O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Tashkiliy tizim – bu boshqaruv tizimining asosiy tarkibiy qisimlaridan biri 
bo‗lib, boshqaruvchi tizim, boshqaruv sub‘ekti tashkiliy tuzilishining negizi 
sifatida yuzaga chiqadi va xodimlar bilan boshqarishni tashkil qilish rasmiy 
qoidalarini tartibga soladi. Ana shuning uchun ham uning boshqaruv tizimidagi 
o‗rni beqiyosdir. 
Tizim idoralari aloqalar, bosqichma-bosqich bo‗ysunishlar (ierarxiya) 
mavjudligi bilan ajiralib turadi. 
Idoralar bu tizimning tarkibiy qismlari, bo‗g‗inlaridir. Har bir idora o‗z 
harakat doirasiga ega. U mazkur idora mashg‗ul bo‗lgan masalalar doirasini, uning 
faoliyat chegaralarini, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi. 
Ushbu tizim tashqi va ichki omillarning ta‘siri ostida tarkib topadi. Tashqi 
omillar o‗tasida eng muhimi ishlab chiqarishdir. Boshqaruv tizimi ishlab 
chiqarishning texnikaviy, ijtimoiy, ruhiy xususiyatlariga mos kelishi kerak. 
Boshqaruv maqsad va uslublari tizim uchun tashqi omil hisoblanadi. 
Boshqaruvning yana bir qator tarkibiy qismlari, masalan, xodimlar borki, ular 
tizimning o‗zi bilan belgilanadi. SHu bilan birga ular ham o‗z navbatida tizimga 
ta‘sir ko‗rsatadi jumladan, etarli miqdorda malakali xodimlarning mavjudligi 
boshqaruv tizimining soddalashtirish imkonini beradi. 
Tizimga boshqaruv tizimlarini shakllantirish qonuniyatlari kabi omillar ham 
etarlicha ta‘sir ko‗rsatadi. Ularni tamoyillar deb ham atash mumkin. Maqsadli 
tamoyil tizimni shakllantirishda uning maqsadlari bilan aloqasi ta‘minlangan 
bo‗lishini taqozo etadi. Har bir maqsad tizim doirasida «egali» bo‗lishi zarur. 
Lekin tashkiliy jihatdan ortiqchalik ham boshqaruvning aniq maqsadlari uchun 
javobgar bo‗lmagan ortiqcha tizimli bo‗g‗inlarning mavjudligi ham maqbul emas. 


24 
Boshqaruv tizimlariini shakillantirishning yana bir tamoyili – bu idora 
qilishning birligidir. Har bir idora bitta rahbarga ega bo‗lishi yoki har bir masala 
bo‗yicha bitta boshliq bo‗lishi lozim. 
Boshqaruv idoralarini o‗rtasidagi aloqalarning turiga qarab tizimlarni 
quyidagi uchta turga ajiratiladi: muntazam (lavozimli), vazifaviy va aralash 
(kombinatsiyalash).
Eng sodda tizimlar muntazam tizimlardir. Ularda bitta darajadagi 
idoralarning har bir guruhi idora qilish ko‗lamlariga asosan yuqori darajada 
o‗zining rahbarlik idorasiga ega bo‗ladi. 
Ikkinchi darajadagi idoralar guruhi, uchinchi darajadagi rahbarlik bo‗g‗iniga 
ega va hokazo. Ushbu tizimda boshqaruvning barcha masalalari bitta kanal orqali 
hal etiladi. U juda ham puxtalik va aniqlikni vujudga keltiradi. 
Vazifaviy tizimlar negizi ixtisoslashtirish g‗oyasiga tayanadi. Bunda har bir 
bo‗g‗inga muayyan masalalar birkitib qo‗yiladi. Masalan, bir idora hisob-kitob, 
ikkinchisi texnologiya, uchinchisi marketing bilan shug‗illanadi. Huquqiy 
doiralarning cheklanganligi tufayli ixtisoslashtirilgan idora tamoyildan qabul 
qilinayotgan qarorlar sifatini yaxshilash imkoniyatiga ega. Lekin bitta 
bo‗ysunuvchi idorada bir qancha vazifaviy rahbarlarning mavjudligi o‗ziga xos 
murakkablikni keltirib chiqaradi. 
Muntazam va vazifaviy qiyinchiliklarga xos qiyinchiliklardan xolos 
bo‗lishda aralash (kombinatsiyalash) tizimlar – muntazam (shtabli) va cheklangan 
vazifali aralash tizimlarning ahamiyati kattadir. 
Dasturli – maqsadli tizim aralash tizimlarning alohida turi hisoblanadi. 
Boshqaruvning aniq tizimini shakllantirish ijodiy jarayondir. Biroq tizimning ilmiy 
jixatdan ishlab chiqilgan namunaviy shakllari qo‗llanilsa bu ishlarni yanada 
osonlashtirish imkonini beradi. 
SHu mazmunda boshqaruv idoraning barcha tizimli bo‗linmalari asosiy 
beshta guruhni birlashtiradi. 
Birinchisi – boshqaruv ob‘ektlarini idora qiladigan tizimli bo‗linmalardir. 
Bunda asosiy masala birinchidan idora qilinish ko‗lamini oshirib yubormaslik 


25 
bo‗lsa, ikkinchi tomondan uncha ko‗p bo‗lmagan ob‘ektlarni rahbarlik qilish uchun 
juda kichkina bo‗linmalar tashkil etolmaslikdan iboratdir. 
Ikkinchisi – asosiy vazifaviy tizimli (rejali, hisob va nazorat bo‗yicha) 
bo‗linmalar. 
Uchinchisi – marketing vazifalari (ta‘minot, sotish, fan-texnika taraqqiyoti
moliya). 
To‘rtinchisi – yordamchi va xizmat ko‗rsatuvchi bo‗linmalar (idora, 
devonxona, arxiv va boshqalar). 
Beshinchisi – idora rahbarligi, uning o‗rinbosarlari, assotsiatsiya, kengash va 
boshqalar. 
Tizimni takomillashtirish–boshqaruvni yuqori bosqichga ko‗tarishning 
muhim imkonidir. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling