O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Ixtisoslashtirish tamoyili. U shuni anglatadiki, har bir ish joyi, bo‗limi, 
sexi, oqimga qat‘iy chegaralangan nomenklaturadagi ish yoki jarayon (bir turdagi 
mahsulot ishlab chiqaruvchi) biriktirilgan bo‗ladi. Qat‘iy belgilangan jarayonlar 
katta presslovchi, presslovchi, jinchi va shu kabilar ish joylarida bajariladi (2.3-
rasm). 
2.3-rasm. Ixtisoslashtirish tamoyili 
Ish joyining iqtisoslashtirilishi bir joydagi ma‘lum bir hajmdagi mahsulotni ishlab 
chiqarishda bo‗lishi mumkin. Ushbu tamoyil qo‗llanilishi jarayonlarni 
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish, keyigi texnologiya jarayonni 
bajarish uchun mehnat predmetini bir ish joyidan boshqasiga ko‗chirish, maxsus 
uskuna va moslamalarni qo‗llash, ish og‗irligini pasaytirish, ishlab chiqarish 
maydonlaridan yanada oqilona foydalanish imkonini beradi. 
SHunday qilib ixtisoslashtirish quyidagi afzalliklarni ta‘minlaydi: 


37 
1. Keng miqyosda mehnat taqsimoti asosida ishchilar ixtisoslashadi, ish 
uslubi takomillashadi, malakasi oshadi, natijada mehnat unumdorligi ko‗tariladi. 
2. Maxsus asbob uskunalar qo‗llashga imkoniyat yaratadi. 
3. Bir jarayondan ikkinchi jarayonga o‗tishda unumsiz vaqt sarflanishini 
kamaytiradi yoki umuman yo‗qotadi. 
4. Ishlab chiqarish quvvatidan to‗liq foydalaniladi. 
 
Proporsionallik tamoyili - ishlab chiqarish jarayoni, bo‗limlar va ish 
joylarida vaqt birligida ishlab chiqarish unumdorligi bir xilda bo‗lishligilir. 
Propotsionallik buzilganda ishlab chiqarishda uzluksizlilik, bir maromdalik 
ta‘minlanmaydi va ish joylarida ortiqcha materiallar to‗planib qolishiga olib keladi 
(2.4-rasm). 
2.4-rasm. Proporsionallik tamoyili 
 
Paxta tozalash korxonasida press uskunasi ish unumi tola bo‗yicha jin
batareyalari ish unumiga teng bo‗lishi lozim, agarda u teng bo‗lmasa yoki press 
uskunasi to‗xtab tursa, u holda press uskunasi uzatilyotgan paxta tolasini toylashga 
ulgurishi uchun jinlarga paxta xom-ayosi uzatilishi vaqtinchalik to‗xtatilib turilishi 
talab etiladi. Agarda paxta xom-ashyosini uzatish jin uskunasida unga qayta ishlov 


38 
berish ish unumiga mos kelmasa, u holda paxta xom-ashyosi ortiqchaligi kuzatiladi 
va bunker-ta‘minlagichda yig‗iladi. 
Ishlab chiqarish proporsionalligi ayrim bo‗limlarning ortiqcha yuklanishiga 
va boshqa bo‗limlarning quvvatidan to‗liq foydalanilmaslikka ( masalan, 
linterlarda ) yo‗l qo‗ymaydi hamda paxta tozalash korxonasining uzluksiz bir 
maromda ishlashining manbasi hisoblanadi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling