O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2008 y. 2009 y.*
- O’zbekiston 1161,8 433,1 728,7 1183,7 445,8 737,9 1530,5 751,2
- Viloyatlar: Andijon 110,6 42,7 67,9 110,9 44,0 66,9 154,6 68,0 86,6 Buxoro
- Jizzax 50,5 14,9 35,7 51,7 15,3 36,3 40,7 22,4 18,3 Qashqadaryo
- Navoiy 38,9 12,9 26,0 38,9 13,3 25,6 36,5 17,5 18,9 Namangan
- Samarqand 94,8 43,9 50,9 103,4 45,3 58,1 242,0 15,9 126,1 Sirdaryo
- Surxondaryo 21,9 12,9 9,0 22,2 13,3 8,9 51,6 20,1 31,4 Toshkent
- Farg’ona 164,0 44,0 120,0 163,3 45,4 117,9 246,1 107,0 139,1 Xorazm
2.1-jadval 2007-2009 yillar boshida O’zbekiston Respublikasi viloyatlari bo’yicha bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaradigan fuqarolar sonining o’zgarishi* (ming kishi) Hududlar 2007 y. 2008 y. 2009 y.* jami shu jumladan vaqtinchalik jami shu jumladan vaqtinchalik jami shu jumladan vaqtinchalik bir martalik ishlar mav- sumiy ishlar bir martalik ishlar mav- sumiy ishlar bir martalik ishlar mav- sumiy ishlar O’zbekiston 1161,8 433,1 728,7 1183,7 445,8 737,9 1530,5 751,2 779,3 Qoraqalpog’iston Respublikasi 90,4 51,9 38,5 90,5 52,5 38,0 79,0 44,1 34,9 Viloyatlar: Andijon 110,6 42,7 67,9 110,9 44,0 66,9 154,6 68,0 86,6 Buxoro 38,8 17,7 21,1 39,0 18,3 20,8 86,2 12,8 43,8 Jizzax 50,5 14,9 35,7 51,7 15,3 36,3 40,7 22,4 18,3 Qashqadaryo 146,4 45,0 101,4 151,2 46,5 104,8 101,0 50,2 50,9 Navoiy 38,9 12,9 26,0 38,9 13,3 25,6 36,5 17,5 18,9 Namangan 52,2 19,5 32,8 55,4 20,1 35,3 105,6 55,2 50,4 Samarqand 94,8 43,9 50,9 103,4 45,3 58,1 242,0 15,9 126,1 Sirdaryo 80,9 7,8 73,1 83,2 8,0 75,2 91,3 34,0 57,3 Surxondaryo 21,9 12,9 9,0 22,2 13,3 8,9 51,6 20,1 31,4 Toshkent 86,5 29,6 56,9 86,6 30,5 56,1 71,0 94,7 76,4 Farg’ona 164,0 44,0 120,0 163,3 45,4 117,9 246,1 107,0 139,1 Xorazm 46,2 16,9 29,3 46,3 17,4 28,8 49,9 21,3 28,6 Toshkent shahri 139,6 73,5 66,1 141,1 75,8 65,1 74,9 58,3 16,6 *Manba: Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan. orqada qolib kelganlar. Bunga misol sifatida aytadigan bo’lsak, hozirgi davrda O’zbekistondagi korxona va tashkilot rahbarlarining atigi 28,0 %ga yaqini ayollardan tashkil topgan. Bu ayollar va erkaklarning ish bilan bandlik xususiyatidagi tabaqalanishni birmuncha kuchaytiradi. Endilikda bu tafovutlarni kamaytirish chora-tadbirlari ko’rilmoqda, bu hol ayollarning ish bilan bandlik darajasini oshirishda ma’lum darajada ijobiy siljish imkonini beradi. Shu bilan birga, ayollar ishchi kuchining o’ziga xos tomonlarida aniqlik hal qiluvchi rol’ o’ynaydi. Binobarin, bu omil qanchalik to’laroq hisobga olinsa, ayollar kasbiy mehnatining aholini ko’paytirish bilan birga qo’shib olib borilishi uchun eng yaxshi 50 ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yaratiladi. Shuni ham aytish kerakki, ish bilan samarali bandlikni shakllantirishda ayollarning roli ular mehnat resurslarining faqat son va sifat tarkibi bilan emas, shu bilan birga ayol-onaning sog’lom avlodni tarbiyalash sohasiga qo’shgan hissasi bilan ham belgilanadi. Ayollardagi onalik vazifasi bilan bir qatorda psixofiziologik xususiyatlar bog’langan bo’lib, bu ularning mehnat sharoitlariga oshirilgan talablar qo’yilishini taqozo etadi. Agar texnikadan foydalanilsa, erkaklar va ayollar ishchi kuchini tatbiq etishdagi farqlar ma’lum darajada birxillashuvi mumkin. Shu bilan birga mehnat va dam olishni tashkil etish ham ayollar organizmi xususiyatlariga ko’proq darajada mos kelishi lozim. O’zbekistonda ayollar ish bilan bandligining yuqori darajada ekanligi ayollar ish kuchining yangi xislatlari tarkib topishiga yordam beradi. Ayollar uchun kasb mehnati ular hayotining ajralmas bir qismiga aylanadi. Ish bilan bandlikda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalari ularning mamlakat mehnat potensialini shakllantirishdagi roli bilan belgilanadi. Bu guruhda shartli ravishda ikki katta guruhni – o’quvchilar va ishlovchi yoshlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Mehnat bozoriga chiqadigan va ish bilan bandlikka ko’maklashuv Markazlari xizmatiga murojaat qiladigan yoshlarning umumiy soni kadrlarning bo’shash ko’lami bilan belgilanadi. Bunda ko’p narsa xodimlar qaysi tarmoqlardan bo’shashiga bog’liq bo’ladi. Agar bular mashinasozlik, to’qimachilik sanoati tarmoqlarida bo’lsa, bu joylarda ishlovchi ishlarning ulushi ko’proq bo’ladi va ular orasida ishsizlik soni ortadi. Yoshlar o’rtasidagi ishsizlik miqyosini tartibga solib turishning muhim usuli faoliyatning asosiy sohasi bo’lgan ehtiyojini pasaytirishdan iborat bo’lib, bunga ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oladiganlar sonini ko’paytirish, kichik yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalari bor yosh ayollarga nisbatan esa oilalarga ijtimoiy yordam berishni yaxshilash yo’li bilan erishiladi. O’qiyotgan yoshlar sonini kengaytirishning ikkita yo’nalishi bo’lishi mumkin. Birinchisi ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ikkinchi yo’nalishga vaqtincha chora sifatida qarash mumkin va u kollej o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida mehnat bozori ehtiyojlarining o’zgarib borishiga muvofiq qayta ixtisoslashuv natijasida ta’lim olish muddatini uzaytirishdir. O’rta yoshli kishilar (30-49 yosh) – O’zbekiston mehnat resurslarida eng ko’p sonli guruh bo’lib, umumiy mehnat resurslarining 55,0 %dan ortig’ini tashkil etadi. Uning o’ziga xos xususiyati milliy iqtisodiyotda ish bilan bandlikning eng yuqori darajasiga erishilishidir. Mazkur ijtimoiy-demografik guruh xodimlaridan, asosan, kasb manfaatlari barqaror aniqlangan. Shuning uchun, ham bu guruhda ish o’rnini o’zgartirishga intilish boshqa ijtimoiy-demografik guruhlarga nisbatan ancha kamroqdir. 50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli yoshdagi kishilarning (10,0%) ish bilan bandligi mazkur guruhning yosh xususiyatlari bilan belgilanadi: bu ijtimoiy imkoniyatlarning pasayishi, kasbiy bilimlarning yuqori darajasi, katta amaliy tajribaning mavjudligidir. Mazkur ijtimoiy-demografik guruhda ish bilan bandlik darajasi keskin kamayadi. Buning sababi sog’liqning holati, shuningdek, imtiyozli pensiya olish imkoniyatidadir. Pensiya yoshi arafasidagi aholi guruhiga ish bilan bandlik xususiyati jihatidan pensiya yoshining dastlabki besh yili ancha yaqin bo’ladi. Xuddi shular pensiya yoshdagi mehnatda faol aholining (5-6%) o’zagini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda ana shu yoshdagi guruhning 51 o’ziga xos xususiyati shuki, bunda ma’lumot darajasi past bo’lgan kishilarning ulushi ko’proq bo’ladi va pensionerlarning ko’pchiligini ayollar tashkil etadi. Bu esa pensionerlar mehnatidan foydalanish sohasini toraytirib qo’yadi, buning ustiga ular kamharakatchanlik bilan ajralib turadilar. Bu esa ularni tarmoqlar, kasblar bo’yicha qayta taqsimlash imkoniyatini pasaytiradi. Katta yoshdagi xodimlar mehnat haqining qaror topgan darajasiga ko’nikibroq qaraydilar va hatto noqulay iqtisodiy o’zgarishlar tufayli ish haqining pasayishiga ham qarshilik qilmaydilar. Shu bilan birga ko’pgina korxona va muassasalarning ma’muriyati mehnat jamoalarini saqlab qolishdan manfaatdor bo’lib, yoshlarni ishga qabul qilishga unchalik moyil bo’lmaydilar. Shuning uchun ko’pincha mehnat jamoalarining qariyb qolishi yuz beradi. Katta yoshdagi xodimlar ishdan bo’shatilmaydi, shuningdek, kamroq malaka talab qiladigan mehnatning yuqori darajasi saqlab qolinadi. Bu hol hozircha O’zbekistonda mavjud mehnat bozoriga xos bo’lib turgan xususiyatlardan biridir. Pensiya yoshi arafasidagi va pensiya yoshidagi kishilarning ma’lumot darajasi, yuqorida aytganimizdek, birmuncha pastroq bo’ladi. Ular ko’p hollarda kam malaka talab qiladigan, aholining boshqa guruhlari uchun unchalik nufuzli bo’lmagan ishlarni bajarib yuradilar. Bularning hammasi katta yoshdagi kishilarning ish bilan bandligini ishchi kuchi etishmagan yillarda qaror topgan an’ana saqlanishiga ko’maklashadi. Katta yoshdagi kishilar guruhi mehnatiga talabi kelgusida qanday bo’lishiga kelsak, bu hol iqtisodiyotni rivojlantirish va mehnat bozorini shakllantirishning tanlangan variantlariga bog’liq. Bordi-yu, ishchi kuchiga bo’lgan umumiy talabning qisqarishi natijasida iqtisodiyotning ahvoli yomonlashadigan bo’lsa, u holda katta yoshdagi xodimlarning mehnat sohasidan ketishi tezlashadi. Aholining barcha ijtimoiy-demografik guruhlarining ish bilan bandligini aks ettiruvchi eng muhim omil uning harakatchanlik darajasidir. Harakatchanlik umumiy tushuncha bo’lib, aholining ijtimoiy maqomi, kasbga mansubligi, yashash joyining o’zgarishlariga hozirligini aks ettiradi. Bunda hududiy harakatchanlik ishchi kuchi «bozor» holatining eng muhim sifat belgilaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonda migratsiya jarayonlari islohotdan avvalgi yillarda ma’lum darajada iqtisodiy rivojlanishning rejalilik omili bilan belgilanib kelinardi. Shuning uchun ham ishchi kuchining harakatchanligiga doir yangi sifat darajasining shakllanishi va uning migratsiya jarayonida aniq namoyon bo’lishini mutaxassislar eng muhim ilmiy va amaliy tizimga kiritadilar. Iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligi makroiqtisodiyotda juda muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholi moddiy boyliklar ishlab chiqarishda xizmat ko’rsatish hamda iste’mol qiymatlarini yaratishda potensial ishtirok etish qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslar yig’indisidir. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) va O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoyalash vazirligining milliy xususiyatlarni hisobga olgan tasnifiga ko’ra iqtisodiy faol aholi tarkibiga mehnatga yaroqli ish bilan band bo’lganlar va ishsizlar kiritiladi. Ish bilan bandlik deganda ishga ega bo’lgan mehnatga layoqatli aholi tushuniladi (2.1-chizma). Ish bilan band bo’lganlarga (har ikki jinsga mansub 16 yosh va undan katta bo’lgan): 52 - haq olish uchun to’la yoki to’liqsiz ish kuni shartlarida yollanma ish, shuningdek faoliyat uchun bevosita to’lov yoki daromadni olish muddatidan qat’i nazar, daromad keltiruvchi boshqa ishni mustaqil yoki ayrim fuqarolar uchun bajarib turganlar; - turli sabablarga ko’ra (kasallik, ta’til, mehnat safarlari, qayta tayyorlash va boshqalar) vaqtincha ish joyida yo’q bo’lganlar; - xususiy korxona va tadbirkorlikda maosh olmay ishni bajarib turganlar kiritiladi. Ishsizlarga esa 16 yosh va undan katta bo’lgan yoshdagi o’zlariga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra: Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling