Qo‘qon xonligi arxivi – 1939-yilda Sankt Peterburgdagi Saltikov-Shedrin
nomidagi Markaziy davlat kutubxona yerto‘lasidan Qo‘qon xonlari arxivi hujjatlari
topilgan. Mazkur hujjatlar Qo‘qon xonligi Rossiya tomonidan egallanganidan so‘ng
1876-yilda imperatorning Markaziy kutubxonasiga ko‘chirilgan edi. Qo‘qon xonlari
arxivi 1962 yilda O‘zSSR arxiv boshqarmasiga jo‘natiladi, arxiv hujjatlarining
mikrofilmlari Leningradda M.E.Saltikov-Shedrin nomli davlat kutubxonasida va SSSR
FA Osiyo xalqlari instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. A.L.Troitskaya
tomonidan Qo‘qon xonlari arxivi katalogi tiziladi va 1968 yilda nashr qilingan.
Katalogda 5 ming atrofidagi hujjatlar jamlangan. Hujjatlar asosan XIX asrning 40-70-
yillariga taalluqli bo‘lib, ularda xonlikning bu davrdagi xo‘jalik hayiti aks etgan. Katalog
sistemali tartibda bo‘limlarga bo‘lingan, ismlar va geografik nomlar ko‘rsatkichlari
hamda atamalar izohlari bilan ta’minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |