O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

(“memorial notes”)ga bo‘linadi. Xatlar har xil amaldorlardan 
Persepoldagi xazina mudiriga jo‘natilgan. Xatlarda ma’lum miqdor-
dagi pul qaysidir bajargan ishi uchun ma’lum kishilarga berilishi 
ko‘rsatilgan. Esdalik yozuvlarida bajarilgan ish, u qachon boshlanib
qachon tugaganligi, ishga mas’ul shaxs va ishchilarga ularning mala-
kasiga ko‘ra turlicha (kategoriya) toifaga asosan ish haqi miqdori 
to‘lanishi (ko‘rsatilgan) aks etgan. Xazina va qal’a devorlarining ba’zi 
matnlari shohning shaxsiy farmonlaridan iborat. 
                                                 
5
Formulyar – hujjatning boshlov va tugallash qismlaridagi an’anaviy jumla-
lardir. Bu o‘rinda sarfiyot haqida xotirot yozuvlarining ikki xili haqida so‘z 
bormoqda. Ularning biri maktub, ikkinchisi eslatma shakli. 


 
24
Hujjatlar muhrlar bilan tasdiqlangan, muhrlar g‘o‘lakcha (silindr) 
va to‘rtburchak shaklida (shtempel–tug‘ro ko‘rinishida) bo‘lgan. 
Xazina taxtachalarida 199 muhr saqlangan (loy bullalar)
6
. Kamerun 
muhrlardan 114 tasini nashr qilgan. Qal’a devorlaridagi matnlarda 
juda ko‘p muhrlar bo‘lib, hali ular to‘liq nashr qilinmagan. Bu turkum 
yuzdan ortiq muhrlarda yozuvlar mixxat yoki ba’zan oramiy xatida 
yozilgan. Aytish mumkinki, qal’a devori matnlarining birida (№ 1853) 
Ashpazan ismli amaldorning muhri aniqlangan. Bu ism o‘yilgan muhr 
xazinaning yana to‘rtta taxtachasida ham bor. 
Persepoldagi elam taxtachalari tashqi ko‘rinishiga ko‘ra mixxat 
yozuvli loy taxtachalar guruhiga mansub. Bobilning ayni shu davrga 
oid (sinxron) tablichakalaridan farqli o‘laroq o‘ng qirg‘og‘i dumaloq, 
chap qirg‘og‘i esa yapasqi silliq ko‘rinishga ega, sababi u joyga muhr 
tushirilishi kerak edi. Bundan tashqari bobil hujjatlaridan farqli ravish-
da Persepol hujjatlari oramiycha ko‘chirmalariga bog‘lab qo‘yilgan. 
Bunga taxtachalarning silliq burchagidagi teshik va tizimchalar 
guvohlik beradi. Aksariyat taxtachalarning o‘lchami - uzunligi 6 sm, 
eni 3 sm bo‘lgan. 
Persepol hujjatlari barchasi biror istisnosiz juda muhim. Binoba-
rin, o‘sha davrga oid ko‘plab manbalar mavjudligiga qaramay, axmo-
niylar davri arxivining topilishi katta ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, xususiy 
arxivlar va ibodatxona xo‘jalik arxivlari Persepol hujjatlari Erondagi shoh xo‘jaligi 
to‘g‘risida favqulodda ko‘p ma’lumot berdi. Hujjatlar qadimgi eron leksikasini 
o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi, chunki ularda elamliklar o‘zlashtirib 
olgan ko‘plab qadimgi eroniy so‘zlar, 200 tacha fors ismlari tilga olingan. Ismlar 
jamiyatning mafkuraviy g‘oyasi, turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy munosabatlariga 
ishorat qiluvchi materialdir. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling