O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
SHuning uchun sanoat korxonalarida, xususan paxta-to„qimachilik
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
SHuning uchun sanoat korxonalarida, xususan paxta-to„qimachilik
klasterlarida ishlab chiqarishni tashkil etish fani ushbu tarmoq korxonalari xo„jalik yuritish faoliyati va texnologik jarayonlar xususiyatlarini hisobga olgan ular ishlab chiqarishini tashkil etishning mazmuni, mohiyati va tamoyillarini o„rganishni o„z oldiga maqsad qilib qo„yadi. Har qanday fan o‗z predmetiga ega bo‗ladi. Predmet - bu fan nima bilan shug‗ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va biznes-rejalashtirish fanining ham o‗z predmeti mavjud. «Sanoat korxonalarida ishlab chikarishni tashkil etish» fanining predmeti deganda korxonalarning ishlab chiqarish-xo‗jalik faoliyati sharoitida iqtisodiy qonunlarning harakati va namoyon bo‗lish shakllari va eng kam mehnat, moddiy va moliyaviy xarajatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishni ta‘minlovchi yuqori samarali ish usullarini ishlab chiqish tushuniladi. Paxta-to‗qimachilik klasterlarida ishlab chiqarishni tashkil etish fani iqtisodiy qonunlarning ushbu tarmoq korxonalari faoliyatiga ta‘sirini va ularning oldiga qo‗ygan vazifalarini amalga oshirish borasidagi eng samarali usullarini ishlab chiqib, uni sanoatga tadbiq qilmoqda. Bu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda ijtimoiy boylikni ko‗paytirish va korxonalarda ishchilarga yaxshi sharoitlar yaratib berishga imkoniyat yaratadi. Fanning usuli deganda tom ma‘noda o‗zining predmetini o‗rganish vositasi tushuniladi. Fannning eng asosiy bilish uslubi – dialektik uslub bo‗lib, u fanga o‗rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ochib berishga yordam beradi. Bu nazariyaga binoan hodisalar va voqeliklar o‗zaro aloqadorlikda, bir- birni taqozo etish, makon va zamonda ularning o‗zgarishi va rivojlanishida zskilik bilan yangilik kurashida ko‗rib chiqiladi. Dialektika usuli muammolar o‗rganilayotganda omillar va shart- sharoitlarning namoyon bo‗lishi va yuz berishi ziddiyatlariga, qarama- 14 qarshiliklarga boy ekanligini inobatga olishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy hodisa va jaryonlar tez o‗zgaruvchan qiyofa kasb etadiki, har bir ishlab chiqarish sub‘ekti ushbu o‗zgarishlarga moslanuvchan bo‗lmog‗i talab etiladi. O‗zgarishlarga moslashishda ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish va biznes- rejani to‗g‗ri tuzish lozim bo‗ladi. Bu borada dialektika usullaridan foydalanish shuni anglatadiki, korxona xo‗jalik faoliyatini o‗rganish asosida uning ishini tashkil etish va faoliyatini rejalashtirish barcha o‗zaro aloqalarni hisobga olgan holda olib borilishi lozim. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etishda sababiy aloqalarni o‗rganish induksiya va deduksiya usullari yordamida amalga oshiriladi. Sababiy aloqalarni tadqiq etishda mantiqiy induksiya usulini qo‗llashda tadqiqot xususiydan umumiylikka, xususiy omillarni o‗rganishdan umumiylik sari, sababdan natija sari olib boriladi. Deduksiya – bu shunday tadqiqot olib borish usuliki, bunda tadqiqot jarayoni umumiy omillardan xususiylari, natijadan sabab sari olib boriladi. Ushbu ikkala usul ishlab chiqarishini tashkil etish va biznes-rejalashtirish jarayonida birgalikda olib boriladi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etishda dialektika usullaridan foydalanish shuni anglatadiki, har bir jarayon, har bir iqtisodiy hodisani tizimli ko‗rinishda, ko‗plab elementlar yig‗indisi va o‗zaro aloqadorligi shaklida qarash lozim bo‗ladi. SHunday qilib, sanoat korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etish fanining usuli – bu korxona samarali faoliyat yuritishini ta‘minlash maqsadida chegaralangan resurslar doirasida ishlab chiqarishni oqilona samarali tashkil etish va uning faoliyatini maxsus usullar yordamida rejalashtirishdir. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etishning usuli bir qator analitik tadqiqotlar uslubiyotiga asosan namoyon bo‗ladi. Uslubiyot deganda tadqiqot yoki bilish, anglash yo‗li, voqelikni amaliy va nazariy o‗zlashtirish usullarining majmuasi tushuniladi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etishda uslubiyot o‗zida oldiga qo‗yilgan maqsadga erishishda ishlab chiqarishini tashkil etishda qo‗llaniladigan usul va qoidalar majmuasini mujassam etadi. 15 Tahlilning har qanday uslubiyoti analitik tadqiqotlarni bajarish uchun ko‗rsatma yoki uslubiy maslahatlar berishni nazarda tutadi. U o‗zida quyidagilarni mujassam etadi: ishlab chiqarishini tashkil etish vazifasi va maqsadini shakllantirish; ishlab chiqarishini tashkil etish ob‘ektini; biznes-rejalashtirishda foydalaniladigan ko‗rsatkichlar tizimi; analitik tadqiqot olib borish tartibi va davriyligi bo‗yicha maslahatlarni; o‗rganilayotgan ob‘ektlarni tadqiq etish usullari va uslublari tavsifini; ishlab chiqarishini tashkil etishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‗ladigan ma‘lumot manbalarini; ishlab chiqarishini tashkil etishni tashkil etish bo‗yicha ko‗rsatmalarni (tadqiqot alohida qismlarini qaysi bo‗limlar va kim olib borishini); ma‘lumotlarni analitik qayta ishlashda foydalaniladigan texnik vosita turlarini; ishlab chiqarishini tashkil etish natijalarini rasmiylashtirish hujjatlarini; biznes-rejadan foydalanuvchilarini. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etishda har xil uslublar qo‗llaniladi. Ular o‗rtasidan an‟anaviy mantiqiy uslublarni ajratib ko‗rsatish mumkin. O‗rganishning mantiqiy usuli quyidagi yondashishlarda o‗z aksini topadi: rejali xalq xo‗jaligi nuqtai nazariyadan: tarmoqlararo, tizimli, kompleks va muqobillashtirish. Ular jumlasiga taqqoslash, grafik, guruhlash, mushohadaga asoslanib iqtisodiy masalalarni evristik usul yordamida echish, ekspertlar bahosi va boshqalar kiradi. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling