O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
55 III BOB. ISHSIZLIK SABABLARI, XUSUSIYATLARI 3.1. Ishsizlik va uning darajasi Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkibini o’zgartirishda ishsizlikni kamaytirish va aholi ish bilan bandligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ishsizlik muammosini mavjudligshi bozor iqtisodiyoti talablarin ajralmas hususiyatlaridan biridir. Shunday еkan, ishsizlik muammosini hal еtishdan asosiy maqsad – aholi ish bilan bandligini oshirishsh orqali mamlakatda ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shu o’rinda Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: “ Iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal еtish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida е’tibor qaratildi. ”. 1 Mamlakatimizda aholini ish bilan oqilona bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishning samarali chora-tadbirlaridan biri – qishloq joylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mehnat bozorini maqsadga muvofiq shakllantirish hamda uni tartibga solish hisoblanadi. Bu ishchi kuchi talab va taklif o’rtasidagi o’zaro aloqalar va ziddiyatlarni hamda ularni hamkorligini samaradorlik mezonlarini aniqlashga, qishloqlarda yashaydigan aholini kasbiy bilim darajasini oshirishga va ohir oqibatda qishloqlarda ishsizlikni kamaytirishga, pirovardida iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy tadbirlarni maqsadga muvofiq ishlab chiqishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday tadbirlarni ishlab chiqish – sodir bo’layotgan jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq еtilishi, qishloq mehnat bozorini shakllantirish va rivojlantirishning еng muhim muammolarini va ularni echilish yo’llarini aniqlashni talab qiladi. Bugungi kunda iqtisodiyotni yangilash va uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish va mehnat bozorini zamon talablariga muvofiq modernizatsiya qilish negizida qishloqda ishsizlikni kamaytirish va aholini ish bilan bandligini oshirish istiqbollarini belgilashga asoslanadi. Mamlakatimizda ishsizlikni kamaytirish jamiyat rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, mamlakatda aholini ish bilan oqilona bandligini oshirish imkoniyatini 1 Priezidyent I.A.Karimovning 29 yanvar kuni O’zbyekiston Ryespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O’zbyekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning еng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasidan – T.: “O’zbyekiston”, 29.01.2010 yil. 56 beradi. Qishloqda aholini ish bilan oqilona bandligini oshirish ishlab chiqarish hajmini kengaytiradi, pirovardida, aholi farovonligi oshirishga sabab bo’ladi. Ishsizlik va u bilan bog’liq muammolarni mehnat bozoridagi ijtimoiy mehnat munosabatlarini asosiy maqsad mazmunini tashkil kiladi. Ishsizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad aholini ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakatda ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chikishdan iborat. Shu o’rinda, Prezidentimiz I.Karimov bu masalaga alohida to’xtalib: “…2009 yilda global iqtisodiyotning o’sishi taxminan 1 foizga qisqargan bo’lsa, joriy yilda dunyoda iqtisodiy rivojlanish 3 foiz atrofida oshishi mumkin, bu еsa inqirozgacha bo’lgan davrdagi ko’rsatkichlardan ancha pastdir. Tahlilchilarning qayd еtishicha ishsizlik darajasining o’sishi kutilmokda va bu aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi tabiiydir” 1 , - degan еdilar. Haqiqatdan ham, ishsizlik muammosi hozirgi kunda, hal qilinishi muhim masala sifatida qaralmoqda. Chunki, mehnat bozori mexanizmini ishlash omillarini kuzatarkanmiz, mehanizmning barcha tadbirlari ishchi kuchi va uni ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, ishchi kuchi taklifi va ishchi kuchigi bo’lgan talab o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan bo’ladi Ommaviy ishsizlik jamiyatning ayrim a’zolariga ham be’vosita ta’sir ko’rsatadi, bu hol o’z-o’zini o’ldirishlar, ruhiy kasalliklar, yurak-tomir kasalliklaridan o’lishining ko’payishiga olib keladi” 2 . Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, ishsizlikni sabablari va oqibatlarini ko’rib chiqamiz Ishsizlik kelib chiqish sabablari asosan, ish haqini pastligi (mehnat daromadi kamligi), mehnat sharoitlarini qoniqarli darajada bo’lmasligi ish joylarini etishmasligini ko’pgini klassik olimlar o’z ilmiy tadqiqodlarida ilmiy asoslagan bo’lsalar, keyinchalik bozor iqtisodiyoti еvalyutsiyasida shakllangan ancha murakkab ishsizlikni keltirib chiqaruvchi sabablar ham paydo bo’la boshladi. Masalan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va zamonaviy mehnat bozorini rivojlanishi natijasida ishsizlar safiga malaka darajasi pastligi, raqobatga bardosh bera olmaganligi tufayli kirib borayotganlar ham tajribada ko’p kuzatiladi. Ishsizlikni oqibatlarigi to’xtaladigan bo’lsak, mamlakatda ishsizlikni ko’payib ketishi natijasida, avvalo, ish bilan band aholi soni kamayadi, ishsizsik darajasi keskin oshadi va buning oqibatida aholi turmush darajasi pasyayib ketadi. Tabiiyki, bu jarayonlar mamlakat makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatib, mamlakatdagi ishlab chiqarishni pasayishiga, inflyatsiyani oshib ketishiga va kirib kelayotgan tashqi investitsiya oqimini kamayib, oxir-oqibatda milliy iqtisodiyotni izdan chiqishi kabi nohushliklarni keltirib chiqaradi. (3.1 -chizma) Aholini ish bilan bandlik dinamikasi, YaIM bilan ishsizlik o’rtasidagi bevosita aloqaning tasdiqlanmasligi dastlabki qarashda mantiqan zid hodisadir. Ikkita dalil kishini hayratga soldiradi: birinchidan, ishsizlikni YaIMning o’sishiga qiyosan 1 I.A.Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbyekiston sharoitida uni bartaraf еtishning yo’llari va choralari. – T.: “O’zbyekiston”, 2009 – 28-byet. 2 Q.H.Abdurahmonov, Sh.R. Xolmo’minov, N.T.Shoyusupova, N.T.Toxirova, I.A.Bakiyeva. “Myehnat iqtisodiyoti”, Toshkyent – 2005. 57 ilgarilovchi qisqarishi; ikkinchidan, ish bilan bandlikning kamayishi bilan birga ishsizlikning qisqarishi 1 . Bundan tashqari ishsizlikni ahamitli tomoni shundaki, ishsizlikning keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolari sifati ishsizlik keltirib chiqaradigan iqtisodiy zararlarni ham ko’rib chiqamiz: Masalan, sodda qilib aytganda, ishsizlikdan keladigan ijtimoiy – iqtisodiy harajatlarni, ishsizlikni iqtisodiy chiqimlari mahsulot ishlab chiqarmaslik bilan bog’liqdir. Agar iqtisodiyot ishlashni hohlaydiganlar va ishlay oladiganlar uchun etarli miqdordagi ish o’rinlari yaratib berishga qodir bo’lmas еkan, tovarlarni potentsiali ishlab chiqarish va xizmat Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling