O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Ish bilan bandlik sohasida ijtimoiy-demografik guruhlarning taklifi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

Ish bilan bandlik sohasida ijtimoiy-demografik guruhlarning taklifi. Aholini ish 
bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga xos xususiyatlar, shu jumladan, ish bilan 
bandlik turlari, kasb-malaka guruhlari bo’yicha taqsimlashdagi qonuniyatlar kishilarning 
yoshi va jinsi bo’yicha farqlanishi bilan ifodalandi. 
Aholining ijtimoiy-foydali faoliyatda qatnashish xususiyati bo’yicha jins-yosh 
guruhlarini ijtimoiy-demografik guruhlari deb atash qabul qilingan. Aholining jinsi va 
yoshi bo’yicha ish bilan bandlik xususiyatlarini hisobga olish maqsadida aholining 
quyidagi ijtimoiy-demografik guruhlarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir: erkaklar, 
ayollar, yoshlar (16-29 yoshgacha bo’lgan mehnatda faol aholi), o’rta yoshli kishilar (30-49 
yosh), pensiyaga chiqish arafasidagi kishilar (50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli 
aholi), pensiya yoshidagi kishilar va boshqalar. 
Erkaklar va ayollar eng yirik ijtimoiy-demografik guruhlar bo’lib, ularning 
mehnatidan foydalanish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Aholining mazkur guruhlariga 
tabaqalashgan yondashish asosini jinslarning tabiiy farqlari tashkil etadi. Erkaklar ish 
bilan band aholining 52,2 %ini tashkil etgan holda ko’proq jismoniy kuch va chidamga 
ega, ularning organizmi ayollar organizmiga nisbatan ishlab chiqarish sohasining noqulay 
ta’sirlariga kamroq beriluvchan bo’ladi. Odatda, ularda qat’iyat va ishonch bosimli bo’lib, 
mehnatini tatbiq etish doirasi kasbiy jihatdan ancha kengdir. Ayollar esa ish bilan band 
aholining 47,2 %ini tashkil etgan holda ishdagi sinchkovlik va puxtalik, diqqatlilik, 
sezgirlilik, ta’sirchanlik yaxshi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. 


49 
Uzoq vaqt mobaynida erkak va ayollar ishchi kuchining tabiiy farqlari ularning sifat 
tarkibidagi muhim farqlar bilan bir-birini to’ldirib keldi. Ayollar ma’lumot, kasb 
tayyorgarligi darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy harakatchanligi bilan erkaklardan birmuncha 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling