O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnologiya instituti


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/38
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#250183
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
qoliplanmaygan rezinatexnik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqarish quvvati yiliga 8 tonna

 

 

 


35 

 

ASOSIY PARAMETR VA REJIMLARI 

 

Portlashdan  himoyalangan  elektr  isitgichli  qurilma  germetik  apparatlar, 



payvandlangan  idishdan  iborat  bo‗lib,  uning  bo‗g‗ziga  ekranlashtirilgan  elektr 

yuritgichi  joylashtirilgan.  Tashqi  tomondan  idish  elektr  pechi  yordamida 

qizdiriladi. Isituvchi element sifatida elektr isitgich qo‗llaniladi. Apparatida ishchi 

muhitning aralashtirilishi vintli aralashtirgich yordamida amalga oshirilib, u elektr 

yuritgich  rotori  valining  ichki  uchlarida  o‗rnatilgandir.  Vintli  aralashtirgich,  idish 

korpusi  devorlari  va  apparatning  serkulyatsion  trubasi  devorlarida  hosil  bo‗lgan 

yopiq  kontur  bo‗ylab  muhitning  xarakatlanishini  ta‘minlaydi.  Apparat  korpusi 

elektr  yuritgich  bilan  bo‗g‗iz  orqali  biriktirilgan.  Apparat  bo‗g‗izi  separatsion 

kameraga  ega  bo‗lib,  u  apparatning  ishchi  hajmidan  va  elektr  yuritgichning 

podshipnikli qismlaridan elektr yuritgich bo‗g‗ziga singigan podshipnik moylarini, 

reaksion  suyuqlikni  va  kondensatni  yig‗ish  va  so‗ngra  chiqarib  olish  uchun 

mo‗ljallangan. 

 

Apparat korpusi quyidagilar bilan jixozlangan; 



-  boshlang‗ich  moddalarni uzatish  va  tayyor  mahsulotni  chiqarib  olish  uchun 

aniq nazorat qiladigan Du= 6mm li ventellar;  

-  krestovini  shtutserlaridan  birida  o‗rnatilgan  muxofazalagich  qurilma- 

uzuvchi membrana; 

-  apparatga issiqlikni izolyatsion o‗rnatish uchun g‗ilof; 

Ishchi  muhitlar  temperaturalarini  nazorat  qilish  uchun    RG-0.0016-10-06  va 

RG-0.01-10-0.6 apparatlari, TXK-0083 termoparasi bilan jixozlangan, RG-0,0004-

10-0.6 apparati esa, termopara yoki qarshilik termometri uchun cho‗ntakka ega. 

RG-0,0016-10-0,6  va  RG-0,0004-10-0,6  turdagi    apparatlarida  idish  tubiga 

ishlangan  issiqlik  almashinish  kameralari  mavjud.  RG-0,01-10-0.6  turidagi 

apparati  trubadan  yasalgan  zmeevik  ko‗rinishida  ishlangan  issiqlik  almashinish 

jixoziga ega. Bu issiqlik almashinish qurilmalariga zarurat bo‗lib qolgan vaqtlarda 

issiqlik-sovuqlik tashuvchi beriladi. 



36 

 

Ekranlashtirilgan PGV-0,25-10 elektr yuritgichi quyidagi asosiy qismlardan 



iborat: 

-elektr yuritgich korpusi; 

-yig‗ilgan holdagi bo‗g‗iz; 

-chulg‗amlangan stator; 

-yig‗ilgan holdagi rotor; 

Assinxron  elektr  yuritgichning  statori  va  rotori  bir-biridan  nomagnit 

po‗latdan  yasalgan  ekranlashtiruvchi  gilza  yordamida  ajratilgan.  Buning  hisobiga 

aralashtiruvchi qurilmaning istalgan tezlikda aylanishi vaqtida va apparatda yuqori 

bosim bo‗lgan vaqtida apparatning germetikligi ta‘minlanadi.   

Chulg‗amlangan  stator  quruq  transformator  moyiga  cho‗ktirilgan.  Elektr 

yuritgichni  sovitilishi  elektr  yuritgich  korpusi  g‗ilofiga  uzatiladigan  vodoprovod 

suvi  orqali  amalga  oshiriladi.  Elektr  yuritgich  rotorining  temir  paketi  ishchi 

muhitning  zaxarli  bug‗lari  ta‘siridan  magnit  korroziyaga  chidamli  po‗latdan 

yasalgan g‗ilof yordamida himoyalanadi.    

Radial va o‗q bo‗ylab kuchlanishni qabul qiluvchi chayqalish podshipniklari 

rotor valining tayanchi bo‗lib xizmat qiladi. Pastki podshipnikli qism, unga ishchi 

muhit  tushib  qolishidan  muxofazalash  maqsadida,  rezinali  manjetni  ishchi  muhit 

temperaturasi  100

0

C  dan  oshmagan  vaqtlarda  qo‗llaniladi.  Yedirilishga 



chidamlilikni  va  antifriksion  xususiyatlarni  oshirish  maqsadida  chayqalish 

podshipniklariga  ―esilam‖  turidagi  sirt-faol  modda  bilan  ishlov  berilgan. 

Podshipniklarni  tomchilatib  moylash,  12  markali  urchuq  moyida,  muvofiq 

uchlikning yuqorigi shtutserida o‗rnatilgan moydon orqali amalga oshiriladi.   

Apparatning  mustahkam  ishlashi  uchun,  uning  elektr  yuritgichi  rotori 

bo‗shlig‗iga  reaksion  muhit  tushib  qolishi  ehtimolini  oldini  olish  zarur.  Shu 

maqsadda rotor bo‗shlig‗idagi gaz bosimini apparatning reaksion muhiti bosimidan 

ortiq ushlanadi. Bosimlar o‗zgartirilishi apparatning elektr yuritgichida o‗rnatilgan 

gaz  berilishini  ko‗rsatib  turadigan  asbob  orqali  amalga  oshiriladi.  Uzatiladigan 



37 

 

inert  gaz  sarfi  Du=6mm  bo‗lgan  ventil  yordamida  rostlanadi  va  ko‗rish  oynasi 



orqali,  bo‗yicha  T  markali  vazelin  bilan  to‗ldirilgan,  ichki  bo‗shliqda  gaz 

pufakchalarining  o‗tishiga  ko‗ra  nazorat  qilinadi.  Gazni  berilishini  ko‗rsatib 

turadigan  asbob  teskari  klapanga  ega  bo‗lib,  u  apparatdagi  suyuqlik  sathining 

ehtimoliy chayqalishlari vaqtida chayqalish podshipniklarining kesonli himoyasini 

ta‘minlaydi. 

Yig‗ilgan  bo‗g‗iz,  issiqlik  to‗sig‗i  vazifasini  bajaruvchi  g‗ilof  bilan 

jihozlangan  bo‗lib,  g‗ilofga  sovituvchi  suv  beriladi.  Issiqlik  to‗sig‗i  stator  g‗ilofi 

bilan ketma-ket ulangan bo‗lishi mumkin.  

Apparatning  elektr  isitgich  qurilmasi,  issiq  izolyatsiya-  perlitli  qum  bilan 

to‗ldirilgan,  portlashdan  muxofazalovchi  g‗ilofga  joylashtirilgan.  Elektr 

energiyasining berilishi, portlashdan muxofazalangan klemmali quti orqali amalga 

oshiriladi. 




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling