O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
Persepol arxivi 1933-1934-yillarda Chikago universiteti Sharqshunoslik instituti arxeologik ekspeditsiyasi E.Xersfeld rahbarligida Persepolning shimoli- g‘arbiy burchagida qal’a devorini qazib ochgan. U yerdan ko‘plab elam yozuvidagi mixxat matnlarini topgan. Ular shartli ravishda “qal’a devori taxtachalari” (“Таблички крепостной стены) 4 nomini olgan. 1969-yilda R.Xollog mazkur matnlardan 2087 ta hujjatni nashr qilgan. Minglab matnlar chop qilinmay qolgan. Dastlab topilmalar 30000 atrofida deb e’lon qilingan, ammo nashr qilishga yaraydiganlari soni 8000 tani tashkil etgan. Ba’zilari hanuzgacha o‘qib chiqilmagan va tarjima qilinmagan. Qal’a devori hujjatlari mil.avv. 509-494-yillar, ya’ni Doro I ning 37 yil davom etgan hukmronligi davrining 13-28-yillari bilan belgilanmoqda. Ular garchi barchasi Persepoldan topilsa ham ko‘proq Eronning Pars viloyati va qadimgi Elam hududida (shu bilan birga ba’zi matnlar Suzada) yozilgan. Taxtachalarni ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: 1) Xo‘jalik talablari va davlat zahiralari uchun bir joydan ikkinchi joyga turli xil oziq-ovqatlarni tashish bilan bog‘liq yirik operatsiya- larni ro‘yxatga olish hujjatalari; 2) Shoh xo‘jalik xodimlari va amaldorlar uchun oziq-ovqat tarqat- ganligi to‘g‘risidagi vedomost-qaydnomalardan iborat. Matnlar orasida har xil hajmdagi hujjatlar, ya’ni bir va bir necha qatordan iborat yozuvli yorliqlardan tortib, 80-90 va undan ham ortiq qatorli yozuv bitilgan oziq-ovqatlar xarajatlarining yig‘ma qaydnoma- lari uchraydi. Mazkur yig‘ma vedomostlarda ma’lum joyda ma’lum qaydnoma asosida oziq-ovqatlarning sarf qilinganligi aks ettirilgan. 4 Tablichki so‘zi xumdonda pishirilgan g‘isht ko‘rinishidagi yozma yodgorlik bo‘lib, yuzasiga o‘yib xat bitilgan loy taxtacha. 23 Bu qaydnomalar ba’zan bir necha yillik xarajatlardan iborat bo‘lgan. Oziq-ovqatlarni aniq maqsadda sarflanganligi to‘g‘risida yozma ma’- lumot - tilxatlar ham bor. Matnlarda oziq-ovqatlarni tashish va hayvonlarni joydan joyga haydash, soliq olish, ishchilar uchun oziq-ovqat berish va davlat amal- dorlariga maosh berish va boshqalar haqida ma’lumotlar bor. Ular orasi- da uy hayvonlarining terilarini omborga topshirganlik haqida hujjatlar, oziq-ovqatlar (don, un, o‘simlik yog‘i, may, bo‘za, xurmo va mevalar) nimalarga sarf qilinganligini ko‘rsatib qilingan hisobotlari bor. Qal’a devorlaridagi taxtachalar orasida yuqori martabali shoh amaldorlarining yozishmalari saqlanib qolgan. Hozircha 78 ta xat nashr qilingan. Qal’a devor matnlari mazmuniga ko‘ra, 1936-1938-yillarda Persepol shoh yo‘lining janubi-g‘arbiy burchagida qazib olingan xazinaning bir xonasida topilgan qimmatbaho buyumlar haqidagi hujjatlar deb nomla- nuvchi hujjatlar bilan o‘xshashligi bor. Jami 753 ta yaxlit taxtachalar va 200 hujjatning parchalari topilgan. Shulardan 140 qa yaqini Kamerun tomonidan nashr qilingan. Bo‘laklarning aksariyatidagi matnlarni bir- biriga bog‘lab bo‘lmaganligi sababli nashr qilishning iloji bo‘lmagan. Qimmatbaho buyumlar xazinasi hujjatlari 492-458-yillar (Doro I ning 30-yillaridan to Artakserks I ning 7-yil hukmronligigacha bo‘l- gan davr) bilan sanalashtirilgan va Persepol saroy xo‘jaligi hamda uning viloyatlari xo‘jaliklariga kumush va natural oziq-ovqatlar beri- lishini qayd etgan. Bu matnlar saroy xazinasi bilan saroy ombori o‘rta- sidagi oziq-ovqatlarni sarf qilish to‘g‘risidagi hisob-kitoblardir. Formulyarlarga ko‘ra 5 , hujjatlar xatlar va esdalik yozuvlari Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling