O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
Akkad hujjatlari Old Osiyoning chegaralarida IX-VII asrlarga taalluqli ossur (ashshuriy) yozuvlari eron qabilalari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar beradi. Yozuvlarda Ossuriya qo‘shinlarining u yoki bu Eron viloyat- lariga yurishlari aks ettirilgan. Masalan, shunday matnlarning birida Parshumashaning podshosi Kir I esga olinadi. Yozuvlardan ba’zilarida Ossuriyaning oliy xudosi Ashshurga qaysidir bir harbiy yurish tafsiloti 6 Bulla so‘zi hujjat o‘ramining tizimcha bog‘ichi ustiga yopishtirilgan loyga tushirilgan muhr izi ma’nosini bildiruvchi atama. 25 ma’lum qilingan. Shunday matnlar orasida Sargon II ning Urartu va u bilan qo‘shni viloyatlarga 714-yilda qilgan urushi haqida ma’lumot berilgan. Eron viloyatlariga uyushtirilgan yurishlarning muhim natija- lari, jumladan muhim tarixiy voqealar ossuriya harbnomalarida bayon qilingan. Shu bilan birga, ba’zi shohlar yurishlarining geografik bayo- ni ham berilgan, g‘alabanoma yozuvlarida esa voqealarning qisqa bayoni berilgan. Ossuriya podsholarining yurishlari haqidagi ikkita tosh lavha Midiya hududidan topilgan. Hamma matnlarda Ossuriya yurishlarining g‘alabalari sharafla- nadi, ammo mag‘lubiyatlari to‘g‘risida og‘iz ochilmagan. Lekin ossur ayg‘oqchilarining xabarlari, chegara viloyatlari hokimlarining ossur podshosiga xabarlari, shohning farmoyishlari va VIII-VII asrlardagi diplomatik yozishmalar ham saqlanib qolgan. Ossur podsholarining chegara viloyatlardagi voqealar yuzasidan xudolarning karomatli kohinlari (orakul)ga murojaatlari ham diqqatga sazovordir (Masalan;, VII asrning ikkinchi choragida Assarxadon va Ashshurbanipalning murojaatlari). 672-yil Ossur podshosi Assarxadonning Midiya hukm- dori bilan tuzgan shartnomasining matni ham saqlanib qolgan. Bu matn Midiya hukmdori buyrug‘i bilan akkad tilida yozdirilgan bo‘lib, qadimgi Midiya hududida saqlangan. VIII asrdan boshlab Bobilda ob-havo haqidagi yozuvlarda muhim tarixiy voqealar xronologik tartibda bayon qilingan. Shu matnlar aso- sida 745-668, 626-623, 616-595 va 556-538-yillarda sodir bo‘lgan Eronning siyosiy voqealari tarixi bayon qilingan. Bu xronikalarda, jumladan, Midiya va Bobil qo‘shinlari zarbasiga dosh bero’lmay mag‘lub bo‘lgan Ossuriya davlatining qulashi hikoya qilingan (616- 609-yillarda Xronika Gedda deb ataluvchi), shu bilan birga eronliklar tomonidan Mesopotamiyaning bosib olinishi ham tilga olinadi. (556- 538-yillarda Nabonid-Kir xronikasi. Bu hujjat Kir II davrida tuzilgan bo‘lib, Nabonidga adovat ruhida yozilgan). Keltirilgan so‘nggi xronikalarda Mesopotamiyaning eronliklar tomo- nidan bosib olingandan so‘ng bobil kohinlari tomonidan yozilgan matnlar uchraydi. Bu avvalo so‘nggi Bobil shohi Nabonid hukmronligining to‘liq bo‘lmagan she’riy usulda yozilgan hisobotidir. Matnlarda forslarning, jumladan, Kir II ning faoliyati, Bobilga harbiy yurishlari va mamlakatni bosib olishi haqidagi ma’lumotlar uchraydi. Ayniqsa, Kir II ning Meso- potamiyaning bo‘ysundirilgan aholisiga nisbatan tutgan siyosati haqida 26 hikoya qilinadigan Kir II ning silindri 7 katta ahamiyat kasb etadi. Kir yozuvining akkad tilidagi tarjima matni Urdan ham topilgan. Biroq, bar- cha matnlar Kirning foydasiga Nabonidni qoralab yozilgan. Shuning uchun matnlar sinchkovlik bilan taqqoslab o‘rganilishi muhimdir. Bobildan bir qolipda bo‘lgan so‘nggi ahmoniy shohlarining yozuv- lari bilan bir qatorda ahmoniylar davriga oid 4000 dan ortiq xususiy huquqiy va ma’muriy xo‘jalik hujjatlari topilgan. Ularning asosiylari (3000) Kir II, Kambiz va Doro I hukmronligi yillariga tegishlidir. Hujjatlar so‘nggi bobil lahjasida akkad tilida tuzilgan va aksariyati xumdonda pishirilmagan loy taxtachalarga yozilgan. Bundan tashqari, mingdan ortiq ahmoniylar davri bobil hujjatlari hali nashr qilinmagan (ular muzeylarda va xususiy jamg‘armalarda saqlanmoqda). Bobildagi ibodatxona va shaxsiy arxivlarda saqlanayotgan 400 ta xat ham ahmoniylar davriga oiddir. Ular uzun ingichka to‘g‘ri to‘rt- burchak loy taxtachalarga mayda zich qilib yozilgan. Ularning ba’zi- lari xumdonda pishirilgan, ko‘pchiligi quyoshda quritilgan. Xatlar manzilga muhrlangan loy konvertlarda jo‘natilgan, shu bilan xatning maxfiyligi himoya qilingan va shikastlanishining oldi olingan. Xat- larning ko‘pchiligi ma’muriy-xo‘jalik xarakterga ega bo‘lgan. Xatlar- ning aksar ko‘pchiligi Urukdagi Eanna ibodatxonasi va Sispardagi Ebabbarra arxivlaridan topilgan. Xususiy arxivlardan ham xatlar topil- gan (tadbirkorlik yozishmalari, oilaviy yozishmalar va b.). Bobil hujjatlarining kattagina qismi yirik shaharlar (Bobil, Sippar, Ur, Uruk, Nippur va b.)dan topilgan. Bobildagi ayrim ahmoniylar davri davlat (shoh) arxivlari matnlarini hisobga olmaganda, barcha hujjatlar ibodatxona va shaxsiy arxivlarga taalluqli. Ibodatxona arxiv- laridan Urukdagi Eanna va Sippardagi Ebabbarr ibodatxona arxivla- rini alohida ta’kidlamoq zarur. Shaxsiy arxivlardan Egibi va Murashu xonadoni shaxsiy arxivlari boy hujjatlar fondiga ega. Egiba arxivi hujjatlarining ko‘pi Bobilda va uning atroflarida tuzilgan. Ammo bu arxiv hujjatlari turli muzey va nashriyotlarga tarqalib ketgan. Murashu xonadoni arxivi bitta xonadan topilgan, shuning uchun to‘liq nashr qilingan. Hammasi bo‘lib, 730 ta taxtacha (taxtacha). Ular- ning aksariyati juda yaxshi saqlangan. Shu kungacha asosiy ko‘pchiligi 7 Silindr – loy g‘o‘lak. Unga Kir II harbiy yurishi, bosib olingan yurt aholisiga nisbatan siyosati haqidagi ma’lumotlar mixxat bilan o‘yib yozilgan. 27 nashr qilingan. Ular o‘nlab kotiblar tomonidan juda toza va mayin pishitilgan loyga yozilgan. Taxtachalar Nippur va atrofdagi viloyatlarda yozilgan. Ularda 200 dan ortiq aholi punktlari tilga olinadi. Aksariyat matnlar Artakserks I va Doro II davri bilan sanalashtirilgan. Hujjatlarning ozgina qismi boshqa davlatlarga tegishli. Bu esa bobilliklarning savdo ishlari bilan boshqa davlatlarga borganligi va u yerda turli xil shartnomalar tuzganligidan dalolat beradi. Masalan;, Egibi va Murashu xonadoni a’zolari Ekbatan va Suzaga borishgan va u yerda tuzilgan shartnomalar yetib kelgan. Bobildan tashqaridagi joylarda akkad tilida hujjatlarning tuzilishi ahmoniylar davrida o‘sha joylarda ko‘plab bobilliklar yashaganligidan dalolat beradi. Persepoldagi taxtachalar orasida 502-yilda davlat solig‘i to‘laganlik qayd qilgan akkad tilida yozilgan bitta mufassal matn topilgan. Kamerunning fikricha, bu hujjat Persepolda tuzilmagan, balki birorta Bobil shahrida tuzilib, keyinchalik Eronga keltirilgan, bunday bo‘lmasligi ham mumkin, chunki matnda soliq to‘lovchilar bobilliklar emas, midiyaliklar bo‘lib chiqqan. Persepoldagi qal’a devorlari taxtachalari orasida yangi bobil lahjasidagi taxtacha topilgan, lekin bu hujjat hali o‘qilmagan. Neyrabda (Suriyadagi Halafdan 5 km masofada) akkad tilidagi hujjat topilgan bo‘lib, uning sanalari Nabonid davridan to Kambiz va Navuxodonosar IV davrigacha bo‘lgan yillar bilan taqqoslanadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling