O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
kelgan mansab /yorliq” kabi iboralar bilan birgalikda, xoqon, tudun,
eltabar, tarxon kabi unvonlar va Chakin Cho’r Bilga, O’t-tegin singari xoqonlikka xos ism va epitetlar o’rin olgan. Ushbu tildagi manbalarning xoqonlik tarixini yoritishdagi ahamiyati shuki, sug’diy mualliflar xoqonlik ichki hayotidan yaxshi xabardor bo’lishgan. Shu sababli, ularda o’rin olgan xoqonlikka xos boshqaruv tizimi va davlatchilik an’analariga oid ma’lumotlarni original dalillar sifatida baholash mumkin. Darvoqe, sug’diylar Turk xoqonligi aholisining sezilarli qismini tashkil etgan va turkiylar bilan yonma-yon, aralash yashagan etnos sifatida xoqonlik boshqaruvida ham faol ishtirok etganini e’tiborga olish zarur. Shuningdek, Sug’d vohasidagi bir qator hukmdorliklarda sug’diy-turkiy an’analari o’zaro sintezlashgan bo’lib, bu ularning ish yuritish tizimida ham o’z ifodasini topgan. Bu holat ayniqsa Panch hukmdorligi hayotida yaqqol ko’zga tashlanib, boshqaruvda sug’diy va turkiy etnos vakillari baravar ishtirok etishganida o’z ifodasiga ega. Xususan, taxminman VII asrning ikkinchi yarmida Panchda turkiy-sug’diy aralash sulola tashkil topib, uni dastlab Bichut, keyinchalik uning o’g’li Chakin Cho’r Bilga (693-708), keyinchalik uning qizlari vositasida kuyovi, sug’diy amaldor Devashtich (709-722) boshqarganlar. Bu paytda butun Sug’d konfederatsiyasida bo’lganidek, Panchning ma’muriy-siyosiy boshqaruvida ham nisbiy bo’lsa-da, konfederatsiya shaklidagi o’ziga xos ichki tuzilishga ega boshqaruv mavjud edi. Ilk o’rta asrlarga taalluqli yozma manbalardan ma’lum bo’lishicha, Yuqori Zarafshon vohasidagi hozirgi tuman (rayon) yoki kattaroq qishloqlarga to’g’ri keluvchi qator ma’muriy birliklar – rustoqlar Panch hukmdorligi tarkibiga kirgan. Mug’ tog’i sug’diy hujjatlarida Panchga tegishli bo’lgan quyidagi mulk (mayda hokimlik)larning nomlari keltiriladi: Maxiyon, Parg’ar, Kshtut, Martushkat, Madm, Kum, Zarovat, Iskadar, Xshikand, Varz, Krut, 60 Fatmiv, Paxut, Eftmaut, Shavkat, Yag’nob vodiysi, Anzab, Buttaman va hokazolar 26 . Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, aslida hududiy jihatdan muayyan bir qishloq darajasida bo’lgan mazkur ma’muriy birliklar ham o’z avtonom boshqaruviga ega bo’lganligi bois, ularni ma’lum ma’noda “mayda hokimliklar” deb atash ham mumkin. Panch hukmdorligiga qarashli mazkur kichik mulklar o‘sha davrdagi arab- fors tarixiy asarlarida k o‘proq “rustoq” 27 lar shaklida qayd etilgan. Ulardan ayon bo’lishicha, har bir rustoq o’z boshqaruvchisiga ega bo’lib o’z navbatida ular Panchning bosh hukmdoriga bo’ysunishgan. Umuman olganda, arab-fors manbalarida qayd etilishicha, Movarounnahrdagi Buxoro, Samarqand, Ustrushona kabi nisbatan yirik hukmdorliklarda ham Panchdagiga o’xshab rustoqlar bo’lgan. Ahamiyatlisi shuki, tuman yoki kattaroq qishloq shaklidagi mazkur mayda hokimlik (mulk)lardan aksariyatining nomi sug’diy hujjatlarda qay shaklda uchrasa, hozirda ham qariyb o’sha ko’rinishda saqlanib qolgan. Quyida bazi mug’ hujjatlarining o’zbek tiliga izohli tarjimasini berishga harakat qilindi 28 . Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling