda. 
                                                 
13
Ilk o‘rta asrlarda Sharqiy Turkistonda qog‘oz ishlab chiqarish keng yo‘lga 
qo‘yilgan; beresta – qayin yoki terak po‘stiga yozilgan matn; palma daraxti 
bargidan yozuv materiali sifatida foydalanish keng tarqalgan. Bunday yozuv 
materiallari potxi deb atalgan. 
14
Oq xunlar yoki eftaliylar yozuvi tushunchasi yunon-boxtar yozuvining kursiv 
davriga nisbatan shartli ravishda ishlatiladi.
 


 
41
Baqtriya hududidan baqtar yozuvidagi birinchi topilma 50-yillar-
ning boshiga to‘g‘ri keladi. Bu davr Amudaryoning o‘ng sohilida (Toji-
kiston va O‘zbekistonning janubida) olib borilgan arxeologik tadqiqotlar 
bilan bog‘liq. Birinchilar qatoriga 1951-yilda Dushanbedan topilgan 
xumning og‘ziga yozilgan bitik parchasini kiritish mumkin. Unda 
yagona so‘z – harflari o‘zaro ulanmagan holda (lapidar usulda) “zado” 
so‘zi bitilgan. Buning ma’nosi “daraxt yelimi” demakdir.  
1952-yilda Ko‘lob viloyatining Dashtijum tumanidan bronza 
qo‘ng‘iroqcha topilgan. Unda yunon harfiga o‘xshash bo‘lgan 17 
(yoki 18) belgidan iborat yozuv o‘yilgan edi. Bu yozuv hanuzgacha 
o‘qilmagan. Shuni ta’kidlamoq kerakki, Baqtriya hududidan shunga 
o‘xshash bir qator yozuvlar topilgan bo‘lib, hanuzgacha o‘qilmagan-
lari mavjud. B.I.Marshak Varaxsha devoridagi rasmga e’tiborni jalb 
qilgan. Rasmda olim filga tashlanayotgan afsonaviy qush - grifonning 
qanotlari patlarida yunon harflariga o‘xshash belgilarni ko‘rgan, lekin 
hanuzgacha uni tushunib yetilmagan. 
Arxeologik tadqiqotlar natijasida Markaziy Afg‘onistondan  baq-
triya epigrafik yodgorliklari hamda Qandahorning shimoliy-g‘arbidagi 
Uruzganda qoya yozuvlari ham topilgan. Bu yozuvlar 1954- yilda nashr 
qilingan. Noshirlar bir-biridan uzoq bo‘lmagan toshga o‘yilgan ikkita 
kursiv xatini topishgan. Matnlarning boshidagi birinchi belgilari bir xil 
bo‘lgan, lekin oxiri bir-biridan farq qilgan. Ikkinchi yozuvni A.Bivar 
quyidagicha tarjima qilgan: “Ilohiyvor va shuhratli Zabul shohi Mixira 
(qul)” va hujjatning sanasini eramizning 500-yili bilan belgilagan. Sana-
ga oid ba’zi so‘zlar hali aniqlanmagan. Mauo “oy” so‘zi aniqroq o‘qil-
gan. Birinchi yozuvni quyidagicha miurod (o) mafuo zinigo – Quyosh 
va oy himoyasida deb o‘qish tavsiya qilingan.  
Baqtriya yozuvi bo‘yicha dastlabki nashr Surx-Ko‘tal tepaligidan 
qazib topilgan Kushon davriga oid ibodatxona majmui asosida yaratildi. 
Uni fransuz arxeologiya missiyasi boshlig‘i Daniel Shlyumberje rahbarli-
gida Raul Kyuriel e’lon qildi. “Palameda yozuvi”ning birinchi ikki qatori 
sharqiy Eron yoki shartli ravishda “toxar” tiliga mansub deb aytadi. Va 
nihoyat, 1957-yilda “Katta Surx-Ko‘tal yozuvi” ochildi. Topilgan yozuv 
to‘liq saqlangan. Matn 25 qatordan iborat bo‘lib toshtaxtaga o‘yib tushi-
rilgan. 1958 -yildayoq A.Marik ushbu yodgorlik haqida maqola e’lon qildi. 
U yodgorlik yozuvini “Baqtriya tili”da ekanligini aniqladi, lekin uni “eteo-
toxar” deb nomlashni taklif qildi. Toshtaxtadagi yozuv mazmunini 
V.B.Xenning to‘g‘ri va ravon tarjima qilib, tushuntirib berdi. Barcha gram-


 
42
matik paradigmalari, bog‘lovchilar, yordamchi so‘zlar, so‘z turkumlari, 
sintaksis qurilmalarini o‘rganib, V.B.Xenning Surx-Ko‘tal yozuvi “quri-
lish” xotiranomasi ekanligini angladi. Milodiy 31 yilda Surx-Ko‘tal ibodat-
xonasi hovlisida qurilgan va ta’mirlangan suv inshooti quduq bilan bog‘liq 
ekan. Bu tarjimalarning to‘g‘riligini esa arxeologik topilmalar isbotlagan. 
A.Marik va V.B.Xenningdan keyin X.Xumbax o‘z tarjimalarini 
kitob shaklida chop ettirgan. Lekin uning farazlari ilmiy jihatdan asos-
li emas edi. Ya’ni X.Xumbaxning fikricha, yozuv – Qadimgi Eron tili-
da zardushtiylar ilohi Mitraga bag‘ishlangan madhiyalar emish.  
1958-1959-yillarda Surx-Ko‘talda oldingi topilgan yodgorlikning 
ikki nusxasi topildi. Avvalgidan farqli ravishda nusxalarning xulosa 
qismi va so‘zlari alohida yozilgan. Dastlab bu nusxalar E.Benvenist 
tomonidan o‘rganilgan. Surxko‘tal yodgorligidan topilgan barcha 
toshtaxta yozuvlar paleografiyasi bo‘yicha R.Gyobl maxsus izlanish-
lar olib borgan. Izlanishlar natijasi unchalik ishonchli emas edi. 
R.Gyobl va X.Xumbaxning noto‘g‘ri tarjimasi bo‘yicha Gershevich 
tanqidiy maqola e’lon qildi. 
Katta Surxko‘tal yozuvining uchta nusxasidan tashqari, Surx-
ko‘tal ibodatxonasidan “Tugatilmagan yozuv”, “Devoriy yozuv”, 
“Palameda yozuvi” bo‘laklari (unda faqat so‘nggi uch qator yozuvlar 
saqlanib qolgan) ham topilgan. 
Baqtriya tilidagi yodgorliklarning yomon saqlanganligi, uni o‘qish va 
tarjima qilish bilan bog‘liq bir qancha muammolarni o‘rtaga qo‘ygan. 
“Katta Surxko‘tal yozuvlari” yaqingacha yagona manba hisoblanar edi
15

Quyida yozuvning lotin harflarga o‘girilgan transliteratsiyasini va olimlar 
guruhlari V.B.Xenning, I.Gershevich, V.A.Livshis, N.Sims-Villiams, 
Yan Xarmattalar tomonidan amalga oshirilgan tarjimani keltiramiz: 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling