O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


I BOB. ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISHNING


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

I BOB. ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISHNING 
MAZMUNI VA VAZIFALARI
1.1 Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining ob‟ekti, 
predmeti va uslubi 
 
Ma‘lumki, har qanday ilmiy kurs (fan) o‗zining o‗rganish ob‘ektiga ega 
bo‗ladi. SHunday ob‘ektning mavjudligi – u yoki bu fanning tug‗ilishi, 
shakllanishi va rivojlanishining zamini va muhim shartidir. SHu sababli 
o‗rganilayotgan fanning o‗rganish ob‘ekti bilan tanishish uning predmetini 
aniqlashdan avval amalga oshiriladi. Ma‘lumki, fanning ob‘ekti uning predmeti 
qaerda amalga oshishini ko‗rsatadi. 
SHu boisdan, sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining 
o„rganish ob‟ekti bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan mulkidan 
qat‘iy nazar barcha iqtisodiyot sub‘ektlari hisoblanadi, ushbu holatda esa fanning 
o‗rganish ob‟ekti – bu paxta-to‗qimachilik klasterlari sanaladi.
Sanoat korxonasi ishlab chiqarishini o‗zgaruvchan bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ilmiy asosda oqilona tashkil etish uchun umumiy iqtisodiy qonunlarni 
chuqur bilish, barcha qonun va qoidalaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarishni 
tashkil etishning zamonaviy usullaridan keng foydalanish zarur. Iqtisodiy 
jarayonlar va hodisalar umuman mikro (korxona, xonadon) va makro (xalq 
xo‗jaligi, milliy iqtisodiyot) darajalarda qarab chiqiladi. Iqtisodiy munosabatlar o‗z 
holicha emas, balki kishilarning manfaatlariga tatbiqan tahlil etiladi, kishilarning 
iqtisodiy sa‘y-harakatlarining asl sabablari ochib beriladi. 
Iqtisodiyotni o‗rganishda ilmiy tushunchalar shakllangan va ular yordamida 
iqtisodiy hodisalarning mazmuni ochib beriladi. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy 
bilimlarning asosiysi – iqtisodiy nazariya fani o‗rgatadi.
Ushbu fan jamiyat miqyosida yuz beradigan iqtisodiy hodisalar va 
voqealiklar, jarayonlar, ularga xos bo‗lgan bog‗lanishlar, ularning qonun-qoidalari 
va kishilar faoliyatida namoyon bo‗lish shakllarini o‗rganuvchi fandir. Lekin, 


13 
iqtisodiy nazariya ijtimoiy ishlab chiqarishning ayrim sohalari, tarmoqlari va 
korxonalarida ro‗y beradigan hodisa, voqelik va qonuniyatlarini o‗rganmaydi. Bu 
bilan tarmoqlar va korxonalar iqtisodiyoti fanlari shug‗ullanadi.

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling