O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnologiya instituti


VULKANLOVCHI QOZONNI  ISHLASH PRINSIPI


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/38
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#250183
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
qoliplanmaygan rezinatexnik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqarish quvvati yiliga 8 tonna

VULKANLOVCHI QOZONNI  ISHLASH PRINSIPI 

 

Umumiy  ma`lumotlar.  Vulkanizatsiya  qozonlari  qolipsiz  mahsulotlar,  klin 



tasmalari, rezinalangan vallar, o`ramli rezina plastinalari, rezina oyoq kiyimlari va 

boshqa  rezina  va  ebonitdan  tayyorlanadigan  mahsulotlar  olishda  ishlatiladi. 

Vulkanizatsiya  qozonlari  ikki  turda  ishlab  chiqariladi:  bug`-ko`ylakli  va  bug`-

ko`ylaksiz 

qozonlar. 

Bug`-ko`ylaksiz 

qozonlarida 

rezina 


mahsulotlarini 

vulkanizatsiya  qilish  to`yingan  bug`  yoki  qizdirilgan  siqilgan  havo  muhitida 

amalga  oshiriladi.  Bug`-ko`ylakli  kozonlarda  esa  vulkanizatsiya  faqat  qizdirilgan 

havo muhitida amalga oshiriladi. 

Qozonning  ichki  diametri  va  ishchi  qismining  uzunligi  qozonning 

vazifasidan  kelib  chiqib  tanlanadi.  Rezina  oyoq  kiyimlarini  vulkanizatsiya 

qiladigan  qozonlarning  diametri  3  m,  uzunligi  10-25  m  gacha  bo`ladi.  Ikkala 

tomonida  qopqoqlar  mavjud.  Oyoq  kiyim  vulkanizatsiyasi  avval  qizdirilgan  havo 

muhitida, so`ng  esa bug`li havo  muhitida  bajariladi. Buning uchun qozonlar  bug` 

uchun  zmeeviklar  (shanglar)  bilan  va  qozonni  bug`  bilan  to`ldirish  uchun 

truboprovod bilan ta`minlanadi. 

Vulkanizatsiya qozonlari ichki diametri 800 dan 2000 mm gacha va uzunligi 

1500 dan 22000 mm gacha qilinib tayyorlanadi. 

Apparatni inert gaz yordamida puflab tozalanadi. Inert gazini, gazni uzatish 

ko‗rsatkichi  orqali  uzatiladi,  uning  sarfini  ventil  yordamida  rostlab  turiladi. 

Apparatga xom ashyo uzatiladi va apparatdagi bosimni manometr bo‗yicha nazorat 

qilinadi.  Elektr  yuritgich  ishga  tushiriladi.  Xom  ashyoni  uzatish  va  mahsulotni  

chiqarib  olishni  ventillar  orqali  rostlab  turiladi. 

 

Apparatni  ishchi  muhit  bilan  to‗ldirib  yubormaslik,  ishchi  muhitni 



podshipniklarga  tushib  qolishi,  ularni  muddatidan  oldin  ishdan  chiqaradi. 

Apparatni  to‗ldirilishini nazorat qilish quyidagicha amalga oshiriladi: 

-  davriy  jarayonlarda  apparatga  qo‗yilayotgan  suyuqlik  hajmini  o‗lchash 

orqali; 


-  uzluksiz  jarayonda  gaz  chiqishi  shtutseri  orqali  suyuqlikning  qayta  oqishi 

bo‗yicha. 




25 

 

Rezina  qorishmalari  tayyorlashda  kerak  bo‗ladigan  material  va  mashinalar: 



laboratoriya  valsi,  rezina  qorishmalarini  sovutish  vannasi,  texnik  tarozi  toshlari 

bilan,  valsda  ishlatiluvchi  pichoq,  kauchuklarni  kesish  uchun  pichoq,  o`lchov 

idishlar, ingrediyentlarni solish uchun qoshiq, ninash termopara, qo‗ng‗iroqli soat, 

shyotka, moyli qalam, kauchuk va ingrediyentlar. 

Rezina 

qorishmasini 

tayyorlash 

texnologik 

jarayoni 

elastomer 

kompozitsiyalarini  tayyorlashda  asosiy  jarayonlardan  biri  hisoblanadi.  Jarayonni 

maqsadi  kauchukka  suyuq  va  qattiq  ingrediyentlarni  qo‗shib,  ular  asosida  bir  xil 

tarkibli yuqori texnologik, fizik-mexanik xossaga ega bo‗lgan kompozitsiya olish. 

Elastomer kompozitsiyani sifati asosan kauchuk va ingrediyentlarni sifatiga rezina 

qorishmasini tayyorlash texnologik jarayoniga rioya qilishga bog‗liq bo‗ladi. 

Laboratoriya  sharoitida  rezina  qorishmasini  tayyorlash  uchun  tayyor 

ingrediyentlarni  rezina  qorishmasini  tayyorlash  mashinasi  hajmiga  qarab  retsept 

asosida tarozida tortib olinadi. 

Mashina  ishchi  holiga  olib  kelinib,  rezina  qorishmasini  tayyorlash 

texnologik kartasi asosida qorishma tayyorlanadi.  

Tayyorlangan  rezina  qorishmasi  suvda  yoki  sovuq  havoda  sovutilib, 

tindirishga  qo‗yiladi.  Tindirish  vaqti  kauchukni  markasiga  qarab  aniqlanadi. 

Tindirilgan rezina qorishmasidan texnologik va fizik-mexanik xossalari aniqlanadi. 

Rezina  ishlab  chiqarish  zavodlari  og‗ir  uskunalar  bilan  jihozlangan  ko‗p 

miqdorda  elektroenergiya,  issiqlik,  gidravlik  energiyalar  talab  qiladi.  Shuning 

uchun  ishlab  chiqarishni  shunday  tashkil  qilish  kerakki,  unda  ekspluatatsiya 

xarajatlarini minimumga olib kelsin.  

Rezina sanoati xom-ashyolarini saqlash, uzatish va o‗lchash. Rezina sanoati 

korxonalarining  o‗ziga  xosligi  ishlab  chiqarishida  xilma-xil  materiallar 

qo‗llanishidir.  Bu  materiallar  turli  qadoqlangan  holda  korxonaga  keladi  ya‘ni 

yog‗och yoki metall bochkalarda, qog‗oz yoki matoli qoplarda, qutilarda (korobka) 

va boshqa idishlarda keltiriladi. Korxonaga keltiriladigan barcha materiallar texnik 

shartlarga javob beradigan omborlarda saqlanishi kerak. Omborlar bevosita ishlab 

chiqarish  sexlariga  va  transport  tarmog‗iga  yaqin  holatda  joylashgan,  ya‘ni 




26 

 

bog‗langan  holda  yuklash,  tashish  uskunalari  (kara,  kran)  bilan  jihozlangan, 



harakatlar uchun yo‗laklar bo‗lishi kerak. 

 

Yuklarni  omborlarga  joylashtirish  korxonalarida  karalar  yordamida  tashiladi 



va  yuklar tashish  qulay  bo‗lishi  maqsadida  poddonlarga  joylashtiriladi.  Bu  donali 

materiallarni  yuklash  –  tushirish  ishlarini  (20-40%)ga  kamaytiradi.  Ko‗pgina 

hollarda  omborxona  korpuslari  ishlab  chiqarish  korpuslari  bilan  yonma-yon 

joylashadi. 

Sochiluvchan kukun va suyuq materiallar maxsus konteynerlarda, bunkerlarda 

saqlanadi. Bu idishlarni sig‗imi 1,5 dan 3,6 gacha tashkil etadi. 

Kauchukning  xossalari  uzoq  saqlash  davomida  o‗zgarishi  mumkin.  Bunga 

asosan  kislorod  ta‘sirida  kechishi  mumkin.  Saqlash  uchun  sharoit  doimiy  harorat 

va  havo  namligi.  Kondensat  namligi  yuqori  bo‗lgan  holatlarda  kauchukning 

buzilishi  kuzatiladi.  Kauchuklarni  saqlash  uchun  optimal  sharoit  10-15

0

C  harorat 



va  70-75%  havoning  nisbiy  namligi.  Ombor  poli  yog‗ochdan  va  deraza  oynalari 

sariq  yoki  yashil  rangga  bo‗yalgan  bo‗ladi.  Kauchuk  yonuvchan,  shuning  uchun 

ochiq  olovdan  foydalanish  xavfli.  Ombor  yong‗inganga  qarshi  vositalar  bilan 

jihozlangan  bo‗lishi  kerak.  Mog‗orlangan  kauchuk  5  yil  saqlanganda  25% 

massasini  yo‗qotadi,  mog‗orlanmagan  kauchuk  1,3%.  Kauchuk  32-34  kg  li 

kiplarda ishlab chiqariladi.   

Ayrim  sochiluvchan  va  suyuq  materiallar  idishsiz  holda  maxsus  jihozlangan 

omborlarda saqlanadi va transport qilinadi. Bu omborlar hajmi korxona quvvatidan 

va  zaxira  miqdoridan  kelib  chiqib  belgilanadi.  Eng  ko‗p  sochiluvchan  kukun 

materiallar  bu  tuldiruvchilar  -  texnik  uglerodlar,  kaolin  va  boshqalar.  Bu  kabi 

materiallar korxonaga maxsus temiryo`l vagon-bunkerlarida keltiriladi. 

Vagon-bunkerlarga  zichligi  300-400  kg/m

bo‗lgan  texnik  ugleroddan  50  t 



gacha  yuklanadi  va  maxsus  400  ml.  to‗kish  qopqoqli  tuynuklar  (lyuk)  orqali 

voronali  surish  konveyerlari  to‗kiladi  va  elevatorlar  yordamida  bunkerlarga 

yuboriladi.  



27 

 

Suyuq  materiallar  korxonaga  temiryo‗l  sisternalarida  yoki  bochkalarda 



keltiriladi  va  shlanglar  orqali  idishlarga  bo‗shatiladi  va  nasoslar  yordamida 

quvurlar orqali ishlab chiqarish sexlariga uzatiladi.  

Idishlar  qishki  mavsumni  hisobga  olgan  holda  qizdirish  uskunalari  bilan 

jihozlanishi zarur. 

Sanoatda  transportlarni  tashqi,  korxona  ichkarisida  va  sex  ichkarisidagi 

turlarga  bo‗linadi.  Tashqi  transport  tashish  xom  ashyo  materiallar  olib  kelish  va 

tayyor mahsulotni iste`molchiga yuborishdan iborat. Korxona ichkarisidagi tashish 

ishlari  xom  ashyolarni  omborlarga  joylashtirish,  ishlab  chiqarishga  uzatish  va 

tayyor  mahsulotni  omborga  qabul  qilishdan  iborat.  Sexlar  ichidagi  tashish  xom 

ashyo  va  polufabrikatlarni  dastgoxga  yetkazish  ketma-ketligidan  iborat  va  ishlab 

chiqarish  hajmidan  kelib  chiqib,  ko‗p  hollarda  konveyer  usuli,  elektrokaralar 

yordamida tashish tanlanadi.

   

Ishchi  muhit  temperaturasini    elektr  isitgich  qurilmasi  Enu  vositasida 



texnologik  reglamentga  mos  holda  belgilanadi.  Ushbu  apparatdagi  muhitning 

qizishini  va  ish  jarayonidagi  zaruriy  temperaturani  o‗zgartirish  va  ushlab  turishni 

ta‘minlaydi.  Ishchi  muhitning  temperaturasini  rostlashni,  muhit  temperaturasini 

rostlovchi  asbobdagi  ma‘lumotlarni  o‗zgartirish  orqali  amalga  oshiriladi.  Apparat 

korpusida  ishlangan  issiqlik  almashinish  qurilmasi,  ishchi  muhitni  tezda  sovitish 

uchun  xizmat  qiladi.  Ish  jarayonida  apparatdan  namuna  olish  uchun  germetik 

namuna  olgichlardan  foydalaniladi.  Apparat  ishlab  turgan  vaqtida  ta‘mirlash 

ishlarini olib borish taqiqlanadi. 

Apparat ishi quyidagi sharoitlarda to‗xtatilishi zarur: 

a) nazorat o‗lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalari nosoz bo‗lganda; 

b) apparatdagi bosim ruxsat etilganidan ortib ketgan vaqtida; 

v)  elektr  yuritgich  ishlayotgan  vaqtida  tashqi  shovqin  va  vibratsiyalarning  paydo 

bo‗lishi;  

g) apparaturalarga xavf tug‗diradigan yong‗inlarning yuzaga kelishi; 

d) stater bo‗shlig‗idagi moy bosimining ortib ketishi vaqtida. 



28 

 

Apparat ishlayotgan vaqtida quyidagilarni muntazam ravishda kuzatib turish 



zarur: 

a) texnologik reglamentga rioya qilinishini; 

b)  inert  gazni  ekranlanuvchi  gilzaning  ichki  bo‗shlig‗iga  to‗xtovsiz  uzatib 

berilishini; 

v)  elektr  yuritgich  g‗ilofiga  va  bo‗g‗izning  elektr  to‗sig‗iga  sovituvchi  suvni 

muntazam ravishda uzatishni; 

g)  urchuq  moyini  maydonga  o‗z  vaqtida  qo‗shib  turishni  va  moy  ajratgichdan 

chiqarib olinishini; 

Moyni  qo‗shish  va  chiqarib  olishni  apparat  to‗xtatilganda  va  bosim 

atmosfera bosimigacha pasaytirilganda amalga oshiriladi. 

Yong‗inga xavfli, portlashga xavfli va zaharli moddalar bilan ishlash vaqtida 

moyni  qo‗shish  va  chiqarib  olishni,  apparatni  bo‗shatib,  yuvib,  inert  gaz  bilan 

puflab tozalangandan so‗ng amalga oshiriladi. 

d) shtutser va flanets birikmalarining germetrikligini; 

e)  barcha  nazorat  o‗lchov  asboblarini  sozligini  o‗z  vaqtida  tekshirish  va  ularda 

muxr va klemmalarning borligini$ 

j) transformator moyining oqib ketishiga yo‗l qo‗ymaslikni; 

 

Smenada kamida bir marotaba apparatni tashqi ko‗rigini amalga oshiring, 



bu vaqtda quyidagilarni tekshiring: 

-  apparatning  tashqi  yuzasida  va  pasport  tablichkalarida  pachoq  bo‗lgan 

joylarning, korroziyaning va boshqa buzilishlarning bo‗lmasligini; 

-  o‗lchov 

asboblarining, 

bloklovchi 

qurilmalarining 

va 


boshqaruv 

asboblarining holatini; 

-  elektr  yuritgich  korpusi  va  kiritgich  qutisi  qopqoqlaridagi  muxrlarning 

borligini va ularning butunligini; 

-  barcha mahkamlagich detallarining borligini va holatini; 

-  elektr ta‘minoti simlarining zichlanishi holatini; 

-  yerda  ulanish  holatini,  tashqi  yerga  ulanish  qisqichlari  tortilgan  bo‗lishi  va 

ularda korroziya izlari bo`lmasligi shart. 




29 

 

-  stator bo‗shlig‗idagi moy ortiqcha bosimining bo‗lmasligini;  



-  elektr yuritgich korpusi qopqog‗ida moy sathi ko‗rsatkichi yordamida, stator 

bo‗shlig‗idagi moy sathini; 

 Apparatni, undagi detallar yemirilganda va boshqa nosozliklar  mavjud bo‗lganda 

ekspluatatsiya qilish qat‘iyan ma‘n etiladi. 

 Apparatni o‗chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

1.  elektr isitgich qurilmasini o‗chirish; 

2.  zarur  bo‗lib  qolganda  ishchi  muhitni,  apparat  korpusidagi  issiqlik 

almashinish qurilmasi yordamida sovutish; 

3.  xom  ashyoni  uzatish  va  mahsulot  chiqishi  truba  quvirlaridagi  ventillarni 

yopish; 


4.  elektr yuritgichni o‗chirish; 

5.  elektr  yuritgich  g‗ilofiga  va  bo‗g‗iz  issiqlik  to‗sig‗iga  sovituvchi  suvni 

uzatish ventilini yopish; 

6.  apparatni bo‗shatish; 

7.  gazni  xaydash  ventili  yordamida  apparat  bosimini  atmosfera  bosimigacha 

pasaytirish; 

8.  apparatni inert gaz yordamida puflab tozalash; 

9.  apparatni yuvish; 

10. gazni uzatish ko‗rsatkichidagi inert gazni uzatish ventilini yopish; 

Apparatdan,  yong‗inga,  portlashga  xavfli  va    zaharli  hamda  korrozion 

mahsulotlarni saqlash maqsadida foydalanilmaydi. 

 

 



 

 

 




30 

 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling