O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

Oramiy matnlari 
Fors davlatida oramiy tilli hujjatchilik keng yoyilganligini Qizil 
dengizdagi Elefantin oro’lidan to Hindiston chegaralarigacha bo‘lgan 
ulkan hududda topilgan ko‘plab papirus, charm o‘ramlari, toshlardagi 
yozuvlar, tangalar, tarozi toshlari, muhrlar va loydan yasab quritilgan 
“taxtachalar”ga o‘yib bitilgan yozuvlar tasdiqlaydi. 
Masalan, Naqshi Rustamdan mil.av. III asrga taalluqli yozuv to-
pilgan. Unda Salavk ismi uchraydi. 1936-38-yillarda Persepolda siniq 
tosh idish topilgan. Shu kabi idishlarning 203 bo‘lagida qora siyoh 
bilan yozilgan oramiy yozuvli oramiy tilidagi matnlar bo‘lgan.  
Erondan mil.av. VIII-V asrlarga taalluqli oramiy yozuvli ko‘plab 
vazalar? qadahlar (ayoqlar)
8
 topilgan
                                                 
8
Idish-ayoq – juft so‘z. Uning ikkinchi juz’i baland ayoqqa o‘rnatilgan idish-
vazani bildiradi. O‘rta asrlarda ayoq so‘zi qadah ma’nosida ham qo‘llangan 
(M.Is’hoqov) 


 
28
Persepoldagi qal’a devoridan topilgan matnlar orasida bir necha 
sopol taxtachalar diqqatga loyiq. Bundan tashqari, elam tilidagi matnli 
44 ta taxtacha topilgan. Ularga siyoh bilan oramiy yozuvi va oramiy 
tilida izoylar qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida ilova qilingan. Bu 
qo‘shimcha yozuvlar Elam matni mazmunining qisqacha bayonlaridir. 
Shu kabi oramiy tilidagi va oramiy yozuvidagi qo‘shimchalar 
mil.av. VII asrlardagi bobil mixxat yozuvlariga ham qo‘shilgan. Bun-
day qo‘shimcha izohlar V asr hujjatlarida ayniqsa ko‘p uchraydi. 
Murashu va Nippur arxivlari buning yaqqol misolidir. 
Mesopotamiyada yozuv uchun asosan charm va papirus ishlatil-
gan. Ahmoniylar davrida shaxsiy huquqiy va xo‘jalik hujjatlari oramiy 
tilida charmga yozilgan. 
Charm va papirusga yozilgan yozuvlar quruq iqlimli sharoitlarda 
saqlanib qolgan. 1962-64-yillarda qadimgi Ierixondan 14 km maso-
fadagi Vadi Daliyaxda, ya’ni ahmoniylar davridagi sobiq Samariya 
viloyatida topilgan bitta qabrda 20 ga yaqin oramiycha papirus va 
yuzlab hujjat parchalari topilgan. Ular juda yomon ahvolda saqlangan. 
Papiruslarda 29 muhrning izi saqlangan va sinmagan. Papiruslardagi 
matnlar xususiy huquqiy va ma’muriy xarakterga ega (nikoh shart-
nomalari, qullarning huquqiy-ijtimoiy holati, mulklarning oldi-sotdisi 
va b.) bo‘lib, mil.av. 375-335-yillarni o‘z ichiga oladi 
Misrda ahmoniylar davriga oid 200 oramiy papirusi topilgan, 
aksariyati yaxshi saqlangan. Ba’zi papiruslar XIX asrda ma’lum bo‘l-
gan. Birinchi oramiy papirusi Yevropaga 1824-yilda keltirilgan. 
Ularni 1903-yildan nashr qilish boshlangan. 1907-1908-yillarda 
Elefantinda nemis arxeologlari 100 ga yaqin papiruslarni topishgan, 
bular yahudiy harbiy koloniyasiga taalluqli. Ba’zi hujjatlarda butun 
bullalar (loy muhr) topilgan. Ularning aksariyati, nikoh shartnomalari, 
oldi-sotdi hujjatlari, shu bilan birga ahmoniy podsholarining farmon-
lari va boshqa rasmiy hujjatlardir. Ushbu arxivda bulardan tashqari 
Qadimgi Eron podsholarining diplomatik maktublari hamda Falastin-
dagi harbiy istehkomlar bilan yahudiy jamoalari o‘rtasidagi munosa-
batlarga taalluqli yozishmalar ham bor. Ba’zi hujjatlar V asrning 
ikkinchi yarmi bilan sanalangan. Ularning orasida Bexistun yozuv-
larining oramiy tilli tarjimalari ham bo‘lgan. Bular Doro I devonidan 
Misrga jo‘natilgan, kechroq ko‘chirilgan Naqshi Rustam qoyasidagi 
matnning tarjimasi edi. 


 
29
1954-yil G.R.Dreyver tomonidan Misrdagi fors satrapi Arshama-
ning 13 ta xatidan iborat muhim kolleksiyasi nashr qilindi. Matnlar 
charmga oramiy tilida yozilgan. Ular V asrda Misrda fors podsho-
larining hukmronligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Ular ishchi kuchini 
olish bo‘yicha ko‘rsatmalar, itoatsiz qullarga munosabat, Arshama va 
boshqa fors amaldorlarining yerlarini boshqarish to‘g‘risidagi hujjat-
lardir. Xatlar Arshamadan va boshqa eron mansabdor amaldorlaridan 
mulk boshqaruvchilariga, ehtimol Bobil va Suzaga jo‘natilgan mak-
tublarning nusxalaridir. Shunday qilib, ular shaxsiy xatlar tarzida 
yozilgan bo‘lsa ham, satrap sifatida Arshamaning xizmat faoliyatiga 
daxldor bo‘lmasa ham, xat jo‘natuvchilarning yuqori lavozimlarini 
hisobga olsak, bu xatlar rasmiy yoki (yarim rasmiy) xarakterga ega 
bo‘lib, davlat ishlari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar beradi. Xatlarga 
sana qo‘yilmagan, lekin ularning mazmuniga qarab, Dreyver ularni 
411-408-yillarga to‘g‘ri keladi, deb baholaydi. Shu bilan birga xatlar-
ning 454-yilda yozilgan bo‘lishi mumkinligini ham inkor qilmaydi. 
Xatlarda loy muhrlar saqlangan. Bir muhrda ikkita fors jangchisining 
dushmanni qo‘li bilan ushlab turganligi tasvirlangan. Jang tasvirida 
quyosh gardishi va oramiy yozuvi izlari bo‘lib, uni “Shahzoda Arsha-
maning muhri” deb tarjima qilingan. Dreyver, bu xatlar Arshamaning 
amaldorlaridan birining arxividan bir qismi bo‘lishi mumkin, deb 
hisoblaydi. Arshama amaldorlaridan Nextimorga jo‘natilgan xat bo‘-
lib, ular Nextimorning shaxsiy arxivi hujjatlaridan bo‘lishi ehtimol. 
1945-yilda Misr arxeologi Sami Gabra Tuna El-Djebel (Qadimgi 
G‘arbiy Germopol) qabristonidan Misr xudosi Tatuning ramzi hisob-
langan ibis qushi mumiyolarini topgan (laylakka o‘xshagan qush). 
Qabrda 8 ta oramiy papirus solingan loy idish ham bo‘lgan. Ular 
mamlakatda qo‘zg‘olon vaqtida qabristonga yashirilgan bo‘lishi kerak. 
Bu papiruslar shaxsiy maktublar bo‘lib, Memfisdan oramiy harbiy 
kolonistlari tomonidan Misrdagi semit kolonistlariga jo‘natilgan (4 ta xat 
Sienga qolganlari Ofi, ya’ni Luksorga jo‘natilgan). Ularda oilaviy xabar-
lar, yaxshi niyatlar, savdo ishlariga ko‘rsatmalar berilgan. Matnga sana 
qo‘yilmagan, lekin yozuv uslubi V asrga taalluqlidir. Idishga yaqin 
joyda muhra shaklida “Intarvii” so‘zi bitilgan ashyo bo‘lib, bu so‘z Doro 
I ismining misrcha aytilishidir. Xat o‘rami ochilmagan holda topilgan. 
Hujjat qandaydir sabablarga ko‘ra, manzilga yetib bormagan, Germopol 
janubida yo‘lda to‘xtab qolgan. Hujjat katta ilmiy ahamiyatga ega. Ular 
tadbirkorlik aloqalari va Misrning turli joylarida semit harbiy koloniya-


 
30
lari bilan yozishmalar bo‘lganligidan dalolat beradi. Elefantin papirus-
laridan farqli o‘laroq, germopol xatlari oramiylar va boshqa semit 
qabilalarining (Nobu, Betelk, Malkat-Shamni xudolariga sig‘inuvchi) til 
xususiyatlari to‘g‘risida muhim xabarlar beradi.  
Misrdagi oramiy manbalaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
1931-yil N.Eme-Jiron 112 ta matnni nashr qildi, ulardagi papiruslar 
orasida sopol bo‘laklari va buyumlar sirtiga tirnab yozilgan matnlar 
ham bo‘lgan. Barcha matnlar 1926-yildagi Sakkara (Memfis) dagi 
qazish ishlari chog‘ida topilgan. Ushbu to‘plamdagi papiruslarning 
ko‘pchiligi, noshirning fikriga qaraganda, Memfisdagi harbiy kema-
larni qurish va ta’mirlash bo‘yicha davlat arsenali kundaliklarining 
qismi hisoblanadi. Matnlarda misr va eron sanalari uchraydi, lekin birorta 
podshoning nomi tilga olinmagan, shuning uchun hujjatlarning yozilgan yilini 
aniqlash mushkul. Ehtimol ular V asrga taalluqlidir. 1913 va 1917-yillardagi 
Sakkaradagi qazishlar chog‘ida papiruslardan bir nechasi Eme-Jiron tomonidan 
topilgan. 
Doro I podsholigining 7-yilida (517 y.) yerni ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnoma 
ahmoniylar davriga taalluqli hujjatlarning eng qadimgisidir. Bir papirusda bir kishining 
finikiya shahri Sidondan misr xudosi Osirisni ziyorat qilish uchun borayotganligi haqida 
oramiy papirusi hikoya qiladi. 
Ahmoniylar davri oramiy yozuvi bo‘laklari, hanuzgacha yetarli 
darajada nashr qilinmagan. Ularning nashri bilan A. Dyupon – Som-
mer shug‘ullangan. Bo‘laklarining bir qismi finikiya tilida yozilgan. 
Fors podsholari davri oramiy matnlari orasida diniy ma’nodagi oramiy 
yozuvlari muhim o‘rin tutadi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling