O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
-rasm. Ishlab chiqarish jarayoni elemenlari
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat vositasi
- Ishlab chiqarish jarayonlarining turlanishi.
2.1-rasm. Ishlab chiqarish jarayoni elemenlari
32 Mehnat predmeti - mahsulot ishlab chiqarish maqsadida kishilarning mehnat vositalari yordamida ishlab chiqarish jarayonida ta‘sir qiladigan xom- ashyo, matreallar va shu kabilardir. Paxta tozalash sanoatida mehnat pretmeti paxta xom-ashyosi hisoblanadi. Mehnat - bu kishilarning turli xil faoliyatlarida mehnat vositalari yordamida mehnat pretmetlarining shakli va mazmunini o‗zgashtirishda ro‗y beradigan jarayondir. Mehnat doimiy ravishda takomillashtirilib beriladi. Mehnat vositasi - kishi tomonidan mehnat predmetlariga ta‘sir ko‗rsatishda yordam beradigan ishchi va kuch mashinalari, priborlar, nazorat qiluvchi uskunalar va shu kabilardir. Ishlab chiqarish jarayoning normal bo‗lishligini ta‘minlovchi bino va inshootlar ham mehnat vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni paxta tozalash sanoatida ikki pog‗onadan iborat. Birinchi pog‗onaba paxta xom-ashyosini qabul qilish, saqlash, uni asosiy ishlab chiqarishga etkazib berishni o‗zining ichiga olsa, ikkinchi pog‗ona-qayta ishlash pog‗onasida xom-ashyo ketma-ket ishlab chiqarish jarayonlaridan o‗tib, tayyor mahsulotga aylanadi. Mehnat samaradorligi va ish sifati korxonaning texnik jihatdan qurollantirilganlik darajasi va mehnat sharoitiga bog‗liqdir. Asosiy ishlab chiqarishning barcha elementlari doimo rivojlanishdadir. Paxta xom-ashyosining sifat ko‗rsatkichlari turish turi, hattoki asbob-uskunalar tarkibi o‗zgarib turadi. Masalan, paxta xom-ashyosini tozalovchi "Mehnat" rusumli tozalash batareyasi RX, 1XP, UXK, tozalagichlar bilan, 3XDD rusumli jinlar DP-130 rusumli jinlar bilan almashtirildi. Mehnatning o‗zi ham takomillashtililmoqda. U mexanizatsiyalashtirilmoqda va avtomatlashtirilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarining turlanishi. Mahsulot tayyorlashning ishlab chiqarish jarayoni har xil jarayonlardan iborat bo‗ladi. Ular har biri ma‘lum texnologik bosqichni o‗z ichiga oladi. Mehnat jaryoni elementlari birligi sifat va miqdoriy belgilariga binoan amalga oshadi va bir qancha yo‗nalishlar bo‗yicha olib boriladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishda funksional, makon va zamondagi bo‗laklarga ajratish farqlanadi. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning funksional 33 elementli bo‗lagi ishlab chiqarishning bir butun jaryonida texnika, texnologiya, mehnat predmeti va mehnat o‗zining ham tartiblashtirilishini nazarda tutadi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning elementli bo‗lagini asosiy vazifasini yuqori sifatli mahsulot olishni ta‘minlaydinan asbob-uskunalar, inistrumentlar, material va yuqori malakali kadrlarni to‗g‗ri tanlash hisoblanadi. Alohida ishlab chiqarish jarayonlarining (quritish, tozalash va h.k.) o‗zaro birlashishi ishlab chiqarishning makon va zamonda tashkil etilishini ta‘minlaydi. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishni ko‗plab alohida jarayonlar yig‗indisidan iboratdir. Ma‘lumki, xom- ashyoning tayyor mahsulotga aylanishida barcha jarayonlarning roli bir xil bo‗maydi. Umuman ishlab chiqarish jarayoni asosiy, yordamchi va xizmat ko‗rsatuvchi kabi turlarga bo‗linadi (2.2-rasm). Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling