O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Fanning vazifalari. Har qanday fanning o‗z vazifasi bo‗lganidek, ushbu 
fanning ham maqsad va vazifalari mavjud. 
O‗zbekiston Respublikasi Qomusi va qabul qilingan Qonunlar va hukumat 
qarorlari asosida kursning vazifalari quyidagilardan iborat: 

sanoat korxonalarida jonli va buyumlashgan mehnat tuzilishini yaxlit va 
yagona hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini shakllantirishning asosi 
deb qarash; 


17 

sanoat korxonalarida ishlab chiqarish tizimining o‗zgarish shakllari va 
yo‗llari, ishlab chiqarish faoliyatining maqsad va vazifalari, ularni amalga 
oshirish yo‗llari va baholash mezonlarini o‗rganish; 

ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyati, ahamiyati, mazmunini, asosiy va 
yordamchi ishlab chiqarish, paxta tozalash korxonalarining infratuzilmasini, 
mehnat va unga haq to‗lashning nazariy va amaliy masalalarini o‗rganish; 

iqtisodiy islohotlarini amalga oshirish sharoitida korxonalarda boshqarishni, 
ayniqsa iqtisodiy boshqarishni rejalashtirish, baholash, moliyalash, 
kreditlash muammolarini echishni o‗rganish. 
1.2 Korxonalarning turlari va tashkiliy-texnikaviy tizimi 
Korxona – bu xalq xo‗jaligining eng quyi hal qiluvchi ishlab chiqarish
bo‗g‗inidir. Korxonlar o‗z faoliyatini O‗zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni 
(Konstitutsiyasi) asosida olib boradi. Amaldagi Qonunda «Korxona – huquqiy 
shaxs huquqiga ega bo‗lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‗jalikni to‗la yuritish 
huquqi bo‗yicha o‗ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab 
chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, 
xizmat ko‗rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning boshqa shakllari teng 
huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‗z faoliyatini ro‗yobga 
chiqaradigan mustaqil xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt», - deb ta‘riflanadi.
Korxonalar yuqorida zikr etilgan qonunlar doirasida ustavi asosida ish olib 
boradi. Ustavni korxonani ta‘sis etuvchi (ta‘sis etuvchilar) tasdiqlaydi. 
Ushbu ustavda quyidagilar belgilab qo‗yiladi: korxonaning nomi, manzili, 
faoliyat turi va maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning 
vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani (daromadini) taqsimlash 
tartibi, korxonani tashkil etish va uning faoliyatini to‗xtatish shartlari. 
Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bog‗liq bo‗lgan, 
qonunlarga zid kelmaydigan o‗zga qoidalar ham kiritilishi mumkin. 


18 
Korxonaning mulkdori (mulkdorlari) o‗ziga qarashli mol-mulkka egalik 
qilish, undan foydalanish va uni tassarruf etish huquqiga ega. 
Korxona mulkini uning asosiy fondlari va aylanma mablag‗lari, shuningdek 
qiymati korxonaning mustaqil balansida aks etadigan boshqa boyliklari tashkil 
etadi. Quyidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manbalardir: ta‘sis 
etuvchilarning pul va moddiy badallari; mahsulot, ishlar, xizmatlarni sotishdan, 
shuningdek xo‗jalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar; qimmatli 
qog‗ozlardan olingan daromadlar; bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari; 
kapital mablag‗ va byudjetdan dotatsiyalar; tashkilotlar, korxonalar va 
fuqarolarning tekinga va xayriya maqsadlarida bergan badallari, shuningdek meros 
tariqasida, ayirboshlash va sovg‗a qilish yo‗li bilan oladigan daromadlari; 
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan o‗zga manbalar. 
Har xil mezon hamda ko‗rsatkichlar bo‗yicha korxonalarni quyidagi tiplarga 
ajratish mumkin: 
1. Ishlab chiqaradigan mahsulotlarning ommaviyligi, takrorlanuvchanlik 
darajasi va korxonalarning ixtisoslashtirilishiga ko‗ra yakka, seriyali va 
ommaviy ishlab chiqarish turlariga ajratiladi; 
2. Mulk shakllariga muvofiq: O‗zbekiston Respublikasi fuqarolarining
shuningdek ajnabiy fuqarolarning individual (xususiy va shaxsiy) mulkiga 
asoslangan, jamoa (shirkat) mulkiga asoslangan – jamoa, oila, mahalla 
korxonalari, ishlab chiqarish koperativlari, aksiyali jamiyatlar, ma‘suliyati 
cheklangan jamiyatlar, o‗zga xo‗jalik jamiyatlari yoki shirkatlarga qarashli 
korxonalar, jamoat, dinniy tashkilotlarning korxonalri; davlat mulkiga 
asoslangan korxonalar; to‗la va ulush qo‗shib ishtirok etishga asoslangan 
qo‗shma korxonalar; mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan 
korxonalar; mulkchilikning shakllaridan qat‘i nazar kichik va ijara 
korxonalari. 
3. Ixtisoslashtirish darajasi bo‗yicha korxonalar – ixtisoslashtirilgan va 
ixtisoslashtirilmagan, universal va aralash korxonalarga bo‗linadi. 
4. Yirikligi bo‗yicha: yirik, o‗rta, kichik korxonalarga ajratiladi. 


19 
5. Texnika 
taraqqiyotining 
darajasi 
bo‗yicha: avtomatlashtirilgan va 
avtomatlashtirilmagan; kompleks mexanizatsiyalashtirlgan korxonalarga 
ajratiladi. 
6. Ishlab chiqarish texnologiyasi va jarayonlarining xususityalari bo‗yicha: 
mexanik jarayonlar ko‗proq o‗rin egallaydigan, kimyoviy jarayonlar ko‗proq 
o‗rin egallaydigan. 
7. Mahsulotning iqtisodiy yo‗nalishi bo‗yicha: ishlab chiqarish vositalarini 
ishlab chiqaruvchi hamda iste‘mol buyumlarini ishlab chiqaruvchi 
korxonalar. 
Korxonalar bir qancha belgilari bilan tavsiflanadi. Uni tavsiflovchi asosiy 
belgilaridan biri – uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning ishlab chiqarish – 
texnikaviy birligidir. 
Korxonaning ishlab chiqarish – texnikaviy birligi deb, uning barcha tarkibiy 
qismlarning bir-biri ma‘lum tartibda ishlab chiqarish jarayonining ma‘lum ketma-
ketlikda bajarilishiga karab bog‗langanligi va bir-birini o‗zaro ta‘minlashiga 
aytiladi. 
Korxonaning iqtisodiy birligi deganda uni tashkil qiluvchi hamma tarkibiy 
qismlarning rejalari bozordagi o‗zgarishlarni hisobga olgan holda korxonada 
belgilangan yagona reja asosida tuzilishi hamda hisobot, moddiy, texnikaviy, 
iqtisodiy va rag‗batlantirish mablag‗larining umumiyligi tizimi tushuniladi. 
Korxonaning tashkiliy birligi uning tarkibiy qismlarini bog‗lovchi yagona 
tashkiliy tizim va yagona rahbar organga ega ekanligi bilan ifodalaniladi. 
Bugungi kundagi eng muhim masala – bu kichik va o‗rta korxonalarni 
rivojlantirish, ularga keng imkoniyatlar va imtiyozlar tashkil qilib berishdir. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling