O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

 
 


21 
1.4 Sanoat korxonasining tarkibi 
 
Korxona tarkibi – bu uning ichki bo‗linmalarining: sexlar, bo‗limlar, 
laboratoriyalar va boshqa yagona xo‗jalik ob‘ektlarning tarkibi va ularning o‗zaro 
alokasidir. 
Korxona tarkibi quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi: 

Korxona ko‗lami; 

Ishlab chiqarish tarmog‗i; 

Texnologik darajasi va korxona ixtisosi. 
Tarkib qandaydir doimiy standart turkum emas. U fan-texnika taraqqiyoti
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ta‘sirida doimo o‗zgarib turadi. 
SHu bilan birga tarkibdagi bo‗linmalar turli-tumanligiga qaramasdan, 
ularning asosiy maqsadi mahsulot tayyorlash va sotishdir. Muayyan sharoitda 
ishlash uchun korxona o‗zida asosiy mahsulot tayyorlovchi sex, setaxonalarga ega 
bo‗lishi kerak. Bundan tashqari, korxona o‗z ko‗lamlaridan, qaysi tarmoqqa 
mansubligi va ixtisoslashuv darajasidan tashqari mahsulot tayyorlash, uni saqlash 
uchun buyurtmalar oladi; buyurtmachiga etkazishni ta‘minlaydi; zarur xom ashyo, 
materiallar, asbob-uskunalar, energiya resurslari sotib oladi va etkazib beradi.
Korxonaning tarkibiy bo‗linmalari boshqaruv tizimi orqali o‗zaro bog‗liq va 
bu tizim bosh organ hisoblanadi. 
Turli xil majburiyatlarini bajarishda yirik va o‗rtacha korxonalarda maxsus 
tarkibiy bo‗linmalar – bo‗limlar, sexlar tashkil etiladi. Kichik korxonalarda 
majburiyatlar o‗zaro shartnomaga asosan ishchilar o‗rtasida taqsimlanadi. 
Asosiy sexlar quyidagilarga bo‗linadi: 

Tayyorlovchi; 

Qayta ishlovchi; 

Yig‗uvchi (ishlov beruvchi). 
Bo‗limlar va laboratoriyalar ham aniq vazifadan qat‘i nazar bevosita
turkumlanadi. Masalan, texnik bo‗lim guruhi bosh konstruktorning o‗rtacha 
bo‗limini birlashtirishi mumkin. Bosh texnolog, bosh metallurg, bosh kimyogar, 
modeler va boshqalarning bo‗limlari tashkil qilinishi mumkin. 
Qaysi tarmoqqa mansublik deyarli har doim u yoki bu darajada korxona 
tarkibi va ko‗lamiga ta‘sir qiladi. Ushbu ikki omil ko‗p hollarda o‗zaro bog‗liqdir. 
Masalan, kichik korxona mashina va materiallar tayyorlash imkoniyatiga ega emas, 
ular fakat yirik korxonalarida yaratiladi. Ayni paytda yirik maishiy xizmat 
korxonalarini yaratish ham maqsadga muvofiq emas. Korxona tarkibi bevosita 
ishlab chiqarish tarmoq texnologiyasidan kelib chiqadi. Texnologik jarayon 


22 
qanchalik murakkab bo‗lsa, korxona tuzilmasi shunchalik xilma-xil va katta 
o‗lchamli bo‗ladi.

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling