37
1. Keng miqyosda mehnat taqsimoti asosida
ishchilar ixtisoslashadi, ish
uslubi takomillashadi, malakasi oshadi, natijada mehnat unumdorligi ko‗tariladi.
2. Maxsus asbob uskunalar qo‗llashga imkoniyat yaratadi.
3. Bir jarayondan ikkinchi jarayonga o‗tishda unumsiz vaqt sarflanishini
kamaytiradi yoki umuman yo‗qotadi.
4. Ishlab chiqarish quvvatidan to‗liq foydalaniladi.
Proporsionallik tamoyili - ishlab chiqarish jarayoni, bo‗limlar
va ish
joylarida vaqt birligida ishlab chiqarish unumdorligi bir xilda bo‗lishligilir.
Propotsionallik buzilganda ishlab chiqarishda uzluksizlilik,
bir maromdalik
ta‘minlanmaydi va ish joylarida ortiqcha materiallar to‗planib qolishiga olib keladi
(2.4-rasm).
2.4-rasm. Proporsionallik tamoyili
Paxta tozalash korxonasida press uskunasi ish unumi tola bo‗yicha jin
batareyalari ish unumiga teng bo‗lishi lozim, agarda u teng bo‗lmasa yoki press
uskunasi to‗xtab tursa, u holda press uskunasi uzatilyotgan paxta tolasini toylashga
ulgurishi uchun jinlarga paxta xom-ayosi uzatilishi vaqtinchalik to‗xtatilib turilishi
talab etiladi. Agarda paxta xom-ashyosini uzatish jin uskunasida unga qayta ishlov
38
berish ish unumiga mos kelmasa, u holda paxta xom-ashyosi ortiqchaligi kuzatiladi
va bunker-ta‘minlagichda yig‗iladi.
Ishlab chiqarish proporsionalligi ayrim bo‗limlarning
ortiqcha yuklanishiga
va boshqa bo‗limlarning quvvatidan to‗liq foydalanilmaslikka ( masalan,
linterlarda ) yo‗l qo‗ymaydi hamda paxta tozalash korxonasining uzluksiz bir
maromda ishlashining manbasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: