O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Namunaviy usul o‗z mazmuniga binoan ma‘lum bilim, maslahat, tavsiyalar 
beradigan tajribani umumlashtirishni bildiradi.
Fanning mazmuni va uning boshqa fanlar bilan bog„liqligi. Ushbu fan o‗z 
mazmuni mohiyatiga ko‗ra juda ko‗p qirrali va u ishlab chiqarish jamoasi 
hayotining ko‗pgina sohalarini qamrab oladi. Mazkur fanning predmeti, ob‘ekti, 
maqsadi, vazifalari, o‗rganish usullari moddiy boyliklarni yaratishda xo‗jalik 


16 
boshqaruvi jarayonida yuzaga keladigan vazifalar tarkibi bilan belgilanadi va 
kursning dasturida to‗la aks ettirilgan. 
Bu fan bir qator fanlar bilan o‗zaro aloqada bo‗lib, ularning yutuqlaridan 
keng foydalanadi. Jumladan, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, korxona iqtisodiyoti, 
makroiqtisodiyot, miqroiktisodiyot, statistika, menejment, marketing, buxgalteriya 
hisobi va xo‗jalik faoliyatini tashkil etish, moliya va kredit, texnologiya fanlari 
bilan uzviy bog‗langandir. 
Ushbu fan, eng avvalo, iqtisodiyot nazariyasi va tarmoq iqtisodiyoti fanlari 
rivojlanishi natijasida shakllangan. Bu fan texnik fanlar bilan ham o‗zaro 
bog‗likdir. Ishlab chiqarishni tashkil etish fani texnika va texnologiyani bevosita 
o‗rganmasada, uning iqtisodiyotiga ta‘sirini chetlab o‗tolmaydi, aksincha, 
texnologik jarayonlarni xom-ashyo, materiallar bilan ta‘minlash, energiyadan 
oqilona foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish davrini qisqartirish, ish jarayonini 
uzluksiz ishlab chiqarish oqimida tashkil etish, mahsulot sifatini oshirishga erishish 
orqali muxandislik iqtisodiy nuqtai nazaridan ko‗rib chiqadi. 
Mexaniga sikliga tegishli fanlar mashina va agregatlarni konstruksiyalash va 
texnikaviy ekspluatatsiya qilish masalalarini o‗rganadi. Ishlab chikarishni tashkil 
etish fani mexnat qurollarini texnologik va mehnat jarayonlari bilan o‗zaro 
bog‗liqlikda ko‗rib chiqadi, mashina va uskunalarni joy-joyiga to‗g‗ri qo‗yish va 
ulardan oqilona foydalanish, jihozlar birligidan mahsulot olishni ko‗paytirish, 
sozlash tizimini yaxshi tashkil etishni ta‘minlaydi. 
SHunday qilib, bu fan juda ko‗plab ilmiy fanlar bilan uzviy aloqadordir. 
Lekin ular bilan tutashib ketmaydi va mustaqil soha masalalarini o‗rganadi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling