O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Paxta tozalash korxonasining boshqaruv tizimi
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paxta tozalash korxonasi boshqaruv tuzilmasining vazifalari.
Paxta tozalash korxonasining boshqaruv tizimi. Bugungi kunda barcha
paxta tozalash korxonalari hissadorlik jamiyatlari sanaladi. Ushbu ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga rahbarlik qilishni aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi hal qiladi. Korxonani bevosita boshqarish rahbar (hissadorlik jamiyati raisi) zimmasiga yuklanadi. Unga yordam berish tariqasida tarkibiy bo‗limlar, sho‗‗balar va hokazolar yoki korxonani (ishlab chiqarishni) boshqarishda qatnashuvchi ayrim ijrochilar ko‗rinishida ishlovchi yordamchi xizmat apparati tuziladi. Boshqaruvning xizmat apparati yuqori unumli, samarali va tartibli ishlash uchun barcha shart-sharoitlarni ta‘minlashi va kam sonli bo‗lishi kerak. Paxta tozalash korxonalarida sex tuzilmasi bo‗lmaganligi sababli (QTS dan boshqa), boshqaruvning asosiy ob‘ekti – ishlab chiqarish bo„linmalari bo‗lib, ularda brigada ishchilari (paxta uzatish, tolani presslash) yoki ayrim ishchilar (jinchilar, momiq ajiratuvchilar va boshqalar) faoliyat yuritadi. Asosiy ishlab chiqarishga smena boshlig‗i yoki smena ustachi rahbarlik qiladi. Smena boshlig‘i (usta) bevosita zavodning bosh muhandisiga bo‗ysunadi. Paxta tozalash korxonasining bosh muhandisi butun ishlab chiqarishning texnik jihatdan rahbarligini amalga oshiradi. 26 Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar: ombor, laboratoriya, transport xo‗jaligi tegishli rahbarlar ixtiyorida bo‗lib, bevosita korxona rahbariga bo‗ysunadi. Paxta sanoati korxonalarining ko‗pchiligidagi boshqaruv tuzilmasi taxminan bir xil, faqat korxona ishlab chiqarish xajmlariga bog‗liq holda bir qator tabaqalashtiriladi. Paxta tozalash korxonasi boshqaruv tuzilmasining vazifalari. Korxona rahbarining majburiyatlari va huquqlari o‗z navbatida qonuniy tartibga va me‘yoriy aktlarga javob beradigan aksiyadorlar jamoasining ustavi bilan belgilanadi. Korxona rahbari unga ishlab chiqarish va moliyaviy-xo‗jalik faoliyatiga rahbarlik qilish yuzasidan berilgan huquqlar asosida quyidagilarni ta‘minlashi lozim: ishlab chiqarish hamda belgilangan nomenklatura va assortimentda mahsulot etkazib berish rejalarini bajarish, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilash, muntazam ravishda mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish, foyda miqdorini oshirishni ta‘minlash, korxonaning davlat byudjeti, mahsulot etkazib beruvchilar va iste‘molchilar oldidagi barcha majburiyatlarni yaxshilash. U o‗z faoliyatida yagona rahbarlik tartibiga rioya qilib, muntazam ravishda ishlab chiqarish kengashlarini o‗tkazishi, ularda ishlab chiqarish rejalari, yangi texnikani joriy etish rejalarining loyihalarini va boshqa muhim masalalarni muhokama etish kerak. Sexlar, bo‗limlar, xizmatlar, ishlab chiqarish bo‗linmalari, xo‗jaliklar va boshqa tarkibiy bo‗linmalar korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan Nizomlarga binoan faoliyat ko‗rsatadi. Paxta tozalash korxonalarining rahbari bosh muxandis orqali ishlab chiqarish-texnika qismiga, tayyorlov bo‗limi boshlig‗i orqali paxta tayyorlash faoliyatiga rahbarlik qiladi. Bosh muxandis paxta tozalash korxonasi rahbarining birinchi o‗rinbosaridir. Uning faoliyat doirasiga ishlab chiqarishni rivojlantirishning joriy va istiqboliy rejalarini belgilash, ishlab chiqarishga texnik rahbarlik, texnologiya jarayonni yangilash, uskunalar samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etish va uning xavfsizligini ta‘minlash, 27 korxonaning materiallar, ehtiyot qismlar va asboblarga ehtiyojini aniqlash hamda ulardan foydalanishni nazorat qilish kiradi. Korxonaning bosh mexanigi vazifasi doirasiga barcha texnologik va energetik uskunalarning, barcha mashina va mexanizmlarning to‗xtovsiz va unumli ishlashini ta‘minlash kiradi. Uning zimmasiga harakatdagi uskunalarni o‗z vaqtida sifatli ta‘mirlash va modernizatsiyalash hamda yangi uskunalarni montaj qilishni ta‘minlash yuklanadi. Bosh mexanikka ta‘mirlash-mexanika ustaxonasi va ta‘mirlash brigadasining brigadiri bo‗ysunadi. Smena boshlig‗i (ustasi) to‗la huquqli rahbar hamda ishlab chiqarish va mexnatning bevosita tashkilotchisi bo‗lib, o‗z bo‗g‗inida ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun javob beradi. Ustalarga ishlab chiqarish bo‗g‗inlarida ishchilarni ishga qabul qilish va joy- joyiga qo‗yish, sex boshlig‗ining (paxta tozalash korxonasida bosh muxandisning) tasdiqlashi bilan ortiqcha, shuningdek, ishlab chiqarish yoki mehnat intizomini buzuvchi ishchilarni ozod etish, ishchilarga belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif razryadlarini berish, alohida o‗rnak ko‗rsatgan ishchilarni mukofotlashga va rag‗batlantirishning boshqa turlariga tag‗dim etish huquqi berilgan. U ishlab chiqarish va mehnat intizomini buzuvchi ishchilarga intizomiy jazolar berish, ishlab chiqarish me‘yorlarini muntazam bajarmayotgan va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishga yo‗l qo‗yayotgan ishchilarni past haq to‗lanadigan ishga o‗tkazish huquqiga ega. Usta ishchilarni nosoz uskunada, shuningdek, sifatsiz xom-ashyo va materiallarda ishlashiga yo‗l qo‗ymasligi lozim. Korxona rahbarlari ustalarni ularga xos bo‗lmagan xo‗jalik vazifalari va har xil qo‗shimcha ishlar bilan band qilmasligi kerak. Usta ishlab chiqarishning bevosita tashkilotchisi sifatida o‗z ish bo‗g‗ini bo‗yicha mehnat unumdorligining oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishini ta‘minlash shart. Uning vazifasiga ish bo‗g‗ini va ishlab chiqarish bo‗yicha reja hamda grafiklarga muvofiq ishchi va brigadirlarga topshiriqlarni belgilash, ishlab chiqarishda xodimlarga yo‗l-yo‗riq berish, mavjud 28 ishlab chiqarish uskunalaridan samarali foydalanishni, ularni ish bilan yuklash va to‗g‗ri bir maromda foydalanishni ta‘minlashi kerak. Usta belgilangan texnologik va mehnat intizomiga, ish joylarida tozalik va tartibga qat‘iy rioya etilishini kuzatib bormog‗i kerak, ish joylari bo‗yicha barcha ko‗rsatmalar ustalar tomonidan beriladi. Usta ishlab chiqarish grafiklarini ishlab chiqarishda ishtirok etadi, ishlab chiqarishni o‗z vaqtida tayyorlashni va bir maromda ishlashini ta‘minlaydi. Usta xavfsizlik texnikasi hamda ishlovchilarning mehnat muhofazasi qoidalari aniq bajarilishi to‗g‗risida alohida g‗amxo‗rlik qilishi kerak. Smena boshlig‗i (usta)ning bevosita ixtiyorida quyidagilar bo‗ladi: uskunani sozlovchi va smena elektriklari, jinchilar, momiq ajratuvchilar, presschilar, paxta uzatuvchilar, urug‗lik chigit tayyorlash, ishlab chiqarish chiqindilarini yig‗ish, tozalash va qayta ishlash bo‗yicha bo‗lim brigadirlari. Tayyorlov bo‗limi paxtani qabul qilish, saqlash va tashish bilan bog‗liq ishlarga rahbarlik qiladi. Bo‗lim vazifasi tayyorlov maskanlari va etkazib berish bazalariga rahbarlik, paxta etishtiruvchi xo‗jaliklar bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzish, urug‗lik chigit tayyorlash, ular bilan paxta tayyorlov maskanlarini va ular orqali paxta etishtiruvchilarni ta‘minlash, o‗rash xo‗jaligini tashkil qilish, xom-ashyo va tayyor mahsulot bo‗limi bilan birga zavodga tola ortish rejalarining bajarilishini ta‘minlaydigan miqdor va assortimentda paxta etkazib berish rejasini ishlab chiqish, tayyorlov maskanlarining xo‗jalik faoliyatini nazorat qilishdan iborat. Xom-ashyo va tayyor mahsulot bo‗limi zavod hududidagi tayyorlov maskanida paxtaning saqlanishini tashkil qiladi, ishlab chiqarishga qayta ishlash uchun paxta yuborilishini rasmiylashtiradi, ishlab chiqarishdan tola, chigit, momiq va chiqindilar qabul qilishni va tayyor mahsulotning saqlanishini tashkil qiladi, paxta mahsulotlarini iste‘molchilarga ortib jo‗natadi va tegishli xujjatlarni rasmiylashtiradi. Reja bo‗limi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat va ish haqini tashkil qilish bilan shug‗ulanadi, boshqa bo‗limlar va ijrochilarni jalb qilgan holda 29 istiqboliy va yillik rejalarini ishlab chiqadi, ish haqi to‗lashni tashkil qiladi, bo‗linmalar rahbarlariga ishlab chiqarish rejasini, xodimlar ish haqi fondlarni hamda ijrochilarga ishlab chiqarish topshiriqlari va belgilangan mehnat meyorlarini etkazadi, ishlab chiqarish rejasi va mehnat rejasi bajarilishining borishini nazorat qiladi. Reja bo‗limi ishlab chiqarish ko‗rsatkichlarini iqtisodiy tahlil qiladi. Uning muhum vazifasi, shuningdek joriy etilgan texnikaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashdir. Buxgalteriya korxona xo‗jalik faoliyatining hisob-kitobini olib boradi hamda pul mablag‗lari va moddiy boyliklarning sarf xarajatini nazorat qiladi. Uning vazifasi – korxonaning buhgalteriya hisobini va balanslarini olib borish va tuzish, ombor hisob-kitobining olib borilishini hamda hisobdor moddiy jihatdan javobgar shaxslarda saqlanayotgan tovar-moddiy boyliklarning holatini nazorat qilish, tayyorlov maskanlarida hisob-kitobga rahbarlik qilish, taftish va ro‗yxatga olish ishlarini olib boradi, moliyaviy ishlarni bajarishdir. Texnik nazorat bo‗limi (TNB) zavod mahsulotlari (paxta tolasi, chigit, momiq, chiqindilar)ning sifatini, paxtaning turlari, navlari, sinflari va boshqa belgilar bo‗yicha uni qabul qilish, jamlash va saqlashni, tayyorlov maskanlarida va zavod hududida g‗aramlangan paxtaning sifatini baholashni nazorat qiladi. Bo‗limga boshliq rahbarlik qiladi, u ayni vaqtda zavod laboratoriyasini mudiridir. TNB boshlig‗i bevosita korxona rahbariga bo‗ysunadi. Paxta tozalash korxonalarini tarkibiy tuzilishi o‗zgarishiga tayyorlanadigan xom-ashyo sifati va miqdori, bozor kon‘yukturasi va raqobat muhitidagi o‗zgarishlar, ishlab chiqarishning ixtisoslashtirish va koperativlashtirish darajasi va shu kabi boshqa omillar ta‘sir qiladi. Paxta tozalash zavodi-ishlab chiqarish tarkibiy rivojiga ega bo‗lgan sanoat korxonasi hisoblanadi. Paxta tozalash korxonasida nisbatan kam bo‗lgan sanoat ishlab chiqarish personalii (200-250 kishi) band bo‗lsada, u ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi etarlicha katta miqdoriy summani tashkil etadi. Zamonaviy paxta tozalash korxonasi to‗liq elektrlashtirilgan bo‗lib, ilg‗or texnika va texnologiya bilan jihozlangan texnologik jarayon yordamida tayyor 30 mahsulot ishlab chiqarishda paxta xom-ashyosini ham tayyorlashni amalga oshiradi. Ij joyi korxonaning quyi qismi bo‗lib, bu erda mehnat jarayonida bitta yoki bir-birlari bilan bog‗liq bo‗lgan bir qancha ishchilar guruhi mehnat qiladi. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling