O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
3.1. – chizma. Ishsizlik kelib chiqish sabablari va iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari. ko’rsatish butunlay yo’qoladi. Shunday vaziyat vujudga keladiki, unda yalpi milliy mahsulotning hajmi yaratilishi mumkin bo’lgan potentsia-li yalpi milliy mahsulotdan kamroq bo’ladi. Shuning uchun, ishsizlikning bozor iqtisodiyoti uchun «tabiiy» me’yori va hatto zaruriy miqdori degan tushuncha bugungi kunda turli guruh olimlari turlicha talqin qilinadilar. Birinchi guruh olimlari ishsizlikning tabiiy darajasini ish haqi va inflyatsiya 3 Holmo’minov Sh.R, Myehnat bozori iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. “Taraqqiyot XCh”nashriyoti. –T , 2004 yil, 55-56 byetlar Ishsizlik Ish haqini pastligi Myehnat sharoitlari qoniqarli еmasligi Ish joylarini yetishmasligi Tarkibiy o’zgarishlar tufayli ishlab chiqarishni qisqarishi Ish qidiruvchi aholining malaka darajasini pastligi Ish qidiruvchilarni raqobatga bardosh byera olmasligi Oqibatlari Sabablari Aholini ish bilan bandlik darajasi pasayadi Aholi turmush darasini pasayadi Mamlakatga kirib kyelayetgan invyestitsiya oqimini pasaytiradi Mamlakatda ishsizlik darajasini oshadi Ishlab chiqarishni kamayishi va YaIM pasayadi Inflyatsiya darajasi oshadi 58 barqaror bo’ladigan darajadagi sifat ko’rsatkichi bilan ta’riflaydilar: ishsizlikning bu darajadan pasayishi inflyatsiyaning o’sishiga olib keladi. Aslida tabiiy ishsizlikning bunday ta’rifi inflyatsiya, ish haqi va aholini ish bilan bandlik darajasini bir-biriga bog’liq deb hisoblaydigan neoklassiklarga tegishlidir, deb hisoblaydilar. Boshqa tadqiqotchilar ishsizlikning tabiiy darajasi sifatida ishsizlikning ixtiyoriy xaraktyerda bo’ladigan – ishsizlik darajasi «teng vaznli» (muvozanatli) bo’lgan davrdan e’tirof etadilar. Uchinchilari esa ishsizlikning tabiiy darajasini bo’sh joylar miqdori ishsizlar soniga teng bo’ladi deb ta’riflaydilar. To’rtinchilari – ishsizlikning o’zgarmas darajasi va uning me’yoriy davomiyligi bo’yicha aniqlaydi deb ta’riflaydilar. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) standarti bo’yicha tabiiy ishsizlik darajasi 1,5-2,5 %ni tashkil etadi. Amerikalik iqtisodchi Artur Ouken notabiiy yoki davriy ishsizlikning salbiy ta’sirga ega ekanligini matematik holda isbotlab berdi. A. Ouken qonuniga ko’ra ishsizlikning tabiiy darajasi 1,0 %ga oshganda yalpi milliy mahsulot 2,5 %ga kamayadi yoki 2,5 % yalpi milliy mahsulot yo’qoladi. Demak, mos ravishda ularning nisbati 1:2,5ga teng. Shu nisbatga asoslanib, yo’qotilgan yalpi milliy mahsulotning absolyut qiymatini aniqlash mumkin. Aslida, Ouken qonuni quyidagi omillarni belgilaydi: - ishsizlikning tabiiy me’yorini, shunga ko’ra esa ish bilan to’liq bandlikni; - hatto tabiiy me’yordan chetga chiqadigan hollarida ham ishsizlikning mavjud me’yorini barqarorlashtirish uchun kerak bo’ladigan yalpi milliy mahsulot o’sishi sur’atini; - 1:2,5 nisbati to’g’risidagi qoida ishsizlik va bozor sharoitidagi to’liq ish bilan bandlik muammosini hal qilish uchun yalpi milliy mahsulot o’sishi sur’ati qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatadi. Oukenning hisob-kitoblariga ko’ra, AQShning sharoitiga tatbiqan, ishsizlikning mavjud me’yorini barqarorlashtirish uchun yalpi milliy mahsulotning 2,7 % o’sishini ta’minlash kerak. Bu ishsizlik me’yorining oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun zarur, chunki ishchi kuchining soni aholining ko’payib borishi hisobiga har yili oshadi va undan foydalanish unumliroq bo’lib boradi. Shu sababli ishsizlikni avvalgi darajasida saqlab qola oladigan yangi ish o’rinlari yaratish uchun yalpi milliy mahsulot o’sishi har yili 2,5-3 % tashkil etishi kerak bo’ladi. Shunday qilib, bunday hisob-kitoblar ishonchliligining cheklangan darajadaligi ayon bo’lmoqda – bu hisob-kitoblar konkret mamlakat bo’yicha uning iqtisodiy rivojlanishining muayyan bosqichiga tatbiqan qo’llanilishi maqsadga muvofiq. Iqtisodiyotda to’liq ish bilan bandlikka ishsizlikning ekspertlar 4-5 % deb baholaydigan tabiiy darajasi yuzaga kelganida erishilgan bo’ladi. Ishsizlik tizimini, ya’ni uning turli shakllari o’rtasidagi nisbatni tahlil qilishda umuman mamlakat iqtisodiyotidagi va ayrim (tarmoq va hududiy) mehnat bozorlaridagi ishsizlik bilan bo’sh o’rinlar soni o’rtasidagi nisbat va bog’liqlikni tahlil qilish maqsadga muvofiq. Ushbu bog’liqlikni Beverij egri chizig’i ifodalaydi 1 . 1 Beverij egri chizig’i friktsiyaviy ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlik o’rtasidagi nisbatni emas, balki tsiklli ishsizlik bilan muvozanatli ishsizlik o’rtasidagi nisbatni aniqlash imkonini beradi. Shunisi ham borki, bir xildagi mehnat turi bozori tahlil qilinayotgan bo’lsa, unda faqat friktsiyaviy ishsizlik mavjud bo’ladi, tarkibiy ishsizlikning esa bo’lishidan bo’lmasligi ehtimoli ko’proq. 59 Ettinchi rasmda bo’sh o’rinlar darajasi (V) bilan ishsizlar soni (U) o’rtasidagi funktsional o’zaro bog’liqlik ko’rsatib berilgan. Ushbu o’zaro bog’liqlik teskari chiziqsiz tusga ega bo’lib, shunday giperbola sifatida namoyon bo’ladiki, bu giperbola koordinatalar o’qiga yaqinlashadi, lekin ularga daxl qilmaydi, chunki iqtisodiyotda hamisha bo’sh o’rinlarning (hatto ular juda ham jozibasiz bo’lishi ham mumkin) va ishsizlarning qanchadir miqdori mavjud bo’ladi. OZ chizig’i – to’g’ri burchak bissektrisasi, bu shunday nuqtalar o’rnashgan joyki, ularda U=V, ya’ni bo’sh o’rinlar soni ishsizlar soniga to’g’ri keladi. Ayni ushbu holda ishsizlik to’liq ish bilan bandlikni ta’minlaydigan o’z tabiiy darajasiga to’g’ri keladi. Beverjning UV 1 egri chizig’ida A nuqtasida bo’sh o’rinlar miqdori U A ishsizlar soni U A ga teng keladi; binobarin, U A ishsizlikning tabiiy darajasidir. Shunisi ham ayonki, UV 2 egri chizig’iga ishsizlikning yuqoriroq (S nuqtasidagi) tabiiy darajasi to’g’ri keladi. Beverij egri chizig’ining chapga siljishi ishsizlarning ish topganliklari va shu tariqa ishsizlar soni ham, bo’sh o’rinlar soni ham kamayganligini anglatadi. Bu esa friktsiyaviy yoki (va) tarkibiy ishsizlik darajasining pasayishi natijasida ro’y beradi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling