O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo – texnologiya instituti


Download 0.59 Mb.
bet8/18
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#265969
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
kurs ishi


Adsorbsiya jarayoni


Gaz, bug' yoki eritmalar aralashmalari tarkibidagi bir yoki bir necha liomponentlarni qdttiqjism (adsorbent) yuzasi va g'ovaklari hajmida yutilish jarayoni adsorbsiya deb ataladi. Adsorbsiya paytida yutilayotgan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Adsorbent tarkibiga yutilib bo'lgan modda esa adsorbat deyiladi.

Sanoatda adsorbsiya jarayoni gazlarni tozalash va quritish, eritmalarni tozalash va tindirish hamda gaz va bug' aralashmalarini ajratish uchun qo'llaniladi. Masalan, havo va boshqa gazlar aralashmalaridan uchuvchan erituvchilarni ajratish, ammiakni kontakt qurilmasiga berishdan oldin tozalash, tabiiy gazni quritish, koks gazidan aromatik uglevodorodlami ajratish, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarishlarida adsorbsiya jarayoni keng qo'llaniladi. Bu usul yordamida xomashyo va mahsulotlarning sifatini ham yaxshilash mumkin.

Sanoat gazlarini turli zaharli moddalardan adsorbentlar yordamida tozalash atrof- muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Adsorbsiya jarayonlari odatda, desorbsiya jarayoni bilan chambarchas bog'langan bo'ladi. Adsorbent tarkibidagiyutilgan moddani ajratib chiqarish desorbsiya deyiladi.

Qattiq jismning yuzasiga ta'sir qilayotgan kuchlarning tabiatiga ko'ra adsorbsiya ikki xil bo'ladi: ftzik adsorbsiya vaxemosorbsiya. Fizik adsorbsiya molekular kuchlarning o'zaro ta'sir etishiga asoslangan. Xemosorbsiya esa kimyoviy kuchlarning o'zaro ta'sirlanishi orqali yuz beradi.

Yutilish jarayonlari qatoriga ion almashinish ham kiradi. Ion almashinish qattiq jism va suyuqlik o'rtasida yuz beradigan murakkab diffuzion jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda qattiq jism (ionit) o'zining tarkibidagi ionlarni eritmadagi tegishli ionlar bilan almashtiradi. lonitlarikki xil bo'ladi: 1) kationitlar; 2) anionitlar. Eritma tarkibidan ajratib olinishi lozim bo'lgan ion ionitda yutiladi va so'ngra regeneratsiya yo'li bilan ajratiladi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling