O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

 
 
 
 
 
2.1-jadval 
2007-2009 yillar boshida O’zbekiston Respublikasi viloyatlari bo’yicha bir 
martalik va mavsumiy ishlarni bajaradigan fuqarolar
sonining o’zgarishi* (ming kishi) 
 
 
Hududlar 
2007 y. 
2008 y. 
2009 y.* 
jami 
shu jumladan 
vaqtinchalik 
jami 
shu jumladan 
vaqtinchalik 
jami 
shu jumladan 
vaqtinchalik 
bir 
martalik 
ishlar 
mav-
sumiy 
ishlar 
bir 
martalik 
ishlar 
mav-
sumiy 
ishlar 
bir 
martalik 
ishlar 
mav-
sumiy 
ishlar 
O’zbekiston 
1161,8 
433,1 
728,7 
1183,7 
445,8 
737,9 
1530,5 
751,2 
779,3 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi
90,4 
51,9 
38,5 
90,5 
52,5 
38,0 
79,0 
44,1 
34,9 
Viloyatlar: 
Andijon 
110,6 
42,7 
67,9 
110,9 
44,0 
66,9 
154,6 
68,0 
86,6 
Buxoro 
38,8 
17,7 
21,1 
39,0 
18,3 
20,8 
86,2 
12,8 
43,8 
Jizzax 
50,5 
14,9 
35,7 
51,7 
15,3 
36,3 
40,7 
22,4 
18,3 
Qashqadaryo 
146,4 
45,0 
101,4 
151,2 
46,5 
104,8 
101,0 
50,2 
50,9 
Navoiy 
38,9 
12,9 
26,0 
38,9 
13,3 
25,6 
36,5 
17,5 
18,9 
Namangan 
52,2 
19,5 
32,8 
55,4 
20,1 
35,3 
105,6 
55,2 
50,4 
Samarqand 
94,8 
43,9 
50,9 
103,4 
45,3 
58,1 
242,0 
15,9 
126,1 
Sirdaryo 
80,9 
7,8 
73,1 
83,2 
8,0 
75,2 
91,3 
34,0 
57,3 
Surxondaryo 
21,9 
12,9 
9,0 
22,2 
13,3 
8,9 
51,6 
20,1 
31,4 
Toshkent 
86,5 
29,6 
56,9 
86,6 
30,5 
56,1 
71,0 
94,7 
76,4 
Farg’ona 
164,0 
44,0 
120,0 
163,3 
45,4 
117,9 
246,1 
107,0 
139,1 
Xorazm 
46,2 
16,9 
29,3 
46,3 
17,4 
28,8 
49,9 
21,3 
28,6 
Toshkent shahri 
139,6 
73,5 
66,1 
141,1 
75,8 
65,1 
74,9 
58,3 
16,6 
*Manba: Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari 
asosida tuzilgan.
 
orqada qolib kelganlar. Bunga misol sifatida aytadigan bo’lsak, hozirgi davrda 
O’zbekistondagi korxona va tashkilot rahbarlarining atigi 28,0 %ga yaqini ayollardan 
tashkil topgan. Bu ayollar va erkaklarning ish bilan bandlik xususiyatidagi tabaqalanishni 
birmuncha kuchaytiradi. Endilikda bu tafovutlarni kamaytirish chora-tadbirlari 
ko’rilmoqda, bu hol ayollarning ish bilan bandlik darajasini oshirishda ma’lum darajada 
ijobiy siljish imkonini beradi. 
Shu bilan birga, ayollar ishchi kuchining o’ziga xos tomonlarida aniqlik hal qiluvchi 
rol’ o’ynaydi. Binobarin, bu omil qanchalik to’laroq hisobga olinsa, ayollar kasbiy 
mehnatining aholini ko’paytirish bilan birga qo’shib olib borilishi uchun eng yaxshi 


50 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yaratiladi. Shuni ham aytish kerakki, ish bilan samarali 
bandlikni shakllantirishda ayollarning roli ular mehnat resurslarining faqat son va sifat 
tarkibi bilan emas, shu bilan birga ayol-onaning sog’lom avlodni tarbiyalash sohasiga 
qo’shgan hissasi bilan ham belgilanadi. 
Ayollardagi onalik vazifasi bilan bir qatorda psixofiziologik xususiyatlar bog’langan 
bo’lib, bu ularning mehnat sharoitlariga oshirilgan talablar qo’yilishini taqozo etadi. Agar 
texnikadan foydalanilsa, erkaklar va ayollar ishchi kuchini tatbiq etishdagi farqlar ma’lum 
darajada birxillashuvi mumkin. Shu bilan birga mehnat va dam olishni tashkil etish ham 
ayollar organizmi xususiyatlariga ko’proq darajada mos kelishi lozim. 
O’zbekistonda ayollar ish bilan bandligining yuqori darajada ekanligi ayollar ish 
kuchining yangi xislatlari tarkib topishiga yordam beradi. Ayollar uchun kasb mehnati 
ular hayotining ajralmas bir qismiga aylanadi. 
Ish bilan bandlikda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalari ularning mamlakat 
mehnat potensialini shakllantirishdagi roli bilan belgilanadi. Bu guruhda shartli ravishda 
ikki katta guruhni – o’quvchilar va ishlovchi yoshlarni ajratib ko’rsatish mumkin. 
Mehnat bozoriga chiqadigan va ish bilan bandlikka ko’maklashuv Markazlari 
xizmatiga murojaat qiladigan yoshlarning umumiy soni kadrlarning bo’shash ko’lami 
bilan belgilanadi. Bunda ko’p narsa xodimlar qaysi tarmoqlardan bo’shashiga bog’liq 
bo’ladi. Agar bular mashinasozlik, to’qimachilik sanoati tarmoqlarida bo’lsa, bu joylarda 
ishlovchi ishlarning ulushi ko’proq bo’ladi va ular orasida ishsizlik soni ortadi. 
Yoshlar o’rtasidagi ishsizlik miqyosini tartibga solib turishning muhim usuli 
faoliyatning asosiy sohasi bo’lgan ehtiyojini pasaytirishdan iborat bo’lib, bunga ishlab 
chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oladiganlar sonini ko’paytirish, kichik yoshdagi va 
maktabgacha yoshdagi bolalari bor yosh ayollarga nisbatan esa oilalarga ijtimoiy yordam 
berishni yaxshilash yo’li bilan erishiladi. O’qiyotgan yoshlar sonini kengaytirishning 
ikkita yo’nalishi bo’lishi mumkin. Birinchisi ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish 
imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ikkinchi yo’nalishga vaqtincha chora sifatida qarash 
mumkin va u kollej o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida mehnat bozori ehtiyojlarining 
o’zgarib borishiga muvofiq qayta ixtisoslashuv natijasida ta’lim olish muddatini 
uzaytirishdir.
O’rta yoshli kishilar (30-49 yosh) – O’zbekiston mehnat resurslarida eng ko’p sonli 
guruh bo’lib, umumiy mehnat resurslarining 55,0 %dan ortig’ini tashkil etadi. Uning 
o’ziga xos xususiyati milliy iqtisodiyotda ish bilan bandlikning eng yuqori darajasiga 
erishilishidir. Mazkur ijtimoiy-demografik guruh xodimlaridan, asosan, kasb manfaatlari 
barqaror aniqlangan. Shuning uchun, ham bu guruhda ish o’rnini o’zgartirishga intilish 
boshqa ijtimoiy-demografik guruhlarga nisbatan ancha kamroqdir.
50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli yoshdagi kishilarning (10,0%) ish bilan 
bandligi mazkur guruhning yosh xususiyatlari bilan belgilanadi: bu ijtimoiy 
imkoniyatlarning pasayishi, kasbiy bilimlarning yuqori darajasi, katta amaliy tajribaning 
mavjudligidir. Mazkur ijtimoiy-demografik guruhda ish bilan bandlik darajasi keskin 
kamayadi. Buning sababi sog’liqning holati, shuningdek, imtiyozli pensiya olish 
imkoniyatidadir.
Pensiya yoshi arafasidagi aholi guruhiga ish bilan bandlik xususiyati jihatidan pensiya 
yoshining dastlabki besh yili ancha yaqin bo’ladi. Xuddi shular pensiya yoshdagi mehnatda 
faol aholining (5-6%) o’zagini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda ana shu yoshdagi guruhning 


51 
o’ziga xos xususiyati shuki, bunda ma’lumot darajasi past bo’lgan kishilarning ulushi 
ko’proq bo’ladi va pensionerlarning ko’pchiligini ayollar tashkil etadi. Bu esa pensionerlar 
mehnatidan foydalanish sohasini toraytirib qo’yadi, buning ustiga ular kamharakatchanlik 
bilan ajralib turadilar. Bu esa ularni tarmoqlar, kasblar bo’yicha qayta taqsimlash 
imkoniyatini pasaytiradi. 
Katta yoshdagi xodimlar mehnat haqining qaror topgan darajasiga ko’nikibroq 
qaraydilar va hatto noqulay iqtisodiy o’zgarishlar tufayli ish haqining pasayishiga ham 
qarshilik qilmaydilar. Shu bilan birga ko’pgina korxona va muassasalarning ma’muriyati 
mehnat jamoalarini saqlab qolishdan manfaatdor bo’lib, yoshlarni ishga qabul qilishga 
unchalik moyil bo’lmaydilar. Shuning uchun ko’pincha mehnat jamoalarining qariyb 
qolishi yuz beradi. Katta yoshdagi xodimlar ishdan bo’shatilmaydi, shuningdek, kamroq 
malaka talab qiladigan mehnatning yuqori darajasi saqlab qolinadi. Bu hol hozircha 
O’zbekistonda mavjud mehnat bozoriga xos bo’lib turgan xususiyatlardan biridir. Pensiya 
yoshi arafasidagi va pensiya yoshidagi kishilarning ma’lumot darajasi, yuqorida 
aytganimizdek, birmuncha pastroq bo’ladi. Ular ko’p hollarda kam malaka talab qiladigan, 
aholining boshqa guruhlari uchun unchalik nufuzli bo’lmagan ishlarni bajarib yuradilar. 
Bularning hammasi katta yoshdagi kishilarning ish bilan bandligini ishchi kuchi 
etishmagan yillarda qaror topgan an’ana saqlanishiga ko’maklashadi. Katta yoshdagi 
kishilar guruhi mehnatiga talabi kelgusida qanday bo’lishiga kelsak, bu hol iqtisodiyotni 
rivojlantirish va mehnat bozorini shakllantirishning tanlangan variantlariga bog’liq. 
Bordi-yu, ishchi kuchiga bo’lgan umumiy talabning qisqarishi natijasida iqtisodiyotning 
ahvoli yomonlashadigan bo’lsa, u holda katta yoshdagi xodimlarning mehnat sohasidan 
ketishi tezlashadi. 
Aholining barcha ijtimoiy-demografik guruhlarining ish bilan bandligini aks 
ettiruvchi eng muhim omil uning harakatchanlik darajasidir. Harakatchanlik umumiy 
tushuncha bo’lib, aholining ijtimoiy maqomi, kasbga mansubligi, yashash joyining 
o’zgarishlariga hozirligini aks ettiradi. Bunda hududiy harakatchanlik ishchi kuchi 
«bozor» holatining eng muhim sifat belgilaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonda 
migratsiya jarayonlari islohotdan avvalgi yillarda ma’lum darajada iqtisodiy 
rivojlanishning rejalilik omili bilan belgilanib kelinardi. Shuning uchun ham ishchi 
kuchining harakatchanligiga doir yangi sifat darajasining shakllanishi va uning migratsiya 
jarayonida aniq namoyon bo’lishini mutaxassislar eng muhim ilmiy va amaliy tizimga 
kiritadilar.
Iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligi makroiqtisodiyotda juda muhim 
ko’rsatkich hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholi moddiy boyliklar ishlab chiqarishda xizmat 
ko’rsatish hamda iste’mol qiymatlarini yaratishda potensial ishtirok etish qobiliyatiga ega 
bo’lgan shaxslar yig’indisidir. 
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) va O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy himoyalash vazirligining milliy xususiyatlarni hisobga olgan tasnifiga ko’ra 
iqtisodiy faol aholi tarkibiga mehnatga yaroqli ish bilan band bo’lganlar va ishsizlar 
kiritiladi. Ish bilan bandlik deganda ishga ega bo’lgan mehnatga layoqatli aholi 
tushuniladi (2.1-chizma). 
Ish bilan band bo’lganlarga (har ikki jinsga mansub 16 yosh va undan katta 
bo’lgan): 


52 
- haq olish uchun to’la yoki to’liqsiz ish kuni shartlarida yollanma ish, shuningdek 
faoliyat uchun bevosita to’lov yoki daromadni olish muddatidan qat’i nazar, daromad 
keltiruvchi boshqa ishni mustaqil yoki ayrim fuqarolar uchun bajarib turganlar; 
- turli sabablarga ko’ra (kasallik, ta’til, mehnat safarlari, qayta tayyorlash va 
boshqalar) vaqtincha ish joyida yo’q bo’lganlar; 
- xususiy korxona va tadbirkorlikda maosh olmay ishni bajarib turganlar kiritiladi. 
Ishsizlarga esa 16 yosh va undan katta bo’lgan yoshdagi o’zlariga bog’liq 
bo’lmagan sabablarga ko’ra: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling