O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/109
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#232980
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
Bog'liq
Arxivshunoslik исхоков

 


 
87
 
XIV-XVI asr boshlarida arxiv ishi  
Rivojlangan o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda arxiv ishining qay tarzda 
yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. 
Biroq mavjud qo‘lyozma asarlardagi daliliy materiallar asosida arxiv 
ishining tashkil qilinishi xususida bazi tasavvurlarga kelish mumkin. 
Ma’lumki, Temur va temuriylar davri davlatchiligi o‘zbek davlat-
chiligi taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. Davlat boshqaruvi tizimi 
va ish yuritish jarayoniga katta e’tibor qaratilgan. Bu davrda ilm-fan 
yuksak darajada rivojlangan. Arxiv hujjatlarining bizning davrimiz-
gacha saqlanib qolmaganligi bois u to‘g‘rida to‘liq ma’lumotga ega 
bo‘lish qiyin. Ammo O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
Sharqshunoslik instituti fondlarida hujjatlar to‘plami saqlanayotgan 
bo‘lib, ularni arxiv ishi yuritilishining bir ko‘rinishi deyish mumkin. 
Masalan;, Amir Temur va temuriy hukmdorlarning qo‘shni davlat 
hukmdorlari bilan yozishmalari jamlanib to‘plam holiga keltirilgan va 
u “Maktuboti Temuriya” deb nomlanadi. 
“Maktuboti Temuriya” hozirgi kunda mazkur institut qo‘lyozmalar 
fondida 2278 raqam ostida saqlanayotgan maktublar majmuasining nomi-
dir. Majmua 191 varaqdan iborat bo‘lib, XVI asrda kitobat qilingan. 
Eronlik olim Abulhusayn Navoiy mazkur majmuaga Eron, Turki-
ya, Ozarbayjon va Fors hukmdorlarining xatlarini ham qo‘shib, 1991-
yili “Isnod va maktuboti tarixi Eron (az Temur to shoh Ismoil)” nomi 
bilan nashr etgan. To‘plamga Temur va temuriylar (Shohrux, Sulton 
Husayn Boyqaro va boshqalar)ning Fors, Ozarbayjon, Iroq va Turkiya 
hukmdorlari bilan yozishmalari jamlangan. 
To‘plamga kiritilgan maktublar Amir Temur va temuriylarning 
mazkur mamlakatlar bilan bo‘lgan siyosiy munosabatlari tarixini o‘r-
ganishga, jumladan, Amir Temurning 1381-1404- yillari Eron, Iroq, 
Ozarbayjon, Suriya va Turkiya ustiga qilgan harbiy yurishlarining 
saboqlarini to‘g‘ri anglashga yordam beradi. 
“Maktuboti Temuriya” xurosonlik mashhur shayx, Amir Temur-
ning pirlaridan biri Zayniddin Abubakr Tayobodiy (1395 yili vafot 
etgan)ning o‘z muridi Amir Temurga yo‘llagan bir tarixiy maktubi 
bilan boshlanadi. Amir Temur bu maktubni “Temur tuzuklari”ning 
“Tadbirlar va kengashlar”deb atalgan birinchi maqolasida keltirgan. 
“Tuzuklar”da keltirilgan mazkur maktub haqida, xususan, mana bular-
ni o‘qiymiz: “Pirim Zayniddin Abubakr Tayobodiy menga yozmish-


 
88
larkim, “Abulmansur Temur saltanat yumushlarida to‘rt ishni qo‘l-
lasin, ya’ni 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) hushyorligu mulo-
hazakorlik; 4) ehtiyotkorlik. Chunki, kengash va mashvaratsiz salta-
natning barcha qilgan ishlari va (podshohning) aytgan gaplari xato 
bo‘lgan. Unday podshohni johil odamga qiyoslash mumkin. Uning 
so‘zlari va qilmishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgan. 
Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir 
bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lma-
gaysan. Yana shuni ham bilginkim, saltanat ishlarining bir qismi esa 
bilib bilmaslikka, ko‘rib-ko‘rmaslikka solish bilan bitur. (Xullas) tad-
birlardan ogoh qilingandan keyin shuni ham aytish joizdirkim, qat’iy-
lik, sabr-toqat, chidamlilik, hushyorlik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan 
barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom”. Amir Temur pirining bu 
o‘gitlariga umr bo‘yi, butun faoliyati davomida amal qildi. “Bu mak-
tub, - deb yozadi hazrat sohibqiron, - menga yo‘l boshlovchi yang‘lig‘ 
rahnomalik qildi. U menga saltanat ishlarining to‘qqiz ulushini 
mashvarat, tadbir va kengash bilan, qolgan bir ulushini esa qilich bilan 
bajo keltirilishni anglatadi”. 
“Maktuboti Temuriya”da Amir Temurning Eron, Ozarbayjon va 
Turkiya davlatlariga nisbatan 1381-1404- yillarda olib borgan siyosa-
tini va yuqorida nomlari zikr etilgan mamlakat hukmdorlarining Amir 
Temurga qarshi harbiy ittifoq tuzish xususida olib borgan siyosatini 
tushunishda yordam beradi. Quyida to‘plamga kiritilgan maktublardan 
bir nechtasini misol keltiramiz: 
Iroq hukmdori Sulton Ahmad Jaloir (1382-1410)ning Fors hukm-
dori Muzaffariy Shoh Shujo‘ (1359-1384)ga yozgan maktubi; 
Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf (1389-1420)ning Yildirim 
Boyazid I (1389-1402)ga yo‘llagan maktubi; 
Yildirim Boyazid I ning Qora Yusufga javob maktubi; 
Amir Temur ko‘ragonning Gilon hokimi Mir Said Aliga maktubi; 
Sultoni A’zam Amir Temur ko‘ragonning Sayyid Ali Qiyo bu-
zurgga (Gilon) yuborgan xati. 
Amir Temur ko‘ragonning Bog‘dod podshosi Sulton Ahmad 
Jaloirga yo‘llagan maktubi; 
Bag‘dod podshosi Sulton Ahmad Jaloirning hazrat Amir Temurga 
javob maktubi; 


 
89
Qora Yusuf Qoraqo‘yunluning Yildirim Boyazid I ga yo‘llagan 
nomasi; Amir Temurning Yildirim Boyazid I ga yo‘llagan birinchi 
maktubi; 
Sulton Boyazid I ning Amir Temurga do‘stona javob xati; Amir 
Temurning Rum qaysariga yozgan ikkinchi maktubi; Rum podshosi 
Yildirim Boyazid I ning Amir Temurga yozgan javob xati 
Amir Temurning Rum qaysari Yildirim Boyazid I ga yo‘llagan 
uchinchi maktubi; 
Yildirim Boyazid I ning Amir Temurga javob maktubi; 
Amir Temurning Sulton Boyazidga yo‘llagan to‘rtinchi maktubi; 
Sulton Yildirim Boyazid I ning hazrat Amir Temurga yo‘llagan 
javob maktubi; 
Amir Temurning Yildirim Boyazid I ga sulh taklif qilib 
Marog‘adan jo‘natgan maktubi; 
Sulton Boyazidning Amir Temurga yuborgan javob xati; 
“Maktuboti Allomiy” – “Maktuboti Abulfazl”, “Inshoyi Abul-
fazl” (“Abulfazl (Allomiy) tarafidan bitilgan va (ko‘chirilgan) mak-
tublar”) deb ham ataladi. Maktublarning asosiy qismi Boburiylar sal-
tanati (1526-1858)ning atoqli podshohlaridan Jaloliddin Akbar (1556-
1605) nomidan, bir qismi vazir va yirik tarixchi olim Abulfazl ibn 
Muborak Allomiyning shaxsiy mazmundagi maktublaridan iborat. 
To‘plam uch qismga bo‘lingan. Undan bizga uchdan ikki qismi, ya’ni 
ikkita daftar yetib kelgan, xolos. U Allomiyning qarindoshi Abdusa-
mad ibn Afzal Muhammad tomonidan tuzilgan. 
“Maktuboti Allomiy”da 1586-1596-yillarda Buxoro va Balx 
xonliklari bilan Boburiylar davlati (Hindiston) o‘rtasidagi siyosiy 
munosabatlar haqida o‘ta qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Ma’-
lumki, o‘sha yillari Hindistonning nafaqat Buxoro va Balx xonliklari, 
balki Eron bilan ham munosabatlari jiddiy tus olgan edi. Agar Bobu-
riylar bilan Shayboniylar davlatlari o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar 
Badaxshon tufayli, to‘g‘risi Badaxshonni o‘z hukmronligiga kiritib 
olish xususida bir qadar buzilgan bo‘lsa, Safaviylar Eroni bilan Hin-
diston o‘rtasidagi munosabatlar katta siyosiy-strategik ahamiyatga ega 
bo‘lgan Qandahor xususida birmuncha buzilib qolgan edi. 
To‘plamdagi maktublarda mana shu chigal masalalarning mohiya-
tini tushuntirib bera oladigan daliliy ma’lumotlar ko‘p. Bu jihatdan 
Akbarning Abdullaxonga yo‘llagan uchta maktubi va Abdullaxonning 
mavlono Mir Quraysh, Ahmad otaliq boshchiligida Hindistonga yubor-


 
90
gan elchiligi va Buxoro elchisi olib borgan maktub va Akbarning Balx 
bilan Buxoroga xo‘ja Afzal, Hakim Humom va Mir Sadrijahon boshchi-
ligida yo‘llagan elchiliklari xususida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. 
Maktublarning birida kelgusida tutiladigan siyosat xususida ikki 
davlat – Boburiylar davlati va Buxoro xonligi hukumdorlarining max-
sus uchrashuvini uyushtirish masalasi ko‘tariladi.  
“Maktuboti Allomiy” majmuasining yaxshi bir qo‘lyozma nusxasi 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik insti-
tutining qo‘lyozmalar fondida № 290 raqam bilan saqlanmoqda. Maj-
mua 154 varaqdan iborat. 
Yana shunday to‘plamlardan biri “Muraqqayi Mir Alisher” yoki 
“Majmua’yi murosilot (“Maktublar to‘plami”)” bo‘lib, u o‘z davrining 
nufuzli ruhoniylari – Abdurahmon Jomiy (1414-1492), xo‘ja Ubaydul-
la Axror (1404-1492), xo’ja Axrorning o‘g‘li xo’ja Muhammad 
Yaxyo  (1500 yili o‘ldirilgan), xo‘ja Axrorning safdoshi va kuyovi 
Mir Abdulavval Nishopuriy (1495-yili vafot etgan) va boshqalarning 
Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469), Sulton Husayn Mirzo va Alisher 
Navoiyga yo‘llagan maktublarini o‘z ichiga oladi. 
Mazkur to‘plam Alisher Navoiy tomonidan tuzilgani uchun “Mu-
raqqayi Mir Alisher” yoki “Navoiy albomi” nomi bilan ham ataladi. 
To‘plam XIX asrning yirik ziyolilaridan biri Buxoro qozi kaloni 
Sharifjon Mahdum sadri Ziyo kutubxonasida saqlangan va undan 
Alisher Navoiy nomidagi Xalq kutubxonasining Sharq qo‘lyozmalari 
bo‘limiga va undan keyin 1943-yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondiga o‘tkazil-
gan. U 2178 tartib raqami bilan saqlanmoqda. 
To‘plamga Abdurahmon Jomiyning 334 ta xatlari kiritilgan bo‘lib, 
ular shaxsiy mazmunda bitilgan xatlar hisoblanadi. Ularning ko‘pchiligi 
har xil iltimosnomalardan iborat. Ularda soliq va jarimalarning og‘irligi 
va soliq yig‘uvchilarning zulmu bedodligi, Temuriyzodalarning o‘zaro 
nizosi tufayli mamlakat va xalq ahvolining og‘irlashgani, shuningdek 
madrasa talabalariga yordam berish to‘g‘risidagi Alisher Navoiy, Sulton 
Husaynga iltimosnomalardan iborat. 
Xo‘ja Axrorning maktublariga kelsak, ular 128 ta bo‘lib, mazmunan 
Abdurahmon Jomiy xatlariga o‘xshashdir. Ularda Movarounnahr va 
Xurosonning XV asrning II yarmidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Samar-
qand hokimi Sulton Abu Said Mirzo va Xuroson podshosi Sulton 
Husayn Mirzo (1469-1506) o‘rtasidagi og‘ir munosabatlar, soliq va 


 
91
jarimalar, xususan tamg‘a solig‘ining og‘irligi va uni imkoni bo‘lsa, 
bekor qilish masalalari ko‘tariladi. Tinimsiz harbiy yurishlar va o‘zaro 
urushlarning pirovardida fojeaga olib kelishini Temuriylarga uqtirishga 
harakat qilinadi. Masalan;, Xo‘ja Axror Sulton Abu Said yo‘llagan bir 
maktubida uni Ozarbayjon ustiga, uning hukmdori Qora Yusuf ustiga 
qilmoqchi bo‘lgan yurishiga qarshi chiqadi. Maktubda, “Hargiz az Marv 
maguzarid” (“Hargiz Marvdan nariga o‘tmasinlar”) deb ochiq ogohlan-
tirgani yozilgan. Ma’lumki, o‘sha yurish natijasi Sulton Abu Said uchun 
fojea bilan tugadi. 1469 yilgi jangda u halok bo‘ldi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Temur va temuriylar davrida dav-
lat mahkama ishini yuritishi yuqori darajada tashkil qilingan. Afsuski, 
bu davr arxivi bizning kunimizgacha yetib kelmagan
56


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling