O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnologiya instituti
Rezina qorishmalarini valsda tayyorlash
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
qoliplanmaygan rezinatexnik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqarish quvvati yiliga 8 tonna
Rezina qorishmalarini valsda tayyorlash. Zamonaviy texnologiyada rezina
qorishmasini tayyorlash uchun valsdan chegaralangan tarzda foydalanish mumkin. Vals uskunasi. ishlab chiqarish hajmi kichik bо‗lib, buyumlar assortimenti katta
21
bо‗lgan korxonalarda, ba‘zi maxsus kauchuklar asosida (ftor kauchuk, akrilat kauchuk va b.) rezina qorishmalarni tayyorlash uchun ham qо‗llaniladi. Valsda uskunasida rezina qorishmasini tayyorlab olish uchun kauchuk va ingrediyentlar vallarga yuklanadi, vallar о‗zaro qarama-qarshi kesishuvchi oraliq tomonga aylanadi. Vallar sirtiga tegib turgan kauchuk qatlami adgeziya va ishqalanish kuchlari hisobiga о‗zaro vallar oralig‗iga vallarning aylanma tezligiga muvofiq tezlikda tortiladi. Oldingi qatlamga tegib turgan kauchuk yoki rezina qorishmasining har bir keyingi qatlami kogezion kuchlar hisobiga vallarning oraliq tirqishiga tushadi, ammo ushbu qatlam asta-sekin kamayib boruvchi tezlik bilan vallar yuzasidan chetlashgani sari ikkita valning har birining yuzasidagi oraliq ustidagi maydonda doimo kauchuk yoki rezina qorishmasining "aylanuvchi zaxirasi" yuza keladi, undagi qatlamlar harakatining ularning mos bо‗lgan val yuzasidan chetlashgani sari asta-sekin kamayib boradi. Minimal oraliqdan (X 0 X
kesishma) ma‘lum masofada (X 1 D
kesishma) qorishma qatlamlari о‗zaro uchrashadi, va qorishmaning oraliqdan о‗tmaydigan qismi vallararo ponadan orqaga itarila boshlab, qarshi oqim, "aylanayotgan zaxira"ni hosil qiladi, vallar yuzasiga tegib turgan material qatlamlari esa oraliq tirqishga tortiladi. Bu faqatgina qorishmani oraliq tirqishga yо‗naltiradigan ishqalanish kuchlari kogezion mustahkamlik va qorishmaning ichki ishqalanish kuchidan ortiq bо‗lganida kuzatiladi. "Aylanayotgan zahira" qismida rezina qorishmasida yuzaga keladigan eng katta surilish deformasiyalari kuzatiladi, demak, surilishning eng katta kuchlanishlari ham kuzatilib, bu eng jadal aralashishga sabab bо‗ladi. Surilishning kuchlanishi, asosan, aralashish haroratida va deformasiya tezligidagi rezina qorishmasining qovushqoqligiga bog‗liq bо‗ladi. Rezina qorishmasini tayyorlanish vaqti va miqdori qorishma tarkibi va ingrediyentlarning fizik xossalariga bog‗liq bо‗ladi. Valoklarni xarorati esa qorishmani xossasiga qarab va ni tarkibidagi ingrediyentlar aolligiga qarab belgilanadi. Kо‗p hollarda valslarning orqa valoki xarorati 70-75 0 Sni tashkil qiladi, oldingi valoki xarorati esa 45-55 0 S ni tashkil etadi. 22
Rezina qorishmaisni valslarda sifatli tayyorlash uchun uning oldingi valoki yuzasiga suyuq va mayda ingrediyentlar tekis solinishi kerak. Hamma ingrediyentlar qо‗shilgandan keyin rezina qorishmais valok yuzasi bо‗yicha pichoq yordamida chap va о‗ng tomonga kesib qayta valoklar orasiga kiritiladi. Valslarda rezina qorishmalarini tayyorlashda kiritilayotgan ingrediyentlarni ketma-ketligiga katta e‘tibor berilishi va reglament asosida ish olib borilishi shart. Birinchi valsga berilgan tarkib asosida kauchuk kiritiladi, u valokga tekis yopishgungacha aylantiriladi.
1-rasm.
Rezina qorishmasini valsda aralashtirishda haroratlarni taqsimlanishi.
Agar tarkib ikki va undan ortiq kauchukdan tashkil topgan bо‗lsa u holatda qovushqoqligi yuqori bо‗lgan kauchukdan boshlab valsga kiritiladi. Undan keyin ketma-ketlikda aralashtirgichlarni (dispergator), vulkanlash agentlarini kiritiladi. Rezina qorishmalariga qurum, yumshatgich va plastifikatorlarni ketma-ketligda kiritish katta axamiyatga ega. Tо‗ldirgichlarni yaxshi aralashtirish uchun bir-nechtaga bо‗lib kiritiladi. Plastifikatorlar tо‗ldirgichdan keyin kiritish maqsadga muvofiq. Vulkanlash agentini rezina qorishmasini tayyorlash jarayonida vulkanlanish boshlanmaslik uchun jarayoni eng oxirida qо‗shiladi. Agarda vulkanlash agenti qiyin aralashidigan bо‗lsa u holatda uni boshida qо‗shilib tezlatgichni oxirida qо‗shiladi. 23
Ingrediyentlarni kiritib bо‗lgandan keyin rezina qorishmasini valsda chap va о‗ng tomonga kesib yaxshilab aralashtirib olinadi. Tayyor rezina qorishmasini +5 0 S atrofidagi suvda sovutiladi va tindirishga jо‗natiladi. Rezina qorishmalarini tayyorlash vaqtini nazorat qilish. Rezina qorishmalarini tayyorlash avtomatik boshqaruv sistemasi bilan ta‘minlangan. Jarayon boshkarish reglament asosida tuzuladi va EVM ga kiritiladi. Shu asosda barcha kauchuk va ingrediyentlar vaqt birligi asosida kamera ichiga ketma-ketlikda kiritiladi. Ba‘zi mashinalarda umumiy rezina qorishmalarini tayyorlash davomiyligi vaqt birligida, ba‘zilarida esa harorat birligida boshqariladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling