O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


SHuning uchun sanoat korxonalarida, xususan paxta-to„qimachilik


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

SHuning uchun sanoat korxonalarida, xususan paxta-to„qimachilik 
klasterlarida ishlab chiqarishni tashkil etish fani ushbu tarmoq korxonalari 
xo„jalik yuritish faoliyati va texnologik jarayonlar xususiyatlarini hisobga 
olgan ular ishlab chiqarishini tashkil etishning mazmuni, mohiyati va 
tamoyillarini o„rganishni o„z oldiga maqsad qilib qo„yadi.
Har qanday fan o‗z predmetiga ega bo‗ladi. Predmet - bu fan nima bilan 
shug‗ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Ishlab chiqarishni 
tashkil etish va biznes-rejalashtirish fanining ham o‗z predmeti mavjud. «Sanoat 
korxonalarida ishlab chikarishni tashkil etish» fanining predmeti deganda 
korxonalarning ishlab chiqarish-xo‗jalik faoliyati sharoitida iqtisodiy qonunlarning 
harakati va namoyon bo‗lish shakllari va eng kam mehnat, moddiy va moliyaviy 
xarajatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishni ta‘minlovchi yuqori samarali ish 
usullarini ishlab chiqish tushuniladi. 
Paxta-to‗qimachilik klasterlarida ishlab chiqarishni tashkil etish fani 
iqtisodiy qonunlarning ushbu tarmoq korxonalari faoliyatiga ta‘sirini va ularning 
oldiga qo‗ygan vazifalarini amalga oshirish borasidagi eng samarali usullarini 
ishlab chiqib, uni sanoatga tadbiq qilmoqda. Bu chora-tadbirlarning amalga 
oshirilishi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda ijtimoiy boylikni ko‗paytirish 
va korxonalarda ishchilarga yaxshi sharoitlar yaratib berishga imkoniyat yaratadi. 
Fanning usuli deganda tom ma‘noda o‗zining predmetini o‗rganish vositasi 
tushuniladi. Fannning eng asosiy bilish uslubi – dialektik uslub bo‗lib, u fanga 
o‗rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ochib berishga yordam 
beradi. Bu nazariyaga binoan hodisalar va voqeliklar o‗zaro aloqadorlikda, bir-
birni taqozo etish, makon va zamonda ularning o‗zgarishi va rivojlanishida zskilik 
bilan yangilik kurashida ko‗rib chiqiladi.
Dialektika usuli muammolar o‗rganilayotganda omillar va shart-
sharoitlarning namoyon bo‗lishi va yuz berishi ziddiyatlariga, qarama-


14 
qarshiliklarga boy ekanligini inobatga olishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyotida 
iqtisodiy hodisa va jaryonlar tez o‗zgaruvchan qiyofa kasb etadiki, har bir ishlab 
chiqarish sub‘ekti ushbu o‗zgarishlarga moslanuvchan bo‗lmog‗i talab etiladi. 
O‗zgarishlarga moslashishda ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish va biznes-
rejani to‗g‗ri tuzish lozim bo‗ladi. Bu borada dialektika usullaridan foydalanish 
shuni anglatadiki, korxona xo‗jalik faoliyatini o‗rganish asosida uning ishini 
tashkil etish va faoliyatini rejalashtirish barcha o‗zaro aloqalarni hisobga olgan 
holda olib borilishi lozim. 
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etishda sababiy aloqalarni 
o‗rganish induksiya va deduksiya usullari yordamida amalga oshiriladi. Sababiy 
aloqalarni tadqiq etishda mantiqiy induksiya usulini qo‗llashda tadqiqot xususiydan 
umumiylikka, xususiy omillarni o‗rganishdan umumiylik sari, sababdan natija sari 
olib boriladi. Deduksiya – bu shunday tadqiqot olib borish usuliki, bunda tadqiqot 
jarayoni umumiy omillardan xususiylari, natijadan sabab sari olib boriladi. Ushbu 
ikkala usul ishlab chiqarishini tashkil etish va biznes-rejalashtirish jarayonida 
birgalikda olib boriladi. 
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etishda dialektika 
usullaridan foydalanish shuni anglatadiki, har bir jarayon, har bir iqtisodiy hodisani 
tizimli ko‗rinishda, ko‗plab elementlar yig‗indisi va o‗zaro aloqadorligi shaklida 
qarash lozim bo‗ladi. 
SHunday qilib, sanoat korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etish 
fanining usuli – bu korxona samarali faoliyat yuritishini ta‘minlash maqsadida 
chegaralangan resurslar doirasida ishlab chiqarishni oqilona samarali tashkil etish 
va uning faoliyatini maxsus usullar yordamida rejalashtirishdir. 
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etishning usuli bir qator 
analitik tadqiqotlar uslubiyotiga asosan namoyon bo‗ladi. Uslubiyot deganda 
tadqiqot yoki bilish, anglash yo‗li, voqelikni amaliy va nazariy o‗zlashtirish 
usullarining majmuasi tushuniladi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil 
etishda uslubiyot o‗zida oldiga qo‗yilgan maqsadga erishishda ishlab chiqarishini 
tashkil etishda qo‗llaniladigan usul va qoidalar majmuasini mujassam etadi. 


15 
Tahlilning har qanday uslubiyoti analitik tadqiqotlarni bajarish uchun 
ko‗rsatma yoki uslubiy maslahatlar berishni nazarda tutadi. 
U o‗zida quyidagilarni mujassam etadi: 

ishlab chiqarishini tashkil etish vazifasi va maqsadini shakllantirish; 

ishlab chiqarishini tashkil etish ob‘ektini; 

biznes-rejalashtirishda foydalaniladigan ko‗rsatkichlar tizimi; 

analitik tadqiqot olib borish tartibi va davriyligi bo‗yicha maslahatlarni; 

o‗rganilayotgan ob‘ektlarni tadqiq etish usullari va uslublari tavsifini; 

ishlab chiqarishini tashkil etishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
zarur bo‗ladigan ma‘lumot manbalarini; 

ishlab chiqarishini tashkil etishni tashkil etish bo‗yicha ko‗rsatmalarni 
(tadqiqot alohida qismlarini qaysi bo‗limlar va kim olib borishini); 

ma‘lumotlarni analitik qayta ishlashda foydalaniladigan texnik vosita 
turlarini; 

ishlab chiqarishini tashkil etish natijalarini rasmiylashtirish hujjatlarini; 

biznes-rejadan foydalanuvchilarini. 
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishini tashkil etishda har xil uslublar 
qo‗llaniladi. Ular o‗rtasidan an‟anaviy mantiqiy uslublarni ajratib ko‗rsatish 
mumkin. O‗rganishning mantiqiy usuli quyidagi yondashishlarda o‗z aksini topadi: 
rejali xalq xo‗jaligi nuqtai nazariyadan: tarmoqlararo, tizimli, kompleks va 
muqobillashtirish. Ular jumlasiga taqqoslash, grafik, guruhlash, mushohadaga 
asoslanib iqtisodiy masalalarni evristik usul yordamida echish, ekspertlar bahosi va 
boshqalar kiradi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling