O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

Tayanch iboralar:  Baqtriya yozuvlari, Niso, Parfiya arxivi, 
Arshakiylar, Mixrdatkirt, M.V.Masson, YuTAKE, V.B.Xenning, 
monumental yozuv, kursiv yozuv, Surx-ko‘tal, bronza qo‘ng‘iroqcha, 
Ayritom, Ravatak, Kanishka, shartnomalar, nikoh bitimi, Shodiya, 
Nokonzak.   
 
Baqtriya, antik mualliflar ta’biri bilan aytganda, Baktriana Marka-
ziy Osiyo janubidagi qadimgi madaniy viloyatlardan biri hisoblanadi. 
Baqtriya – Amudaryoning yuqori oqimi, Vaxsh, Kofirnigon va Sur-
xondaryoning o‘ng tomonida, shimolda Hisor tog‘lari bilan o‘ralgan, 
janubda esa Hinduqush tog‘lari bilan tugagan (hozirgi Shimoliy 
Afg‘oniston, Janubiy Tojikiston va Janubiy O‘zbekiston) katta hudud 
hisoblanadi. Bu mamlakat Qadimgi Sharqda ikki o‘rkachli tuyalari, 
otlari va feruza toshlari bilan mashhur bo‘lgan. 
Mil.av. I ming yillik o‘rtalarida Baqtriya Ahmoniylar saltanati-
ning eng oxirgi sharqiy satrapi hisoblangan. Mil av. 329-327-yillarda 


 
33
Baqtriyani Aleksandr Makedonskiy bosib oladi. Uning saltanati 
parchalangandan so‘ng bu yerlar Salavkiylar mulkiga aylanib qoladi.  
Salavkaning Hindistondagi mag‘lubiyati salavkiylarning O‘rta 
Osiyodagi noiblari ahvoliga sezilarni darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Bu holat bu yerda salavkiylarga qarshi kurash kuchayishiga sabab 
bo‘ldi. O‘rta Osiyo viloyatlari mulklaridan mahrum bo‘lishidan 
qo‘rqib ketgan Salavka I o‘z vorisi Antiox I boshchiligidagi Sharqiy 
noiblik (satraplik)larni ta’sis etgan edi. Mil. avv.  293 yilda Salavka 
o‘g‘li Antioxni Sharqiy satrapliklarga, ya’ni O‘rta Osiyo viloyatlariga 
o‘zining noibi etib tayinlaydi. Antiox vayron etilgan qal’alarni tikladi, 
Quyi Murg‘ob vohasini o‘rab olgan yirik va qalin mudofaa devor 
(Marg‘iyona devori) bunyod etdi, qo‘zg‘olonlarni bostirdi. U 
salavkiylar qudratini namoyish etish maqsadida atrof o‘troq va 
ko‘chmanchi aholi ustiga harbiy yurishlar uyushtirdi. Antiox 
tomonidan o‘tkazilgan bir qancha harbiy–siyosiy va diplomatik 
tadbirlar tufayli O‘rta Osiyodagi salavkiylarga qarshi harakatlar 
bostirildi.  
Biroq Antiox G‘arbga qilgan ko‘pgina yurishlari bilan mashg‘ul 
bo‘lib, o‘z davlatining sharqiga, jumladan O‘rta Osiyo yerlariga kam 
e’tibor qaratdi. Natijada O‘rta Osiyoning iqtisodiy hayotda 
o‘zgarishlar yuz berib, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va savdo–
sotiq anchagina rivojlanadi. O‘rta Osiyo harbiy–strategik va iqtisodiy 
ahamiyatga ega bo‘lib, salavkiylar bu hudud bo‘ylab o‘tgan savdo 
yo‘llari bo‘yida shaharlar va tayanch harbiy istehkomlar qurdirgan.    
 Salavkiylar  davrida  O‘rta  Osiyodagi ahvol birmuncha 
murakkabroq vaziyatda bo‘lib, bu hudud markazdan ancha uzoqda 
joylashgan hamda davlatning shimoliy-sharqiy chegaralaridagi 
ko‘chmanchilarning doimiy xavfi mavjud edi. Ayniqsa, mil.avv. III 
asrdan boshlab ko‘chmanchilarning ko‘chishlari boshlanishi natijasida 
chegaralardagi bu xavf yanada ortdi.  
Ko‘plab viloyatlarni birlashtirgan Salavkiylar davlatining ichki 
siyosiy boshqaruv masalalari ancha murakkab edi. Davlatning 
nihoyatda katta hududlarni qamrab olganligi ayrim hollarda ma’muriy 
nazoratning susayib ketishiga olib kelgan. 
Salavkiylar davlati ma’lum bir xalq yoki elatlardan iborat 
bo‘lmay, ko‘pdan ko‘p etnik guruhlarni harbiy yo‘l bilan 
birlashtirishdan tashkil topgan uyushma edi. Salavkiylar davlatida ish 


 
34
yuritish an’analari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, davlat ishlarini olib 
boruvchi devonxona mavjud bo‘lgan.    
 Mil.avv. III asrning 60–50–yillariga kelib Kichik Osiyo va 
Bolqon yarim orolida Salavkiy hukmdorlari o‘rtasida hokimiyat uchun 
kurashlar avj oldi. Natijada salavkiylar davlatining sharqiy 
viloyatlarida siyosiy vaziyat o‘zgarib markazdan qochuvchi 
kuchlarning harakatlari faollashadi. Mil.avv. 250 yilga kelib Parfiya 
va Yunon–Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib 
o‘zlarini mustaqil deb e’lon qiladilar.  
Shunday qilib, miloddan avvalgi III asrning o‘rtalaridan e’tiboran 
O‘rta Osiyoda Yunon-Baqtriya davlati hukmronligi boshlanadi. Bu 
davrga taalluqli arxiv hujjatlari O‘rta Osiyo hududlarida topilib o‘rga-
nilgan. Arxiv hujjatlari O‘rta Osiyoda davlat ish yuritish ishining juda 
erta vujudga kelganligi va shakllanganligidan dalolat beradi. Mazkur 
davlat o‘rnida miloddan avvalgi I va milodiy IV asrlar oralig‘ida 
Kushonlar saltanati hukmronlik qilgan. Baqtriya mil.av. III asr 
o‘rtasidan boshlab Yunon-Baqtriya davlatining markaziga aylanadi.  
Hozirgi Turkmanistonning janubi g‘arbida Parfiya davlati qad 
ko‘targan. Parfiya davlatining poytaxti Niso shahri edi. Bu davr 
davlatlari va ularning xo‘jaligi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti 
to‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi arxivlar topilgan. Ular orasida qadimgi 
parfiyoniy tilli hujjatlar katta ahamiyat kasb etadi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling