bo„yicha guruxlanishi; Sarflar va xarajatlar shakllanish boshqaruvida xarajatlar
turini inobatga olgan sarflar tasnifi muxim axamiyatga ega va u kalkutsiya
moddalari xamda sarflar elementlari bo‗yicha ko‗riladi.
Xarajatlarning kalkutsiya moddalari bo‗yicha guruxlanishi ushbu
xarajatlarni xosil bo‗lgan o‗rni (joy) ni aks ettiradi va bir tur yoki bir o‗lcham
maxsulot ishlab chiqarish uchun ketgan sarflarni rejalash, xisobga olish va
aniqlashda qo‗llaniladi.
Xarajatlarning sarf elementlari bo‗yicha guruxlanishi esa xarajatlar qayorda
va qaysi maqsadlarga safrlanishidan qatiy nazar ishlab chiqarishga ketgan sarflar
smetasini tuzishda qo‗llaniladi. Ushbu smeta korxona ishlab chiqaradigan hamma
maxsulotining hajmiga ketgan sarflarni aniqlaydi.
Maxsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etuvchi xarajatlar iqtisodiy
mazmundorligiga binoan quyidagi elementlar bo‗yicha guruxlanadilar:
-
ishlab chiqarish moddiy sarf xarajatlar (qayta ishlanadigan chiqindilar
qiymati ayrilgan xolda);
-
ishlab chiqarish xarakteriga ega mexnat haqi sarf xarajatlar;
-
ishlab chiqarishga taaluqli ijtimoiy sug‗urta ajratmalar;
-
asosiy fondlar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi;
-
boshqa ishlab chiqarish xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |