O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Chapters V Production program and capacity of an industrial enterprise
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chapters VI Organization of work of auxiliary industries and farms ….... 120
- Chapters VII Organization of labor and marketing activities in industrial enterprises …………………………………………………… 133
- TESTS ……………………………………………………………………….. 181 GLOSARRY …………………………………………………………………. 203 LIST OF USED LITERATURE …………………………………….
- KIRISH
Chapters V
Production program and capacity of an industrial enterprise . 106 5.1 The content of the production program ……………………..... 106 5.2 The essence of production capacity …….…………………… 114 Chapters VI Organization of work of auxiliary industries and farms ….... 120 6.1 Organization of work repair facilities …….………………….. 120 8 6.2 Energy supply activities and their organization ……..………. 124 6.3 In-plant transport, warehousing and fire fighting ......……….. 128 Chapters VII Organization of labor and marketing activities in industrial enterprises …………………………………………………… 133 7.1 Scientific organization of labor ........………………………… 133 7.2 Personnel structure of enterprises of ginning, textile and light industry .........................................................…………………... 147 7.3 Organization of remuneration at the enterprises of ginning, textile and light industry ………………………………………. 152 7.4 Organization of marketing activities …………………………. 164 TESTS ……………………………………………………………………….. 181 GLOSARRY …………………………………………………………………. 203 LIST OF USED LITERATURE ……………………………………. 228 9 KIRISH Respublikamizda paxtachilik va u bilan bog‗liq turdosh tarmoqlarni rivojlantirish mustaqillik yillarida ayniqsa jadal sur‘atlar bilan olib borildi. Mustaqillik yillarida olib borilayotgan iqtisodiyot sohasidagi tub islohotlarni olib borishdan ko‗zlangan maqsad mamlakatimiz iqtisodiy qudratini oshirish, eksport salohiyatini mustahkamlash, jahon hamjamiyatida o‗z mavqeini yanada oshirish orqali jamiyat a‘zolarining moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini to‗laroq qondirishga yo‗naltirilgandir. Bu muhim vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish borasida hukumatimiz iqtisodiyotning o‗zak tarmoqlarini jadal rivojlantirishga jiddiy e‘tiborini qaratdi. Ana shunday tarmoqlardan biri paxtachilik majmuasi sanaladi. Respublikamiz azaldan paxtani etishtirish bo‗yicha boy tajribaga, etarli moddiy-texnika ta‘minotiga egadir. Shunday bo‗lsada, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq paxta yakkahokimligiga barham berildi. Bu sohada olib borilgan islohotlar natijasi o‗laroq respublikamiz jahonda paxta etishtirish bo‗yicha nufuzli mavqeiga egadir. Paxtachilik majmuasini yanada rivojlantirishda uning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etib, shu maqsadda respublikamizda bozor munosabatlari talablariga mos keladigan, pirovard qo‗shimcha qiymat hosil qiladigan paxta-to‗qimachilik klasterlari tashkil etildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir ishlab chiqarish bo‗g‗ini o‗z oldiga asosiy maqsad qilib yuqori foyda olishni qo‗yar ekan, bu maqsadga erishishida mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishi talab etiladi. Paxta-to‗qimachilik klasterlari o‗zlari ishlab chiqargan mahsulotlarning aksariyat qismini xorijga eksport qilmoqda. Xorijlik iste‘molchilar paxtachilik mahsulotlarining sifatiga o‗zlarining yuqori talabini qo‗ymoqdalar. SHuning uchun iste‘molchilar talabini to‗la qondiradigan, raqobatbardosh paxtachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda nafaqat sifatli xom-ashyo, ilg‗or texnika va texnologiya, balki yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. 10 Paxtachilik majmuasi korxonalari faoliyatini tashkil etish va uning iqtisodiyotida o‗ziga xos xususiyatlar borligidan bu majmuada rejalashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini hisobga olish va tahlil qilishning ham o‗ziga xos uslublari tarkib topadi. Bir qancha oliy o‗quv yurtlari paxtachilik majmuasi tarkibiga kiradigan sanoatlar uchun har xil kasb va ixtisosliklar bo‗yicha mutaxassislar tayyorlamoqda. Bu mutaxassislar korxonalarda rahbarlik lavozimida bo‗lishidan, ishlab chiqarish tashkilotchisi yoki ayrim bo‗linmalarda bevosita ma‘sul bo‗lib ishlashidan qat‘i nazar, ular bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona raqobatbardoshligini ta‘minlash va ishda yuqori natijalarga erishish uchun samarali ishlab chiqarishni tashkil etish uslublari hamda iqtisodiyoti mukammal bilishlari lozim. Binobarin, ushbu ko‗rsatib o‗tilgan sabablar paxtachilik majmuasi tarkibidagi turdosh sanoat korxonalari uchun texnik muxandislar va iqtisodchi – menejerlarni tayyorlashda, shuningdek ushbu korxonalarda bevosita ishlab turgan xodimlar uchun yaqindan yordam beradigan maxsus darslik hamda o‗quv qo‗llanmalarini yaratishni taqozo qiladi. Ushbu o‗quv qo‗llanmada sanoat ishlab chiqarishini tashkil etishning xususiyatlari, korxonalarni boshqarish va uning ishlab chiqarish tuzilmasi, ishlab chiqarish jarayoni va uni vaqt oralig‗ida tashkil etish, texnik va texnologik tayyorgarlikni tashkil etish, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, marketing faoliyatini tashkil etish masalalari yoritish ko‗proq paxta-to‗qimachilik klasterlari faoliyatining ajralib turadigan belgilariga tayanib amalga oshirilgan. Ushbu o‗quv qo‗llanmadagi materiallarni bayon etishda muallif boshqa turdosh fanlar, ya‘ni paxtani dastlabki ishlash, sanoat sohalari texnologiyasi, buxgalteriya hisobi va hisoboti, statistika, menejment, marketing kabilarning ma‘lumotlariga, tamoyillariga tayangan. O‗qu qo‗llanmani yozish jarayonida ushbu sohadagi qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, me‘yoriy hujjatlar va boshqa bir qancha manba ma‘lumotlaridan foydalanildi. Unga fanni o‗rganishda maqsad talablarga bozor iqtisodiyoti sharoitiga ishlab chiqarish va oqimli jarayonni tashkil etish, yangi texnikaning 11 samaradorligini aniqlash usullarini tanlash, mehnatni ilmiy tashkil etish, me‘yorlashtirish, biznes-reja va uning asosiy ko‗rsatkichlarini hisoblash yo‗llarini o‗rgatishdan iboratdir. Ushbu o‗quv qo‗llanma oliy o‗quv yurtlarining «To‗qimachilik sanoati mahsuloti texnologiyasi», «Iqtisodiyot», «Menejment», «Marketing», «Buxgalteriya hisobi va audit» kabi ta‘lim yo‗nalishlari bo‗yicha bakalavrlar va magistrlarni tayyorlashga, o‗rta maxsus yurtlari o‗quv va o‗qituvchilariga, aspirant va doktorantlariga, iqtisodiy ishlar bilan shug‗ulanuvchi mutaxassislar, tadbirkorlar hamda iqtisodiyot bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo‗ljallangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling