O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
A-14 (SUG’D ELCHISI FATUFARNNING CHOCHDAN
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik исхоков
A-14 (SUG’D ELCHISI FATUFARNNING CHOCHDAN JO’NATGAN MAKTUBI) (1) Janobi hukmdorga, buyuk tayanchimiz, Sug’d podshosi, Samarqand hukmdori (2) Devashtichga uning eng e’tiborsiz (“millioninchi” darajali) (3) quli Fatufarndan murojaatnoma. (4) Janobi hukmdor, (senga) buyuk shon-sharaf (egasiga) ko’pdan- ko’p ta’zim yo’llayman (“murojaat qilaman”) 65 (5) Va janob, men bu erga, Choch hukmdori 36 huzuriga keldim. Janob, (6) xatlarni ham topshirdim, og’zaki (“til bilan”) (aytilishi) lozim bo’lgan (7) murojaatnomani ham to’liq, oqizmay-tomizmay (“qoldiqsiz”) bayon ettim. (8) Tudunga 37 ham, uning yordamchisiga 38 ham. Va janob, 36 Choch hukmdori – tadqiqodchilar orasida ushbu hukmdorning kimligi masalasi ilmiy bahslarga sabab bo‘lgan. V. A. Livshis, bu yerda ikkita shaxs haqida gap borishini olg‘a surib, hujjatda “Choch hukmdori” va “Choch tuduni” tilga olinganini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, elchi Fatufarn Chochning har ikkala boshqaruvchisi huzurida bo‘lgan (СДГМ, II:82-88). S.G.Klyashtorniy fikricha esa xatning mazmuni bunday xulosa chiqarishga imkon bermaydi va aksincha gap bitta shaxs haqida borayotganidan darak beradi, ya’ni; Choch hukmdorini Fatufarn dastlab maqomiga ko‘ra – “Choch hukmdori”, so‘ngra esa unvoniga ko‘ra – “tudun” deb nomlaydi. Tadqiqodchi o‘z fikrining tasdig‘i sifatida Tabariy ayni shu hukmdorni “Shosh podshohi” va “tudun” deb atashini misol qilib keltiradi (Кляшторный С.Г. Древнетюркские рунические памятники как источник по истории Средней Азии. –М., 1964. С. 160). Biroq yozma manbalar (xitoy) va numizmatik materiallar har ikkala olimning ham fikrlari munozarali ekanligi ko‘rsatadi. Aynan ushbu hujjat yozilgan paytda vohada 2 ta turkiy sulola yetakchilik qilib, Choch teginlari (605-750) – bosh, Choch tudunlari (640-750)- ikkinchi darajali sulola edi. Faqat hokimiyat Tudunlar qo‘lida bo‘lib, Teginlar esa ko‘p yillardan beri qonunan Chochning boshqaruvchilari sifatida bosh sulola hisoblanar, hokimiyatga da’vogarlik esa nomiga edi (Бобоёров Ғ. Чоч тарихидан лавҳалар (Илк ўрта асрлар). –Т., 2008. Б.50). 37 Tudun – asosiy vazifasi tobe hukmdorliklardan soliq yig‘ini tashkil etish va mahalliy hukmdorlarni nazorat qilish bo‘lgan G‘arbiy Turk xoqonligi – noib. Hujjat mazmunidan ko‘rinadiki, Tudun – Choch hukmdorlaridan biri sifatida voha siyosiy hayotida yetakchi rol o‘ynagan. Xitoy yilnomalarida 640 yildan to 750- yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida 4 nafar Choch hukmdorining ismi tutun unvoni bilan tilga olinishi, Tabariy (“Tudun malik ash-Shosh”) va Beruniy Shoshning qadim hukmdorlari unvoni tariqasida ko‘rsatishi vohada Tudunlar sulolasi mavjud bo‘lganidan darak beradi (Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. –М.-Л., 1950. Т. II. С. 313-314; История ат-Табари. Избранние отрыки (Пер. с арабского В.И.Беляева. Доп. к пер. О.Г.Болшакова и А.Б. Халидова). –Т., 1987. С. 268; Абу Райхан Бируни. Памятники минувших поколений / Перевод с арабского и примечания М.А. Сале // Бируни. Избранные произведения. – 66 (9) Xoqonga 39 (mo’ljallangan) xatni ham, Farg’ona podshosiga 40 mo’ljallangan xatni Т., 1957. Т. I.C. 111). VII-VIII asrlarga taalluqli tangalarda tbwn c’cynk ywB- Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling